• Mavzuni va alohida savollarni o‘rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • 1-Ma’ruza Kirish. Asosiy tushunchalar, terminologiya va avtomatik boshqarish sistemalari (abs) xarakteristikasi Reja




    Download 112.4 Kb.
    bet1/2
    Sana07.11.2022
    Hajmi112.4 Kb.
    #29330
      1   2
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99

    1-Ma’ruza
    Kirish. Asosiy tushunchalar, terminologiya va avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) xarakteristikasi
    Reja:

    1. Kirish.

    2. Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi predmeti.

    3. Avtomatik boshqarish sistemalarining ob’ektlari.

    4. Ta’sirlarning asosiy turlari.

    5. Ob’ektlar tavsifi.

    6. Nazorat savollari.

    Maqsadi:
    “Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari” fanining maqsad-vazifalari va bilish usullari, rivojlanish tarixi va uni boshqa fanlar bilan aloqasi to‘g‘risida bilishlarni hamda to‘liq tasavvurni shakllantirish.
    Mavzuni va alohida savollarni o‘rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:
    1. Anximyuk V.P. – «Teoriya avtomaticheskogo upravleniya». Minsk; Vыsshaya shkola, 1979g, s.350.
    2. «Teoriya avtomaticheskogo upravleniya» - ch.1., pod.red., prof. A.V. Netushina M., «Vыsshaya shkola», 1975g., s.400.
    3. Sbornik zadach po teorii avtomaticheskogo regulirovaniya i upravleniy (pod.red. Besekarskogo V.A., M., «Nauka», 1978g., s.512).
    4. Zadachnik po teorii avtomaticheskogo upravleniya – M., «Energiya», 1971g., s.380 (pod.red. A.S.SHatalova)
    5. YUrevich E.I. – «Teoriya avtomaticheskogo upravleniya» - L., «Energiya», 1979g.
    6. Metodicheskaya ukazaniya k prakticheskim zanyatiyam po kursu «Teoriya avtomaticheskogo upravleniya (spets Karimov X.G. Azizov A. spets. TashDTI, 1990).
    Kirish
    Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakllan-tirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
    Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy tuzilishini va ularni tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi.
    Avtomatik sistemalarni loyihalashda ularga turli-tuman talablar qo‘yiladi. Bu talablarni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:
    - sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yilgan talablar;
    - barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametrning og‘ish qiymatiga qo‘yilgan talablar;
    - o‘tish tartibida sistema holatiga qo‘yilgan talablar. Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani echishga to‘g‘ri keladi:
    - mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish. Bunda sistemaning unga qo‘yilgan talablarni qay darajada qanoatlantira olishi aniqlanadi. Bu masala sistemaning tahlili deb yuritiladi;
    - berilgan talablar bo‘yicha sistemani loyihalash - sistemani sintezlash masalasi. Bu masala avtomatik sistemani qurishni, avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablarni bajarilishi ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemasini, ularning alohida elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
    Hozirgi vaqtda sistemalarni tahlil qilish va sintezlash masalalari bir xil darajada ishlab chiqilmagan. o‘tish jarayonlari har xil darajali oddiy differensial tenglamalar yordamida tavsiflanuvchi chiziqli avtomatik sistemalarni tadqiq qilish usullari etarli darajada ishlab chiqilgan. EXMlarni qo‘llash chiziqli bo‘lmagan sistemalarni modellash yoki sistemalarni tavsiflovchi chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni sonli echimi orqali tadqiq qilish imkonini kengaytiradi.
    Avtomatik sistemalarni sintezlash usullari oxirgi o‘n yillikda rivojlandi. Ammo chiziqli bo‘lmagan sistemalarni sintezlashning umumiy usullari hozirgacha etarli ishlab chiqilmagan va bu erda hozirgi zamon EXMlarni qo‘llash ayniqsa katta axamiyatga ega.
    Avtomatik boshqarish nazariyasini shartli ravishda to‘rt bo‘limga ajratish mumkin.
    Birinchi bo‘lim avtomatik boshqarish sistemalarini matematik tavsiflash usullari bilan bog‘liq. Ikkinchi bo‘lim boshqarish jarayonining sifatini tahlil qilish bilan bog‘liq. Uchinchi bo‘lim avtomatik sistemalarning barqarorligi muammolarini o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi bo‘lim adaptiv va optimal sistemalar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
    Avtomatik boshqarish nazariyasi unga yaqin texnik va ilmiy sohalar bilan chambarchas bog‘langan va bu sohalar natijalaridan o‘z masalalarini echishda foydalanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga taalluqli masalalar doirasi juda keng. SHuning uchui ham avtomatik boshqarish iazariyasini o‘rganishni avtomatik boshqarish sistemalarining umumiy xususiyatlari va ularni tadqiq qilishning umumiy usullari bilan tanishishdan boshlash kerak.
    Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z xayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli-tuman hollarda qo‘llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o‘zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni boshqarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin.
    Davlatni, xalq xo‘jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini va iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini aniq bir maqsadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxonalarni, sexlarni, uchastkalarni, texnologik jarayonlarni boshqarish moddiy ishlab chiqarish jarayonning unumli ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
    Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. SHu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq bo‘lgan sistema parametrlari ham ta’sir etadi.
    Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr-mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishida chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir.
    Ma’lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan echimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilish. Boshqarishni mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida etarlicha to‘la rivojlantirilgan.
    Uning ta’biricha, boshqarish - sistemani uni parametrlariga ta’sir etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish jarayonidir. Xaqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning o‘zgaruvchilari yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o‘zgaruvchan parametrlari orqali aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta’sir etish yo‘li bilan uni dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga muvofiq oldindan aniqlangan boshqa holatiga o‘tkaziladi.

    Download 112.4 Kb.
      1   2




    Download 112.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza Kirish. Asosiy tushunchalar, terminologiya va avtomatik boshqarish sistemalari (abs) xarakteristikasi Reja

    Download 112.4 Kb.