|
1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi
|
bet | 27/33 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 135,55 Kb. | | #268806 |
Bog'liq 1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi-fayllar.orgElektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi.E-meil hamma joyda kerak bo'ladi. Xattoki "Google, You tube, Instagram, Facebook,Twitter"larga ham emeil bilan kiramiz.E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan
boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.
IPv4 haqida tushuntirib bering?
IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta adreslarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.
IPv4 paketlar formati
Sarlavha maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan: Versiya maydoni (Version) mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda (ya’ni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan (ya’ni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni (Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli so‘zlardagi uzunligini ko‘rsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta so‘z, eng katta (maksimal) uzunlik — 32-razryadli so‘zlardan o‘n beshtasi. Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat ko‘rsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini ko‘rsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (o‘tkazish qobiliyati), 14 — R (reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi
Mashrutizatsiya nima?
Marshrutlash - aloqa tarmoqlarida ma'lumotlarning maqbul yo'nalishini aniqlash jarayoni.
Marshrutlar ma'muriy (statik marshrutlar) o'rnatilishi yoki marshrutlash protokollari (dinamik marshrutlar) yordamida olingan topologiya va tarmoq holati haqidagi ma'lumotlarga asoslangan marshrutlash algoritmlari yordamida hisoblanishi mumkin.
Statik marshrutlar quyidagilar bo'lishi mumkin:
vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan marshrutlar;
jadvalga muvofiq o'zgaruvchan marshrutlar;
Kompyuter tarmoqlarida marshrutlash maxsus dasturiy va texnik vositalar - marshrutizatorlar tomonidan amalga oshiriladi; oddiy konfiguratsiyalarda u mos ravishda tuzilgan umumiy maqsadli kompyuterlar tomonidan ham ishga tushirilishi mumkin.
«Kompyuter tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari?
|
| |