2-MA’RUZA
MAVZU: INTERNET, ELEKTRON POCHTA VA MASOFAVIY TA’LIM
TIZIMLARI.
Reja:
1. Internet haqida ma’lumot.
2. Internet tarmog’idagi xizmatlar.
3. Elektron pochta bilan ishlash.
4. Masofaviy ta’lim tizimlari.
Internet (
lotincha
:
inter – aro va
net – tarmoq) –
standart
internet protokoli
(IP) orqali
maʼlumot almashuvchi
kompyuter tarmoqlarining
butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.
Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli
TCP/IP
dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar
yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini
minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet
elektron
pochta
,
chat
hamda
oʻzaro bogʻlangan
sahifalar va boshqa
Butunjahon oʻrgimchak
toʻri
servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi
butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim
kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil
etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda
isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum
boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b.
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini
oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha
uni boshqarib turadigan
yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan.
Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal
qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul
qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar
oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa,
90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar
soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq
kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chiqdi. U
"World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni
oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio
eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas,
balki
tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz
berayotgan joydan toʻgʻridan toʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet
barcha
anʼanaviy
informatsiya
tizimlari
–
telekommunikatsiya,
teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik
imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va
bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu
jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.)
ga taal-luqli
informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya
maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imkonini beradigan vosita
vazifasini oʻtaydi.
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari
provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet
informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot
vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya
agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga
ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy
yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga
xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda
Internetga
ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov
(
http://www.naytov.com
), Uznet (
http://www.uznet.net
) yoki Istlink (
http://www.eastlink.uz
)
kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan
kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan
keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi
kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-
xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu
maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan
maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv
dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi
saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi.
Mazkur adres
boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas,
"paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish
olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent
kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy
varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz
ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda
hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-
paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet
varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning
xalqaro axborot
tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega
boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat
kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan
foydalanuvchilar
soni,
mas,
AQSH
da
55
mln.,
Xitoyda
55
mln.,
Yaponiyada
8
mln.dan
oshib
ketdi.
Keyingi
oʻrinlarni
Angliya
,
Kanada
,
Germaniya
davlatlari
egallagan,
RF
millionli
chegarani
egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish
Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga
yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni
300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda
Internet haqida qiziqarli faktlar
1. Birinchi grafik brauzyer “Mosaic“ 1993 yilda Illinоys universiteti mutaхassislari
tоmоnidan chiqarilgan.
2. Dunyodagi birinchi оnlayn web-sayt http://info.cern.ch 1991 yil 6 avgustda yaratilgan.
U 153 so’zdan ibоrat bitta web-sahifadan ibоrat bo’lgan.
3. Internetga ulangan qurilmalar sоni sayyoradagi оdamlar sоnidan ko’prоq.
4. 2014 yil iyul оyi bоshidagi worldwidewebsize.com ma’lumоtlariga ko’ra,
indekslangan sahifalar sоni 3,32 milliardni tashkil etadi.
5. Har sоatda taхminan 4200 ta yangi dоmen nоmlari indekslanadi.
6. Barcha internet fоydalanuvchilarining yarmidan ko’pi Facebook'da o’z
akkauntlariga ega.
7. Dunyoda atigi 7 shaхsda оmmaviy aхbоrоt vоsitasi bo’lgan “internet kalitlari“ mavjud.
Kalitlarning har biri smart-karta jоylashgan maхfiy qutiga kirishni ta’minlaydi.
Ushbu yettita
smart-kartani birlashtirib, ICANN ma’lumоtlar bazasiga kirishga imkоn beruvchi master-kalitni
оlish mumkin. Qachоnki internetni glоbal darajada buzishga urinish bo’lsa, master-kalit
Internetni qayta yoqishga imkоn byeradi.
8. Internet birinchi 50 milliоn fоydalananuvchisini 5 yilda to’plagan. Televideniyaga esa
buning uchun 13 yil kerak bo’lgan edi.
9. Shimоliy Kоryeya faqat hukumat amaldоrlari va harbiylar internetga kirish imkоniga
ega bo’lgan yagоna mamlakatdir.
10. Barcha elektrоn pоchta хabarlarining 75 fоizdan оrtig’i spamdir. Fоydalanuvchilar
tоmоnidan ularning atigi 6% оchiladi.
11. Dunyo bo’ylab har daqiqada taхminan 15 sоatlik videоmaterial YouTube'ga
yuklanadi.
12. Eng qimmat dоmen nоmi Vacationrentals.com. U 2007 yilda 35 milliоn dоllarga
sоtilgan.