|
1-ma'ruza20-21
|
bet | 3/6 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #141798 |
Bog'liq 1-kriptovalyutaYaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi moliya sektori tamoyillarini sezilarli darajada o'zgartiradi. Ispaniyaning Santander banki tahlilchilarining fikriga ko'ra, blokcheyn yordamida moliya institutlarining xarajatlari 2022 yilgacha, birinchi navbatda, transchegaraviy to'lovlar va qimmatli qog'ozlar savdosida iqtisod qilish orqali 15-20 milliard dollarga kamayadi. Shuningdek bu vaqtda kelib global yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishidagi ulushi 2027 yil 10% bo'ladi. - Yaqin kelajakda blokcheyn texnologiyasi moliya sektori tamoyillarini sezilarli darajada o'zgartiradi. Ispaniyaning Santander banki tahlilchilarining fikriga ko'ra, blokcheyn yordamida moliya institutlarining xarajatlari 2022 yilgacha, birinchi navbatda, transchegaraviy to'lovlar va qimmatli qog'ozlar savdosida iqtisod qilish orqali 15-20 milliard dollarga kamayadi. Shuningdek bu vaqtda kelib global yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishidagi ulushi 2027 yil 10% bo'ladi.
- Turli sohalardagi 160 dan ortiq xalqaro kompaniyalarni o'z ichiga olgan R3 guruhi 2017 yil noyabr oyida Ethereum blokcheyniga asoslangan Corda platformasini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Bu tizim aqlli shartnomalardan foydalanadi va faqat moliya institutlari tomonidan foydalanishga mo'ljallangan.
- NASDAQ birjasi, London fond birjasi LSE va Yaponiya birjalarini birlashtirgan JEG kompaniyasi blokcheyn bilan tajriba o'tkazmoqda. Goldman Sachs tahlilchilarining fikriga ko'ra, birja savdolarida blokcheyndan foydalanish har yili mazkur sohada 6 milliard dollarni tejashga imkon beradi.
2008 yil 31 oktyabrda Satoshi Nakamoto taxallusi ostidagi foydalanuvchi bitkoin kriptovalyutasining yangi elektron pul tizimi sifatidagi tavsifini tarmoqqa joylashtirdi. Uning asosiy afzalliklari bu firibgar amaliyotlaridan himoya qilish, har qanday tashkilotlardan mustaqillik, anonym holatda foydalanish imkoniyati edi.
Kriptovalyutalar: tarixi va tasnifi.
- 2008 yil 31 oktyabrda Satoshi Nakamoto taxallusi ostidagi foydalanuvchi bitkoin kriptovalyutasining yangi elektron pul tizimi sifatidagi tavsifini tarmoqqa joylashtirdi. Uning asosiy afzalliklari bu firibgar amaliyotlaridan himoya qilish, har qanday tashkilotlardan mustaqillik, anonym holatda foydalanish imkoniyati edi.
- Kriptovalyuta virtual valyutaning bir turi bo'lib, “kriptografik usullar bilan himoyalangan matematik tamoyillarga asoslangan markazlashtirilmagan konvertatsiya qilinadigan valyutani anglatadi”.
- Umuman olganda, kripto-valyutalar soni uch mingdan ortiq. Ular orasida eng mashhuri bitkoin bo'lib qolmoqda – u raqamli valyuta bo’lib, faqat Internetda ishlaydi. Valyuta emissiyasi dunyo bo'ylab ma'lum bir dastur yordamida millionlab kompyuterlarning ishlashi natijasida yuzaga keladi
|
| |