Bornning g’oyasining mohiyati shunday




Download 2.47 Mb.
bet22/57
Sana25.03.2024
Hajmi2.47 Mb.
#176678
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Bog'liq
Fizika ma`ruza
5 Кия йуналтирилган ФД лотин 2022, Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Moderne Baumateriale.pluralbildung der substantive, ZDIFT 1416, 838, Magnitorazvedka okonchatelnyj variant, kompyutyer tashkil etilishi 1, Blankani AKK Amaliy 7
Bornning g’oyasining mohiyati shunday: istalgan to’lqin fazoda cheksiz tarqalishi tufayli, har bir zarrachani ham fazoning istalgan joydan topish mumkin, lekin fazoning turli qismlarida muayyan zarrachani topish ehtimolligi turlicha. Bu fikr esa, fiziklar uchun olamni aslida ayni vaqtda o’ta aniq, shu bilan birga ehtimoliylik nuqtai nazaridan idrok qilish kerakligi haqidagi masalani ko’ndalang qo’ydi. Bunday ketma-ket qayd etilgan olamshumul ilmiy kashfiyot va gipotezalar olimlarni borgan sari boshi berk ko’chaga olib kirayotgandek edi. Uning ayrim faktlari bilan murosa qilish, ayrim yaqqol ochiq-ravshan bo’lib yuzaga kelgan, lekin eski fizika qolipiga tushmaydigan tushunchalarni tan olish fiziklar uchun haqiqiy sinovga aylandi. Nils Borning shogirdi bo’lgan mashhur nazariyotchi fizik Xendrik Kramers shunday yozgan edi: «Kvant fizikasi va mexanikasi yolg’on g’alabaga o’xshaydi: avval siz g’olib bo’lgandek tuyulaveradi va siz ikki oycha g’oliblikdan sarmast yurasiz; keyin esa aslida sizni kiydirib ketishganini anglaysiz va yillab yig’lab yurasiz...»
Bunga javoban SHryodinger ham shunday xitob qilgan: «Agar ushbu la’nati kvant sakrashlari fizikada hali-beri qoladigan bo’lsa, men endi hayotimni fizika bilan bog’laganimga afsus qilib yursam kerak». Yeynshteyn esa bularga javoban juda kuchli o’xshatish keltiradi: «Sen (SHryodingerni aytapti) tuyaqushga o’xshaysan, yaramas kvantlarni ko’rmaslik uchun kallangni qumga tiqib olgansan». Maks Bornga yo‘llagan xatida esa, «Kvant mexanikasi so’zsiz hurmatga loyiq, lekin qandaydir ichki ovoz menga buni noto’g’ri ekanini aytmoqda... Nima bo’lganda ham, Xudoning ishlari o’yin emas...» deb yozgan.


Adabiyotlar

  1. Detlef Kamke, Klaus Kramer. Physikalische Grundlagen der Maßeinheiten. Mit einem Anhang Qber Fehlerrechnung. Universität Bochum, 2006. Mit 98 Figuren, 219 Page.

  2. Hebra, Alex. The Physics of Metrology. Springer. 2010

  3. Matyakubova P.M., Ismatullaev P.R., Egamberdiev B.E. O’lchashlarning fizikaviy asoslari. Metodicheskoe ukazaniya, Tashkent -2012, 188s




Download 2.47 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Download 2.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bornning g’oyasining mohiyati shunday

Download 2.47 Mb.