• SAMARQAND – 2022 Mavzu: Xisoblash texnikasining asosiy tushunchalari Reja
  • Tizim elementi
  • Tizim strukturasi
  • Tizim arxitekturasi
  • 1. Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushuncha




    Download 22.49 Kb.
    bet1/2
    Sana01.02.2023
    Hajmi22.49 Kb.
    #40587
      1   2
    Bog'liq
    v i86Tm4rSqf1chCP7Bh2S6eV5ur5egn
    Kozlov, 5012, 11-маъруза, Analogli va raqamli o’lchash asboblari, Грант 2019-йил, 1.лекция Energomenejment, Boymuratov Faxriddin, 8амалиётЭМ, 1-амалий, PK 5.1.wav, 2-k sirtqi Ona tili naz.va amal. SOI 2023 kuzgi (1), 1uqH3XddSVXs4, vektor , vektor


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    "Telecomnukatsiya va mobil tizimlar" fakulteti


    " Telecomnukatsiya " kafedrasi
    " Kompyuterni tashkil etish” fanidan



    Mavzu: Xisoblash texnikasining asosiy tushunchalari


    .

    Bajardi: S 201-20 TT guruh talabasi


    Rajabov. T
    Qabul qildi: Sobirov R.A


    SAMARQAND – 2022
    Mavzu: Xisoblash texnikasining asosiy tushunchalari Reja:

    1. Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushuncha.


    2. Kompyuterlar va hisoblash tizimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
    3. Hisoblash tizimlari xotirasining tashkil qilinish.
    4 Xulosa.
    Hisoblash tizimi (HT) keng tushuncha bo’lib, ularning tashkiliy asosida bir necha hisoblash mashinalarini yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali ishlov berish tezligini boshqarish qoidasi yotadi.
    Tizim so’zining bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz.
    Tizim (grekcha systema – to’liq bog’lanishli qismlardan iborat) – bu ma’lum to’liqlikni, birlikni tashkil etuvchi bir-biri bilan o’zaro bog’liq elementlar majmuasi hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko’p qo’llaniladigan bir nechta tushunchalarni keltirib o’tamiz.
    1. Tizim elementi – bu ma’lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning tashkil etuvchisi. O’z navbatida bir muncha oddiy, o’zaro aloqaga ega elementlardan iborat tizimning murakkab elementlari ko’p hollarda qism tizimlari deb ataladi.
    2. Tizimning tuzilishi – bu xususiy holda turli xil holatdagi elementlarni tizim doirasida cheklashda paydo bo’luvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o’zaro aloqasining kelishuvi.
    3. Tizim strukturasi – bu tizimning asosiy xususiyatini belgilovchi tarkibi, tizim elementlari o’zaro aloqasining tartibi va qoidalari. Agar tizimning alohida elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib, elementlarning ichki aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada turuvchilari va aksincha ko’rinishda tashkil qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali tizim bo’ladi.
    4. Tizim arxitekturasi – bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan tizimning xususiyatlari majmui. Axborot tizimlarida arxitekturaning munosabati – bu kompyuter va dasturiy komponentlarning mantiqiy qurilishi va ular orasida vazifalarning taqsimlanishini bildiradi.
    Hisoblash tizimlarini qurishning turli xil variantlari, tanlanadigan hisoblash elementlarini bog’lash strukturasi va apparat dasturiy vositalarning arxitekturasi yechiladigan masalaga bog’liq bo’ladi. Hisoblash tizimlariga bitta kompyuter yecha olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
    - murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab konstruksiyalar (bino, ko’priklar) ni loyihalash;
    - ob-havo bashorati va iqlim va ekologiya o’zgarishini modellashtirish;
    - masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash;
    - foydali qazilmalarni qidirish va o’zlashtirish;
    - astronomiya, yer sathi tasvirlariga ishlov berish;
    - murakkab elektron sxemalar (superkompyuterlar) ni loyihalash.
    HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo’yicha xizmat ko’rsatish (lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlari) sohalarini avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
    HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi, kimyo va biologiya, yangi dori vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq topdi.
    Turli xil kompyuterlar va ma’lumotlarga ishlov berish vositalarini o’zaro solishtirish uchun unumdorlikni o’lchashning standart metodikalardan foydalaniladi. Bu metodikadan foydalanib, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar sinov natijasida olingan sonli ko’rsatkichlardan u yoki bu texnik yechimlarni baholash uchun foydalanishlari mumkin. Natijada aynan unumdorlik va narx kabi ko’rsatkichlar hisoblash tizimlarini qanday qurish kerak degan savolning yechimi uchun rasional asos bo’la oladi.

    Download 22.49 Kb.
      1   2




    Download 22.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushuncha

    Download 22.49 Kb.