|
1-Ma’ruza: Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
|
bet | 4/7 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 263,85 Kb. | | #270221 |
Bog'liq 1-Ma’ruzaTBning boshqaruvi bankning yuqori organi bo`ladi, u strategik boshqa-ruvni amalga oshiradi: iqtisodiy tahlilning ma’lumotlari va buxgalteriya hisobotining ma’lumotlari asosida bankning traektoriyali maqsadlari va siyosatini belgilaydi; ularni bundan keyingi detallashuvi va tegishli bo`limlar tomonidan bajarilishi uchun departamentlarga yetkazadi; bank tomonidan yuritilayotgan siyosatning umumiy nazariyasi nazoratini amalga oshiradi, iqtisodiy vaziyat o`zgarganda uni qayta ko`rib chiqadi, hamda bank portfelining holatini nazorat qiladi. Boshqaruv qo`mitalarni tashkil qiladi, ular bankning strategik rahbarligini qo`llab-quvvatlashini ta’minlaydilar, boshqaruv tizimidagi har hil bo`limlar ishini muvofiqlashtiradilar. Bankning kattaligi va uning ehtiyojlariga ko`ra boshqaruv a’zolari tomonidan boshqariladigan quyidagi qo`mitalar tashkil qilinadi: kredit, taftish, ijroiya, ishonch operatsiyalari va boshqalar. - TBning boshqaruvi bankning yuqori organi bo`ladi, u strategik boshqa-ruvni amalga oshiradi: iqtisodiy tahlilning ma’lumotlari va buxgalteriya hisobotining ma’lumotlari asosida bankning traektoriyali maqsadlari va siyosatini belgilaydi; ularni bundan keyingi detallashuvi va tegishli bo`limlar tomonidan bajarilishi uchun departamentlarga yetkazadi; bank tomonidan yuritilayotgan siyosatning umumiy nazariyasi nazoratini amalga oshiradi, iqtisodiy vaziyat o`zgarganda uni qayta ko`rib chiqadi, hamda bank portfelining holatini nazorat qiladi. Boshqaruv qo`mitalarni tashkil qiladi, ular bankning strategik rahbarligini qo`llab-quvvatlashini ta’minlaydilar, boshqaruv tizimidagi har hil bo`limlar ishini muvofiqlashtiradilar. Bankning kattaligi va uning ehtiyojlariga ko`ra boshqaruv a’zolari tomonidan boshqariladigan quyidagi qo`mitalar tashkil qilinadi: kredit, taftish, ijroiya, ishonch operatsiyalari va boshqalar.
Kredit qo`mitasi kreditlash yoki belgilangan limitlarni olib ketishining barcha hollarida, hamda ularni belgilash bo`yicha xulosalar beradi. U qarz foizlari stavkalarining miqdori va kreditlarning muddatlari va turlari bo`yicha tuzilishi bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. - Kredit qo`mitasi kreditlash yoki belgilangan limitlarni olib ketishining barcha hollarida, hamda ularni belgilash bo`yicha xulosalar beradi. U qarz foizlari stavkalarining miqdori va kreditlarning muddatlari va turlari bo`yicha tuzilishi bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi.
- Taftish qo`mitasi o`z kuchi bilan, yoki tashqi auditorlarni jalb qilish bilan muntazam ichki auditorlik tekshirishlarini ta’minlaydi.
- Ijroiya qo`mitasi iqtisodiy tahlilni (bank maqsadlarining bajarilishi, foydalilik, likvidlilik va boshqalarni) o`tkazishini, bank faoliyatini baholashini ta’minlaydi, ularning natijasida asosiy iqtisodiy ko`rsatkich-lar tahlil qilinadi va maqsadlar traektoriyasining bajarilishi kuzatiladi. Bankning rivojlanish va marketing departamenti qoidaga ko`ra ikkita bo`limni o`z ichiga oladi. Rivojlanish bo`limi tashqi vaziyatning tahlilini amalga oshiradi va uni bankning ichki vaziyatini baholash bilan moslashtirib, bank siyosati va bozordagi xizmatlarini ilgari surishning yo`nalishlarini tayyorlaydi. Bu yechimlar bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan asosiy maqsadlar bilan moslashtirilishi kerak.
|
| |