Har-xil nominal kuchlanishdagi ochiq zanjirli elektr tarmoqlar.
Reja.
1. Elektr tokini olchash.
2. Quvvat va elektr energiyani o’lchash.
3. Reaktiv quvvatni o’lchash.
Yuqorida ko‘rib chiqqan elektr o‘lchash asboblari yordamida barcha elektr kattaliklar: tok, kuchlanish, quvvat va hokazolami o‘lchash mumkin. Qaysi kattalik o‘lchanishiga qarab o‘lchash sxemasi o‘zgartiriladi. Elektr tokini olchash. Tokni oichaydigan asbob ampermetr deb ataladi. Bu asbob elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Demak, oichanadigan tok asbobning chulg‘amidan o‘tadi. Yuqorida aytganimizdek, har bir oichash asbobi xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Tok Om qonuniga asosan, ampermetr zanjirga ulanmaganda, quyidagicha aniqlanadi.
Ampermetr zanjirga ketma-ket ulanganda tokning kattaligi birmuncha kamayadi, chunki mahrajda yana bir qarshilik — o‘lchash mexanizmi chulg‘amining qarshiligi kirtiladi va endi tok quyidagicha aniqlanadi.
Demak, o‘lchash asbobining elektr zanjiriga ulanishi xatolikka olib kelyapti. Shu xatolikni iloji boricha kamaytirish uchun, ampermetrning ichki qarshiligi nolga intilishi kerak, boshqacha qilib aytganda, bu qarshilik iloji boricha kichik bo‘lib, hech bo‘lmasa quyidagi shart bajarilishi kerak: R=0 yoki Ra« R ist. Ya‘ni ampermetrning ichki qarshiligi 1 T iste‘molchining qarshiligidan ancha kichik bo‘lishi shart. Ampermetming o‘lchash sxemasi ana shu shartni bajaradi. Kuchlanishni o'lchash uchun zanjirning kuchlanishi o‘lchanadigan qismiga voltmetr parallel ulanadi. Awalgidek, zanjirga voltmetr ulanmagan holatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, iste'molchi qarshiligi ulangan zanjir qismining kuchlanishini o'lchash lozim bo‘lsin. O’lchanadigan kuchlanish (5.6- rasm).
E ndi voltmetmi zanjirning shu qismiga parallel ulaymiz
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan:
O‘zgarmas tok zanjirida quwatni voltmetr va ampermetr yordamida o‘lchasa bo‘ladi. Buning uchun tok va kuchlanishni bir vaqtning o'zida o‘lchab, ulami ko'paytirish kifoya. Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv quwat quyidagicha
a niqlanadi.
Quwat elektrodinamik o‘l chash mexanizmi asosida ishlangan vattmetr bilan o‘lchanadi. Bu o‘lchash asbobining tok chulg‘ami elektr sxemasiga ampermetr kabi ketma-ket, kuchlanish chulg‘ami voltmetr kabi parallel ulanadi.
Fazalar siljishini asbobning o‘zi hisobga oladi. Tok va kuchlanish chulg‘amlari hosil qiladigan elektromagnit maydonlarni moslashtirish uchun har bir vattmetrda tok va kuchlanish chulg‘amlarining boshi va oxiri, albatta yulduzcha bilan belgilanadi. Vattmetr bir bo‘limining qiymati quyidagi formuladan topiladi:
b unda UN —vattmetrning nominal kuchlanishi, asbobning ko‘rsatishi, IN— vattmetrning nominal toki, asbobning ko‘rsatishi, φN — asbobning maksimal bo‘limlari soni.
Agar uch fazali simmetrik iste’molchining quwatini o‘lchamoqchi bo‘lsak, bitta fazaning quwatini uchga ko‘paytirish kifoya (5.9- rasm, a). Agar uch fazali nosimmetrik iste’molchi bo‘lsa, har bir faza vattmetr bilan alohida o‘lchanishi lozim (5.9- rasm, b).
R eaktiv quwatning liniya kuchlanishi va faza toki orqali ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
Keltirish formulasiga asosan: sinφ = 90° —φ. Demak, reaktiv quwatni oMchash uchun vattmetmi quyidagicha ulashimiz kerak (5.11- rasm). Simmetrik iste’molchi boMganda har uchala fazaning reaktiv quvvati:
Aktiv va reaktiv elektr energiya induksion asbob yordamida o‘lchanadi. Bu oMchash asbobi hisoblagich (schotchik) deb aytiladi va diskning aylanish sonini hisoblovchi mexanizm bilan jihozlanadi. Har bir hisoblagichda bir K-Vatt • soat elektr energiya diskning necha marta aylanish soniga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatiladi. Hozirgi vaqtda asosan bir fazali SAl va uch fazali SA3U, SA4U va SR4U hisoblagichlari qo‘llaniladi. SA3U hisoblagichi ikki elementlidir.
|