Sirt tarangligini Rebinder metodi bilan o‘lchash uchun ishlatiladigan asbobning tavsifi




Download 1.34 Mb.
bet7/9
Sana31.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#91293
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi Moddalarning molekulyar tuzilishini. Refrak
1 мавзу, naz sav, Абдуғаффоров Акром Абдуғани ўғли, Elementlarning xossalari., Животные и их детеныши Карточки Домана, 1-amaliy QEFT, 9, oferta bonus, obektivka (2).doc1, uglevodlar, Ifodali o\'qish, Mehnatni tashkil etish va boshqarish-fayllar.org, Buxgalteriya Parpiyeva, Alisher Yog\'och
Sirt tarangligini Rebinder metodi bilan o‘lchash uchun ishlatiladigan asbobning tavsifi.

Asbob (47-rasm) yonida o‘simta nayi (4) bo‘lgan shisha idish (1) dan iborat, asbobga manometr (5) kavsharlangan. Idish (1) ning og‘zi probka (3) bilan zich bekitiladi, bu probkadan uchi kapillyar qilib cho‘zilgan shisha nay (2) o‘tkazilgan. Nay (4) ning egik uchi aspirator (6) og‘zini zich berkitib turgan probka orqali o‘tkaziladi. Idish (1) dagi suyuqlikni istslgsn temperaturagacha isitish uchun shu idish suv solingan katta stakanga (rasmda ko‘rsatilmagan) botirib qo‘yiladi, bunda stakandagi suv talab qilingan temperaturada tutib turiladi.




Tajriba.
Aspiratorga suv to‘latilib, uni tagiga kosacha (8) qo‘yiladi. Tajriba boshlash oldida suyuqlik manometrning har ikki tomonida ham bir xil balandlikda turishi kerak. Idish (1) ning to‘rtdan bir qismicha distillangan suv quyiladi, og‘zi probka (3) bilan bekitiladi va probkadan o‘tkazilgan nay (2) ning kapillyar uchi suvga sal botirib qo‘yiladi. Idish (1) stakandagi suvning yarmigacha botirib qo‘yiladi, bunda stakandagi suv kerakli temperaturagacha isitilgan bo‘ladi. Idish (1) kerakli turg‘un temperaturagacha isigandan keyin aspiratorning jo‘mragi (7) buralib, sal ochiladi, bunda havo nay (2) ning kapillyar uchidan sanab bo‘ladigan tezlikda chiqadigan bo‘lishi lozim. Havo bir tekisda chiqa boshlagandan keyin manometrning har ikkala tomonidagi suyuqlik balandligining maksimal farqi kamida uch marta o‘lchanadi. Sath balandligining o‘rtacha qiymati (P0) topiladi. Jo‘mrak (7) bekitiladi va stakandagi isituvchi suvning temperaturasi o‘lchab ko‘riladi. Suvning shu tajriba o‘tkazilgan temperaturadagi sirt tarangligi qiymati 7-jadvaldan topiladi (ilovaga qarang).
Nay (2) kapillyarining konstantasi k formula (2) bilan hisoblab chiqariladi.
Idish (1) dagi suv to‘kib tashlanadi, idish va nay (2) quritiladi. Idish (1) va nay (2) tekshiriluvchi suyuqlik bilan chayib tashlanadi. Shundan keyin idishga suv o‘rniga tekshirilishi lozim bo‘lgan suyuqlik quyiladi. Stakandagi suv 30^ gacha isitiladi; idish (1) suvli stakanga botiriladi va idish (1) dagi suyuqlikni stakandagi suv temperaturasigacha isitish uchun suv 10 minutcha aralashtirib turiladi. Aspirator ishga tushiriladi, tekshirilayotgan suyuqlik uchun manometrdagi suyuqlik sathlarining farqi (h) yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘lchanadi va k ning qiymatini qo‘yib, tekshirilayotgan suyuqlik sirt tarangligining 30^ dagi qiymati formula (1) yordamida hisoblab chiqariladi. Tekshiriladigan suyuqlikning 40, 60, 80^ temperaturadagi sirt tarangligi ham xuddi shu tartibda topiladi.



Download 1.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sirt tarangligini Rebinder metodi bilan o‘lchash uchun ishlatiladigan asbobning tavsifi

Download 1.34 Mb.