|
1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat to‘g‘risida qonun hujjatlari]
|
bet | 2/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 88,1 Kb. | | #258359 |
Bog'liq PF-6017 30.06.2020T/r
|
Tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ul ijrochilar
|
1.
|
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish.
|
1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov o‘tkazish.
2. Tanlov natijasiga ko‘ra:
2020-yilda kamida 10 ta;
|
2020-yil 1-dekabr
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vaxabov)
|
2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln so‘mdan 200 mln so‘mgacha grant mablag‘lari ajratish.
|
2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr
|
2.
|
O‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish.
|
Yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida har yili kamida bir marotaba keng yoshlar davrasida ushbu yo‘nalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish.
|
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
|
3.
|
Hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.
|
1. Yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.
|
2020-yil
1-sentabr
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(B. Musayev),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
|
2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.
|
Doimiy ravishda
|
4.
|
Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini ta’minlash.
|
Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning:
yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun “Yoshlar oromgohi”da o‘quv bazasi tashkil etish, respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilish hamda �lar uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlash;
ishtirokini tashkil etish bilan bog‘liq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash.
|
Doimiy ravishda
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
|
5.
|
Iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
|
Fanlarni “a’lo” va “yaxshi” baholarga o‘zlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari)ni bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
|
2021-yildan bo�lab har yili reja asosida
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
|
6.
|
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish.
|
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda hududlarda kamida 200 ta bepul o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.
|
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi
|
|
| |