1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]




Download 19.11 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi19.11 Kb.
#57689
Bog'liq
PF-270 23.12.2022
materialtaniw oz bet, 4-Mavzu. Transformatorlar. Reja, Maktabgacha ta’lim muassasasini yalpi tekshiruv shakillari reja, NOMODDIY AKТIVLAR HISOBI, ШОЛОХОВ МИХАИЛ АЛЕКСАНДРОВИЧ, Поливанов, TOPQIRLAR BLANKA, 3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi. Reja. Avtomobil dvigatelinig tasn, avstraliya materigining o\'ziga xos xususiyatlari. tarkib topishi relyefi va foydali qazilmalari, ЗНАНИЕ СЛОВА МОТУРИТИ И АШАРИЯ, Boshlang ich sinflarda o quv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis, 4ketma-ketliklar, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, kurs ishi-abdullayeva-yaxshiyev yo.



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida
2023-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. 2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar — dushanba, 30-iyun — juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar — seshanba, 20-mart — dushanba, 22-mart — chorshanba, 24-aprel — dushanba, 1-iyul — shanba, 2-sentabr — shanba, 30-dekabr — shanba.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr — dushanba kuniga ko‘chirilishi;
bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilsin:
7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga;
29-aprel — shanba kunidan 24-aprel — dushanba kuniga.
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Turizm va madaniy meros vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkillashtirsin;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin;
“Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:
mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. Mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-dekabr,
PF-270-son


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/270/1116-son)

Download 19.11 Kb.




Download 19.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

Download 19.11 Kb.