shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalari sonining keskin ortishi adreslashda
muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari
mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy
tuzilishi IPv4
ga
asoslangan
, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi
ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim
etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda.
Internet buyumlari
, ya’ni
masofadan
boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni
qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. «Xalqaro simsiz tadqiqotlar» forumi a’zolarining baholashicha
2017–2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000–5000
tani tashkil qilar
ekan. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida
global miqyosda ish boshlangan.
TCP/IP tarmog'idagi
elementlarni
adreslashning 3 turi mavjud: fizik adres(lokal adres ham
deb yuritiladi), IP adres(tarmoq adresi deb ham yuritiladi),
Simvolli
domen nomlari