Xar xil fazalardan tashkil topgan aralashmalar turli
jinsiy sistema deb ataladi
Fazalarning fizik xolatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, changlar, tutunlar, tumanlar.
Suspeziya. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar
suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra suspenziyalar (zarrachalar
o‘lchami 100 mkm dan ortik); mayin suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 100 mkm);
loyqasimon-suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 0,1mkm); kolloid eritmalar (zarrachalar
o‘lchami 100 mkm dan kichik).
Sanoatda suspenziyalar juda ko‘p uchraydi. Qattiq sochiluvchan moddalarni suyuqlik bilan
aralashtirish paytida suspenziyalar xosil bo‘ladi.
Emulsiyalar ikki xil o‘zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo‘lib, bunda birinchi
suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo‘ladi. Emulpsiyaga sut eng
xarakterli misol bo‘la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog‘ zarrachalaridan iborat.
O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar
ko‘piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz
sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi.
Changlar deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga
aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi.
Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi.
Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish jarayoni orqali
o‘tishda xosil bo‘ladi.
Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik
zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng.
Chang tutun va tumanlar
aerodispers sistemalar yoki
aerozollar deb ataladi. Quyidagi rasmda
turli jinsli sistemalarning klassifikasiyasi berilgan.
Cho‘kish tezligini aniqlash uchun aloxida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning
suyuqlik muxitda erkin cho‘kishini tekshiramiz: cho‘ktirish jarayonlari
tindiruvchi qurilmalarda
olib boriladi. Bu jarayonda cho‘kish tezligini xisoblash muximdir.
Zarracha dastlab tez cho‘ka boshlaydi, so‘ngra og‘irlik kuchi qarshilik kuchiga teng
bo‘lgandan so‘ng o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘kadi. Shu o‘zgarmas tezlik
cho‘kish tezligi
deyiladi. Umumiy xolda tezligi quyidagi formuladan topiladi: