1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Download 200.57 Kb.
bet2/2
Sana11.05.2022
Hajmi200.57 Kb.
#20908
1   2
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning
bbbbbbbbbbbbbbb, javoblar onatili, 0000, EKOLOGIYA ORALIQ TESTI, C-last1-kitob

Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat koppyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog‘lanadi. Informatika axborotning qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga taosirini EXM tizimlariga asoslangan xolda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jixatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani sohasidir.

    • Informatika komppyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo‘la olmaydi. Kibernetika komppyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin oboektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘z-o‘zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, lekin:  informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;  kibernetika esa - oboekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan komppyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi. Informatikani tor maonoda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin .


AXBOROT TUSHUNCHASI, AXBOROTNING XUSUSIYATI AXBOROTNING ASOSIY TAVSIFI.
  • Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan komppyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi. Informatikani tor maonoda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin .

Informatikada mehnat unumdorligi oshishi suroatlari yetarli bo‘lmasa, butun xalq xo‘jaligida mehnat samaradorligi o‘sishining anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin. Hozir dunyodagi barcha ish joylarning 50 foizga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan taominlangan.
Informatikaning fan, tarmoq va amaliy fan sifatida tuzilishi Informatika fundamental fan sifatida komppyuter axborot tizimlari negizda istalgan oboektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan taominlashni barpo etish uslubiyotini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri - axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir.
. Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa sohalardagi muammaolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik sohadir. U boshqa sohalar, xatto jarayonlar va xodisalar tartiblashmaganligi tufayli miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin emas 5 deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslubini va vositalarini taqdim etadi. Informatikada komppyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro‘yyobga chiqishi mumkin bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko‘rsatish lozim.
AXBOROTNING SINTAKTIK, SEMANTIK VA PRAGMATIK O‘LCHOVLARI
Informatika atamasi lotincha informatio so‘zidan kelib chiqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish maonolarini anglatadi. Axborot keng maonoda umumilmiy tushuncha bo‘lib, insonlar o‘rtasida maolumotlarni, jonli va jonsiz tabiat hamda insonlar va jixozlar o‘rtasidagi xabar (signal)larni almashuvini bildiradi. Axborot deganda biz qandaydir tizim haqida maolumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘llari bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Informatika fani axborotni xodisa va oboektlar to‘g‘risidagi tushunchalarni o‘zgartiruvchi bir-biri bilan bog‘langan xabar, qiymat, tushuncha asosida talqin etiladi. Informatikada axborotdan tashqari qiymat tushunchasi ham ishlatiladi. Ularning bir-biridan farqini ko‘rsatamiz. Qiymatlar yozilgan belgi yoki kuzatishlar sifatida ko‘riladi. Ular qandaydir sabablarga ko‘ra ishlatilmaydi, faqat saqlanadi. Agar qiymatni oboekt va xodisalar to‘g‘risidan noaniq tushunchani o‘zgartirish uchun ishlatilsa, u xolda qiymat axborotga aylanadi. Demak, ishlatilayotgan qiymatlar axborot bo‘ladi.
Download 200.57 Kb.
1   2




Download 200.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Download 200.57 Kb.