29.
Simsiz tarmoqlar Simsiz tarmoqlar protokollari.
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini
va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan
foydalanish imkonini
ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan
joylarida elektron pochtani
olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz
tarmoqlarning quyidagi
kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless
personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless
metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless
Wide-area network
, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha)
ajralib turadi va
katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi
odatda 2Mb/s dan oshmaydi.