1. Kriptografiya o’zi nima? Zamonaviy krtiptografiyaning turlari




Download 1.65 Mb.
bet1/4
Sana09.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#33821
  1   2   3   4
Bog'liq
kiber xavfsizlik td mustaqil ish
MUNISA MT va A MUSTAQIL ISHI-1, es varyant full , jamScorePro, 5

MUSTAQIL ISH


TARMOQDA UZATILUVCHI AXBOROTNI HIMOYALASHDA KRIPTOGRAFIYANING O’RNI
REJA:
1.Kriptografiya o’zi nima?
2.ZAMONAVIY KRTIPTOGRAFIYANING TURLARI.
3. AXBOROTNI SHIFRLASH STANDARTI.
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KRIPTOGRAFIYA O’ZI NIMA?
Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi.
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi.
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi.
Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.
Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.



Ikkinchi jahon urushidagi shifrlash



Download 1.65 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kriptografiya o’zi nima? Zamonaviy krtiptografiyaning turlari

Download 1.65 Mb.