1. Elektr yuritmalari haqida umumiy ma`lumot Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari. Elektr yuritma holatini rostlash




Download 24 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2024
Hajmi24 Kb.
#134984
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr yuritmalarni boshqarishning an`anaviy va zamonaviy usullarini solishtirish

Kuchli elektr o‘zgartgich qurilmasi (KEO‘Q) — rostlanmaydigan kuchlanish Ut, tok It va chastota ft ni Ut dan (masalan, tarmoqdan) olib dvigatelni ta’minlaydigan U, I  va f ga ega bo‘lgan elektr ener­giya W ga aylantirib beradi.
Avvallari KEO‘Q sifatida elektr mashina o‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. Hozirda asosan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli yarim o‘tkazgich o‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT), tranzistorli-impuls o‘zgartgichlar hamda o‘zgaruvchan tok kuchlanishi shaklini o‘zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar hamda chastota o‘zgartgichlari qo‘llaniladi.
Dvigatel qurilmasi (DQ) elektr energiyani W rotorni (yakorni) chiziqli yoki aylanma harakatga keltiradigan mexanik energiyaga Wm aylantirib beradi. Mexanik energiya Wm oqimi mexanik uzatish qurilmasidan o‘tib, xuddi shu ko‘rinishdagi energiya Wim ga aylanadi, bu esa ish mashinasi orqali qabul qilinadi.
IMlarda Wi energiya aylanma harakatda koordinatlari Mi.o — qarshilik momenti, wim — burchak tezlik hamda ilgarilanma harakatda esa koordinatlari Fi.o — qarshilik kuchi va Vi.o — chiziqli tezlikka ega bo‘lgan ish organi (IO)ning mexanik ishiga aylantiriladi.
Tabiiyki, energiya oqimi Mt ni Mi ga aylantirish elektr yuritma elementlarining sifati hamda energiya oqimini boshqarish qonuniga ko‘ra isroflar bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish qurilmasi (BQ) KEO‘Q yoki DQ, yoki O‘Qlarning ayrim, ba’zi hollarda esa bir vaqtning o‘zida ikki, uch qurilma koordinatlarini boshqaradi. Boshqarish qurilmasi boshqarish qonunini berish qurilmasi BQ berilayotgan axborot va xabarchi o‘zgartgichlardan kelayotgan axborotlarni taqqos­lab, kerak bo‘lgan ko‘rinishda shakllan­tiradi. Xabarchi — o‘zgartgichlar elektr yuritmaning turli koordinatlarini (momentlar, kuchlar, burchak va chiziqli tezlik, tok, kuchlanish va h.k.) o‘lchashga mo‘ljallangan axborot — o‘lchov qurilmalari ko‘rinishida bo‘lib, ular bu koordinatalarni bir turda­gi (masalan, kuchlanish) elektr signallariga aylantiradi.
Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalarni funksional vazifalari, energiyaning bo‘linishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin.
Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini hara­katga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma hara­katga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa ke­sish asbobini detalning bo‘ylamasi bo‘yicha ilgari­lama hara katga keltiradi. Guruhli elektr yuritmaning funksional sxemasi.
Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, o‘zaro bog‘langan va ko‘p dviga­tellilarga bo‘linadi. Guruhli elektr yuritma sanoatda XIX asr oxirida qo‘llanila boshlandi. Bu yuritmada bug‘ dvigateli elektr dvigatel M bilan almashtirilgan, bir nechtaish mashinalariga (IMm) harakat uzatadigan uzatish qurilmalari UQm holida saqlanib qolgan. Muayyan afzalliklarga ega bo‘lgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘lishi kabi kamchiliklarga ega.
Individual elektr yuritmaning funksional sxemasi. Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi.
Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi. Shu­ning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr yuritma tizimida energiya elek­tr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani bo‘linishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarfini kamaytirish, elektr­lashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.
O‘zaro bog‘langan elektr yuritma ikkita yoki bir nechta (o‘zaro mexanik yoki elektr) bog‘langan elek­tr yuritmalarning ish jarayonida berilgan nisbatga ko‘ra yoki ijrochi organ harakatini muayyan koordinatalar bo‘yicha takrorlash amalga oshiriladi. Hozirda amali­yotda o‘zaro bog‘langan elektr yuritmalar qog‘oz ishlab chiqarish va sanoatning turli tarmoqlarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Bunday elektr yuritmalarning afzalliklari ular yordamida texnologik jarayonni yanada yuqori darajaga ko‘tarish va shu yo‘l bilan avtomatlashtirishni amalga oshirilishidadir.
Ko‘p dvigatelli elektr yuritma deb, elektr dvigatel qurilmasi birgalikda bitta o‘qda yoki bitta mashinada o‘qlari o‘zaro bog‘lanmagan yuritmaga aytiladi . Bunday elektr yuritmalarda texnologik yoki texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir emas,
Ko‘p dvigatelli elektr yuritmaning funksional sxemasi balki bir nechta elektr dvigatel qurilmalaridan foydalaniladi.
Elektr yuritmaning tarixi XIX asrning birinchi yarmidan, ya’ni magnit maydonining tok oqayotgan o‘tkazgich bilan o‘zaro mexanik ta’siri to‘g‘risidagi qonun, elektromagnit induksiya qonuni hamda bu qonunlar asosida aylanuvchi harakatni amalga oshiradigan o‘zgarmas tok elektr dvigatelini kashf etilishidan boshlangan. Keyinchalik o‘zgaruvchan tokni uzatish­ning uch fazali tizimini, transformator va asinxron dvigatelning yaratilishi elektr yuritmani sanoatda keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. So‘nggi yillarda turli konstruksion va ko‘rinishdagi elektromexanik o‘zgartgichlardan foydalanish, hisoblash texnikasi vositalarini boshqarish tizimlariga keng ko‘lamda qo‘llash va elektr yuritmaning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirish tufayli elektr yuritma nazariyasida yangi yo‘nalishlarga asos solindi.
Birinchi yo‘nalish — elektromexanik o‘zgartgich­lardan elektromagnit, pyezokeramik va boshqa dviga­tellarning yangi konstruksiyalari xususiyatlarini keng­roq o‘rganish.
Ikkinchi yo‘nalish — elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi. Uchinchi yo‘nalish — yuritma va uning elementlari tavsifini hisoblashning an’anaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali usullarni yaratish va ularning dastur ta’minotini amalga oshirish. Тo‘rtinchi yo‘nalish — energiya tejamkorligini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish. Hozirda komplekt yuritmalar, ularning kuchli qismlarini boshqarishning kompyuter tizimi yaratilgan bo‘lib, bular yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarni ma’lum darajada hal etish imkonini beradi.

Download 24 Kb.
1   2   3   4




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Elektr yuritmalari haqida umumiy ma`lumot Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari. Elektr yuritma holatini rostlash

Download 24 Kb.