1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]




Download 183.42 Kb.
bet1/3
Sana19.05.2023
Hajmi183.42 Kb.
#61853
  1   2   3
Bog'liq
PQ-4320 14.05.2019
1.4 slayd, Ehtimollar nazariyasi. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish, 3-labarotoriya ishi



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda.
Xalqimizning yuksak badiiy dahosi bilan yaratilgan ushbu noyob san’atni asrab-avaylash va rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimizda “Alpomish” dostonining ming yilligi keng nishonlangani, Termiz shahrida bu ulug‘ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgani, davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis qilinganini qayd etish lozim.
Bugungi kunda Termiz shahrida baxshichilik maktabi, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Yaqinda Termiz shahrida ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali xalqaro miqyosdagi yirik madaniy hodisa sifatida keng e’tirof etilgani alohida e’tiborga loyiq.
Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotgani, ko‘p joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib turgani kuzatilmoqda.
Xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida davlat muassasasi shaklida Respublika Baxshichilik san’ati markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash;
sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “ustoz–shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish;
baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash;
baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.
3. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish;
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;
madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash;
baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;
baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish;
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash.
4. Quyidagilar:
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga;
Respublika Baxshichilik san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 2-ilovaga;
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining tarkibi 3-ilovaga;
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direksiyasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz va Jamg‘arma tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
ikki oy muddatda Markaz va Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutilsin;
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik san’ati rivoji uchun zarur bo‘lgan musiqa cholg‘ulari (do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yog‘och va metall mahsulotlari bilan ta’minlash choralarini belgilasin;
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllarini, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etsin;
tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflarini tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Surxondaryo viloyati hokimligi Markaz va Jamg‘arma uchun bino ajratish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh ijrochilar, baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan mashhur dostonlar haqida ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilib borish hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-may,
PQ-4320-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
1-ILOVA
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI


Download 183.42 Kb.
  1   2   3




Download 183.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

Download 183.42 Kb.