• 1.1. Mikroprotsessor va mikroprotsessor tizimlari haqida umumiy tushuncha, asosiy xarakteristikalari
  • Tezkorlik
  • 1-ma’ruza Mavzu: Mikroprosessor va mikroprosessor tizimlari




    Download 127.73 Kb.
    bet1/7
    Sana17.02.2023
    Hajmi127.73 Kb.
    #42540
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Маъруза №1
    3-AMALIY ISH TOPSHIRIGI MT VA A 2023-2024, 6-laboratoriya mashg’uloti graflar. Umumiy ma’lumotlar Graf (1), ITM savollari

    1-ma’ruza
    Mavzu: Mikroprosessor va mikroprosessor tizimlari
    Reja:
    1.1. Mikroprotsessor va mikroprotsessor tizimlari haqida umumiy tushuncha, asosiy xarakteristikalari
    1.2. Ma’lumotlarni ko‘rinishini o'zgartirishning dasturiy boshqarilishi haqida umumiy tushuncha. 
    1.1. Mikroprotsessor va mikroprotsessor tizimlari haqida umumiy tushuncha, asosiy xarakteristikalari
    Mikroprotsessor tizimlari asosini tashkil qiladigan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat:
    Elektron tizim —har qanday elektron uzel boʻlib, maʻlumotlarni qayta ishlovchi blok, jihoz yoki kompleksdir.
    Masala — elektron tizimga bogʻliq boʻlgan funksiyalar toʻplami.
    Tezkorlik — elektron tizim funksiyalarining bajarilish tezligi koʻrsatkichi.
    Moslashuvchanlik —Tizimning turli masalalarga moslashuvchanligi.
    Interfeys — mantqiy va konstruktiv qurilmalararo maʻlumot almashish moslashmasi.
    Mikroprotsessor elektron tizimning bir qismi boʻlib, kiritish va chiqarish signallarini qayta ishlash qurilmasi sifatida qabul qilingan (1.1-rasm).
    Kiritish va chiqarish signallari sifatida analog signallar, raqamli signallar, raqamli kodlar, raqamli kodlar ketma-ketligi qabul qilingan.

    1.1-rasm. Elektron tizim
    Tizim ichida maʻlumotlar yoki signallar saqlanadi. Agar tizim raqamli boʻlsa, analog signallar analog – raqam oʻzgartirish qurilmalari asosida raqamli signallarga oʻzgartiriladi yoki aksi.
    Maʻlumotlarni saqlash va qayta ishlash raqamli koʻrinishda boʻladi. Maʻlumotlarni saqlash va qayta ishlash sxemotexnik tizimlarga uzviy bogʻliq.
    Har qanday tizim maxsus bir vazifani yechish uchun moʻljallangan boʻladi.
    Maxsus tizim har bir elementi toʻliq ishlaydi. Maxsus tizim maksimal tezkorlikni taʻminlaydi. Eng asosiy kamchiligi, har bir vazifa uchun qaytadan loyihalash va tayyorlash kerak. Ushbu masalani hal qilish uchun shunday tizim qurish kerakki, ushbu tizimda qurilmalarni har doim oʻzgartiravermaslik kerak.
    Dasturiy boshqariladigan tizim ushbu masalani hal qiladi. U larni mikroprotsessor tizimlari taʻminlaydi (1.2-rasm).

    1.2-rasm. Dasturiy boshqarish tizimi.
    Universallik bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Maksimal murakkab vazifalarni yechimini topish oddiy vazifalar yechimini topishga qaraganda koʻp vositalarni talab qiladi. Shuning uchun universal tizim shunday boʻlishi kerakki, murakkab vazifalarni yechishda barcha vositalardan maksimal foydalanish, oddiy vazifalarni yechishda esa kerakli vositalardan foydalanish kerak.
    Har qanday mikroprotsessorli tizimlarning yadrosi mikroprotsessor yoki protsessor (processor) hisoblanadi. Boshqacha qilib “qayta ishlagich”, aynan mikroprotsessor - bu shunday uzelki, hamma maʻlumotlarni qayta ishlashni MPT ichida amalga oshiradi. Qolgan uzellari yordamchi funksiyalarni bajaradi: maʻlumotlarni saqlash, tashqi qurilmalar bilan aloqa, foydalanuvchi bilan muloqot. MP arifmetik va mantiqiy amallarni, kodlarni vaqtinchalik saqlash, MPT lari uzellararo maʻlumot almashish va boshqa vazifalarni bajaradi. Protsessorni tizim miyasi bilan solishtirsa boʻladi.
    Protsessor hamma operatsiyalarni ketma-ket bajaradi. Birinchi boʻlimdan maʻlumki MP operatsiyalarni parallel bajarishi mumkin. Maʻlumotlarni ketma-ket bajarish afzalligi shundan iboratki bir takt jarayon ichida murakkab operatsiyalarni bajarish mumkin. Lekin operatsiyalarni bajarilishi ularning oson yoki murakkabligiga bogʻliq. Bundan kelib chiqadiki, MP har qanday operatsiyalarni bajaradi, lekin hamma operatsiyalarni yagona uzeldan oʻtkazadi (1.3-rasm.).

    1.3-rasm. MP da axborotlar oqimi.
    Protsessor asosini buyruqlar tizimi tashkil qiladi. Buyruqlar tizimi va strukturasi protsessorning tezligi, moslanuvchanligi, foydalanish uchun ulayligini belgilaydi. MP buyruqlari oʻntadan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Buyruq kodlari turli razryad uzunliklariga ega boʻladi. Har bir buyruqning oʻz bajarilish vaqti bor, shuning uchun dastur bajarilish vaqti faqat dasturga emas, balki qanday buyruqlar bajarilishiga bogʻliq. Protsessor strukturasiga: registrlar, arifmetik mantiqiy qurilmalar, multipleksorlar, buferlar va registrlar kiradi. Hamma uzellar ish jarayoni protsessorni umumiy tashqi takt signali orqali amalga oshiriladi. Protsessor murakkab raqamli qurilmani tashkil qiladi (3.4-rasm.).

    1.4-rasm. Oddiy MP ning tuzilishi

    Download 127.73 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 127.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza Mavzu: Mikroprosessor va mikroprosessor tizimlari

    Download 127.73 Kb.