• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibi
  • Aylanma fondlar
  • Manba
  • 1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish




    Download 104.42 Kb.
    bet1/8
    Sana23.02.2023
    Hajmi104.42 Kb.
    #43288
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Korxonaning aylanma mablag‘lari.
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    Mavzu: Korxonaning aylanma mablag‘lari.


    Reja:
    Kirish.
    1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibi.
    2. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari.
    3. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish.
    4. Aylanma mablag‘larni aylanishini tezlashtirish.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


    1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibi.

    Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi.


    Aylanma fondlar - ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yuqotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
    Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi.
    Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mehnat buyumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, xo‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.





    Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi


    1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida tabiiy gazni qazib chiqarish va iste’moli (mln.m3)

    Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi.


    Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ularga yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi.
    Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, umuman, sanoat bo‘yicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga yaqin bo‘lsa, elektroenergetika va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, ko‘mir sanoatida 33% ni tashkil etadi (5.1-rasm). Aylanma fondlarning tarkibi faqat tarmoqlarda emas, korxonalarda ham bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yo‘liga, korxonani ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liq. Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoqlar va korxona taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniqlash, ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘llarini belgilash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar har bir tarmoq ikkinchi tarmoqqa qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi.






    Download 104.42 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 104.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish

    Download 104.42 Kb.