Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari




Download 22.15 Kb.
bet2/4
Sana19.10.2022
Hajmi22.15 Kb.
#27496
1   2   3   4
Bog'liq
Personalni boshqarishning Yaqin SHarq mamlakatlari tajribasi 2
transformatsiya-jarayonida-davlat-va-jamiyat-munosabatlari-va-ularning-o-zaro-ta-siri, maqsud qoriyev spitamen roman, aralash RLC na\'muna, kurs ishi
3.Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari
Har bir korxona faoliyatiga bog’liq. Shunday bo’lsa-da, odatda ularning funktsiyali tuzilmasi (3.14- rasm) quyidagicha bo’ladi:
Bu tuzilmada kadrlar bo’limi:
personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o’tkazish;
yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish;
xizmatni o’tash va xizmat vazifasida ko’tarilishini rejalash;
faoliyatni baxrlash;
kasbga yo’naltirish;
ishdan bo’shayotganlar bilan suhbat o’tkazish funktsiyalarini bajaradi.
Ish haqi bo’limi:
xizmat vazifalarini tahlil etish;
ishlar tasnifi va ularni tariflash;
haqto’lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish;
tarif stavkalari va shaxsiy haq to’lash me’yorlarini qayta ko’rib chiqish bilan shug’ullanadi.
Mehnat munosabatlari bo’limi:
jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan siyosatni faol o’tkazadi;
mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha bahslarni hal etadi;
firma ma’muriyati va xodimlar o’rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashadi;
— shaxsiy ishlar va mehnat statistikasini olib boradi.
Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash bo’limi:
ishlab chiqarish ta’limi bilan shug’ullanadi, shu jumladan yangi xodimlarga yo’riq beradi;
firma xodimlari orasidan malakali ishchilarni qayta tayyorlash dasturlari “ustoz—shogird” tizimini yo’lga qo’yadi;
yo’riqchilar (ustalar, texniklar, boshqaruvchilar)ni maxsus kurslarda o’qitadi;
o’quv materiallari tayyorlaydi;
firma xodimlarining shaxsiy dasturlar asosida o’qish xarajatlarini qoplaydi;
kutubxona fondini boyitadi;
korporativ nashrlar (ko’p nusxali gazetalar va jurnallar), ratsionalizatorlik takliflarini to’plash bilan shug’ullanadi;
tashqi o’quv markazlari bilan aloqada bo’ladi;
— o’quv dasturlari hisob-kitobi va statistikasini olib boradi.
Ijtimoiy rivojlanish bo’lichi:
jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug’urta (hayotni, sog’liqni, baxtsiz hodisalardan sug’urta) qilish;
pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam;
ishdan bo’shaganda kompensatsiya to’lash;
ovqatlanishni tashkil etish;
dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog’lomlashtirish dasturlari (tadbirlari).
Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo’limi:
texnika xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;
tovarlar, loyihalar, jihozlarning xavfsizlik standartlariga muvofikdik ekspertizasini amalga oshirish;
baxtsiz hodisalarni tekshirish, bu haqda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, bu masalada tegishli targ’ibot ishlarini olib borish;
personalga tibbiy xizmat ko’rsatish;
xodimning ishlab chiqarishda yo’kdigi sabablarini anikdash va tahlil etish.
Personal bo’iicha tadqiqotlar bo’limi:
ma’lumotnomalar tayyorlash;
kadrlar xizmati uchun hujjatlar aylanishi shaklini ishlab chiqish;
Mustaqil ish uchun maʼlumotlar, [05.04.2022 11:08]
kadrlar bilan ishlash qoidalari, me’yoriy usullari va tartiblarini ishlab chiqish;
mehnat munosabatlarini taftish qilish;
hayot qiymati, mehnat bozorida ish haqi darajasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash va ma’muriyat hisobotlarini taqdim etish, ish haqi, mehnat ta’tili tizimlari bo’yicha takliflar tayyorlash;
turli tadqiqotlar o’tkazish va statistika sohalarida barcha bo’linmalar bilan hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi.
Yangi iqtisodiy sharoitlar personalni boshqarish xizmatiga ana shunday juda muhim va ishlab chiqarishni rivojlantirishda hal qiluvchi vazifalarni yuklaganiga qaramasdan, hanuzgacha bu masalaga etarlicha e’tibor qaratilayotgani yo’q. Ayniqsa, personalni boshqarish xizmati rahbari katta samara bilan ishlayotgan kompaniya va firmalarning personalni boshqarish xizmati faoliyatini muntazam tahdil etishi kerak. Bu rahbar quyidagi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi zarur:
jamoaning ijtimoiy etakchisi bo’lish;
oliy ma’lumotga, kamida 5 yillik rahbarlik tajribasiga, yuksak ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega bo’lishi;
ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasini, ishlab chiqarish jarayoni va ma’naviy rag’batlantirish shakllarini, ularni takomillashtirish yo’llarini, korxona oldida turgan vazifalarni, Uni rivojlantirish istiqbollarini, kadrlar siyosati tamoyillarini, personal bilan ishlashni rejalashtirish va tashkil etishning shakl va uslublarini, mehnat qonunchiligi asoslarini, boshqaruv psixologiyasi asoslarini, mehnat sotsiologiyasi va ishlab chiqarish pedagogikasini, axborot texnologiyasidan foydalanish asosida hujjatlarni yuritishni tashkil etish asoslarini bilishi;
personalni boshqarish tamoyillarini, xodimlarningshaxsiy xislatlarini va jamoa ishi natijalarini baxrlashni, notiqlik san’atini egallagan bo’lishi
mehnat jamoasida ijtimoiy jarayonlarni tadqiq va tahlil etish uslublari, mehnatkashlarning jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash tamoyillari to’g’risida aniqtasavvurga ega bo’lishlari va mehnat nizolarini hal eta olishlari;
aloqa o’rnatishni, muloqot san’atini bilishi, belgilangan maqsadga erishishga qodir bo’lishi, tashkilotchilik qobiliyati, tahliliy tafakkurga ega bo’lishi;
kompaniya yoki firma etakchi rahbarlari bilan teng sherik bo’la olishi, o’z dasturlarini korxona strategiyasi bilan birlashtira olishi;
— o’z xodimlari maqsadlarini aniqlab berishi kerak.
Ishlab chiqarishning strategik vazifalarini hal etishda personalni boshqarish rolining beqiyos o’sishi ushbu xizmat rahbarining ham kompaniya va firmadagi nufuzini belgilaydi. Mutaxassislar o’tkazgan tahlillarga ko’ra, XX asrning 60 - yillarida personalni boshqarish xizmati rahbarining strategik vazifalarni hal etishdagi ishtiroki deyarli kuzatilmagan bo’lsada, bugungi kunga kelib etakchi kompaniya va firmalarda ular ishtirokisiz amalda birorta strategik qaror qabul qilinmayapti. Boshqacha qilib aytganda, ushbu xizmag rahbari kompaniya yoki firmaning etakchi rahbari darajasiga ko’tarildi.

Download 22.15 Kb.
1   2   3   4




Download 22.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari

Download 22.15 Kb.