Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?




Download 74,48 Kb.
bet6/14
Sana07.12.2023
Hajmi74,48 Kb.
#113181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-mavzu
3-mavzu slayd, , Axborot xavfsizligini ta’minlash, 1, PQ-4860 13.10.2020, Donaboyeva Qizlargul kurs ishi, sardor, 793, 795, 10, Yuqoridagi rasmlarni 2740, 1-ma’ruza fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish. O‘qitish, 9-mavzu, 163463800412230115 (1)

Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?


Muammoli deyilganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi.
O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi.
Har qanday ta’lim o‘quvchi uchun muammolidir. O‘quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o‘quvchining faol fikrlash faoliyati o‘quv materialini puxta o‘zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o‘tganlar.
Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o‘quvchilarni
o‘qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini ta’kidlagan.
Muammoli vaziyatda:

Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir.
Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Ta’lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi.
Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir.

Download 74,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 74,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?

Download 74,48 Kb.