YER OSTI GAZ QUVURLARINING CHUQURLIGI, NISHABLIGI, XANDAQ TAGI




Download 14,49 Kb.
bet4/5
Sana17.02.2024
Hajmi14,49 Kb.
#158106
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada -fayllar.org
Nasos, Kiril, Nasos nazariy tayyor, Имя сушествительное, sinonimy 5 1, Pedagogik kompetentlik-55, gaznachilik (1), Kimyo Ravshan

YER OSTI GAZ QUVURLARINING CHUQURLIGI, NISHABLIGI, XANDAQ TAGI


Gaz quvurlarining chuqurligi shunday bo‘lishi kerakki, u chuqurlikda tuproq qatlami hisobiga mexanik ta’sirdan saqlangan bo‘lishi kerak. Shaharlar uchun quvurning minimal chuqurligi quvur tepasidan yer yuzasigacha kamida 0,8 m bo‘lishi kerak. Shahardan tashqa- rida, qatnov yo‘q joylarda kamida 0,6 m bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, quvurning yotqizish chuqurligi gazning namligiga bog‘liq. Agarda nam gaz bo‘lsa, gaz quvurini yerning muzlash qatlamidan chuqurroq joylashtirish kerak, chunki gazdagi namlik kondensatsiya bo‘ladi va bu suyuqlik muzlab, gaz quvurini berkitib qo‘yishi mumkin. Quritilgan gaz quvurlarini esa yer- ning muzlash qatlamida ham joylashti- rish mumkin. Gazning namligiga qara- masdan, gaz quvurlari nishab o‘tkazilishi kerak, chunki gazdagi suv bug‘lari kon- densatsiya bo‘lganda, ular quvur-ning

1. Kondensat yig‘gich (UG – 5 – 63) 1– korpus;


2 – kondensatni chiqarib borish quvuri;
3 – yerga ulangan elek- trod; 4 – kover ostidagi beton yostiq; 5 – kover; 6 – quvur yer orasidagi potensiallar farqini o‘lchash uchun kontakt plastinkasi. nishabligi bo‘yicha oqib borib, quvurning eng past joyida to‘planadi. Bu yerda kondensat yig‘gichlar (KY) o‘rnatiladi (1. 5- rasm) va u orqali yig‘ilgan kondensat chiqarib tashlanadi.
Minimal nishablik (i = 0,002) katta diametrdagi quvurlar uchun yetarli hisoblanadi. Lekin quvurlar diametri kichikroq bo‘lsa (d Θ 150 mm) , nishablikni kattaroq olish kerak. Chunki kichik quvurlarningkesimi kichik bo‘lganligi uchun quvurlar cho‘kkan paytda unda suv to‘planib, gazning yo‘lini berkitib qo‘yishi mumkin. Yer osti gaz quvurlari qurishda xandaq tagining sifati katta ahami yatga egadir. Sifatsiz bajarilgan yer ishlari ekspluatatsiya davrida gaz ta’minotiga, quvurlarning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyihaga nisbatan chuqur joylar qum bilan to‘ldirilib, zichlanib, tekislanishi zarur. Agarda xandaq toshloq joylardan qazilsa, unda xandaq tagining notekisliklari 10 yo 15 sm qalinlikda qum sepilib, tekis lanishi kerak. Tekislanmasa, toshlarning o‘tkir qirralari gaz quvurining izolatsiyasini ishdan chiqaradi va gaz quvuri korroziyasini tezlashtiradi.

Download 14,49 Kb.
1   2   3   4   5




Download 14,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YER OSTI GAZ QUVURLARINING CHUQURLIGI, NISHABLIGI, XANDAQ TAGI

Download 14,49 Kb.