1. Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi




Download 147 Kb.
bet7/7
Sana01.08.2021
Hajmi147 Kb.
#16546
1   2   3   4   5   6   7
Qattiq magnit materiallar
Qattiq magnit materiallar tarkibi, holati va olinish ussulariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi: 1) legirlangan martensit po’latlari; 2) quyma qattiq magnit qotishmalari; 3) kukunlardan tayyorlangan magnit; 4) qattiq magnitli ferritlar; 5) egiluvchan qotishmalar va magnit tasmalari. Qutblar orasida havo bo’shlig’i mavjud bo’lganida energiyaning bir qismi magnit materiali hajmidan tashqaridagi maydon bilan bog’liq bo’ladi. Mazkur energiyaning qiymati bo’shliqning uzunligiga bog’liq. Magnit qutblarining magnitsizlanishi hisobiga oraliqdagi induksiya Bd qoldiq induktsiya Br ga nisbatan kichikroq bo’ladi.

Havo oralig’idagi solishtirma magnit energiyasi :


Wd=BdHd/2,
bunda: Hd – Bd induksiyaga mos keladigan maydon kuchlanganligi.

Tutashtirilgan magnitda Bd = Br, Hd = 0 bo’lgani sababli, mazkur energiya nolga tenglashadi. Agar qutublar oralig’i juda katta bo’lsa, Bd = 0, Hd = Hc bo’lganligi sababli bunda ham energiya nolga intiladi.

Qandaydir B’d, H’d qiymatlarda energiya o’zining eng yuqori qiymatiga erishadi:

Wmax = B’dH’d .
Bu ifoda bilan magnitdan eng yaxshi foydalanish imkoniyati aniqlanib, u o’zgarmas magnitlar tayyorlashda ishlatiladigan materiallarning sifatini aniqlaydigan muhim xarakteristika hisoblanadi.

Po’lat tarkibiga volfram yoki xrom kabi metallar kiritilsa, martensit tuzilishli material hosil bo’ladi. Bunda po’latning doimiy magnit eskirish jarayoni susayadi. Volframli po’lat tarkibida 0,6% C, 5-6% W, xromli po’lat tarkibida esa 1% C, !,%-3% Cr bo’lib, ularning xossalari uglerodli po’latnikiga nisbatan ancha yaxshilangan. Mazkur materiallarning magnit xossalari: Hc = 0,45-0,5 kA/m, Br = 0,9-1,1 Bb/m2, Wg = 0,9-12 kJ/m3.

Elektr texnikada magnit materiali sifatida ilk bor qo’llanilgan qotishma alni deb atalgan. Uning tarkibi 11-16% Al, 24-30% Ni, 54-65% Fe elementlaridan iborat. Alnining Hc qiymati uglerodli po’latnikiga nisbatan 10 barobar yuqori. Juda qattiq material bo’lganligi sababli, alniga mexanik ishlov berib bo’lmaydi. Alnidan magnit quyish usuli bilan olinib, kerakli tuzilish sovitish jarayonida hosil qilinadi. Uning magnit xossalari quyidagicha: Hc=4-4,5 kA/m, Br=0,55-0,65Vb/m2, Wg=5kJ/m3.

Alniko qotishmasi alniga o’xshash bo’lib, uning tarkibida 5-10% CO va 6% Cu qo’shimchalar bor. Alnikoning magnit xossalari: Hc=4,0-4,5 kA/m, Br=0,7-0,8 Bb/m2, Wg=6,0-7,0 kJ/m3.

Magniko qotishmasi alnikodan tarkibidagi kobalt miqdorining nisbatan ko’pligi bilan (10%Al, 17% Ni, 24% CO, 6% Cu, 43% Fe) farqlanadi. Magnikoning magnitlik xossalari: Hc=4,0-4,5 kA/m, Br=1,2-1,3 Bb/m2, Wg= 16-20 kJ/m3 .

Qotishma magnit xossalarining yaxshilanishi, uning tarkibi bilangina emas, balki maxsus ishlov berish – quymani kuchli maydon ta’sirida sovitish jarayoni bilan ham aniqlanadi.

Alni, alnico va magniko qotishmalarining kamchiligi ulardan aniq o’lchamli kichik mahsulotlar tayyorlashning mushkulligidir.

Platinali qotishmalar temir yoki kobalt tarkibiga 77-78% platina qo’shish orqali olinadi. Bu materialda Hc qiymati keskin oshib, induksiya qiymati esa pasayadi. Uning magnit xossalari (temirli qotishmada): Hc=12,5 kA/m; Br=0,58 Bb/m2; Wg=12 kJ/m3; kobaltlisida esa Hc=21 kA/m, Br=0,45 Bb/m2, Wg=15103 kJ/m3 platinali qotishmalarning qoldiq induksiyasi kichik qiymatga ega. Narxi balandligi sababli, bu materiallar maxsus apparatlarda juda kichik hajmli magnitlar tayyorlashda qo’llaniladi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1.S.G. Kalashnikov Elektr ”o`qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1979
2.I.V.Savelov. Umumiy fizika kursi 2 “o`qituvchi “ nashriyoti Toshkent 1973
3.Nurmatov. N. “Elektromagnetizm” fanidan o`quv uslubiy qo`llanma

Download 147 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 147 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi

Download 147 Kb.