1-mashg’ulot




Download 69 Kb.
bet1/3
Sana13.10.2022
Hajmi69 Kb.
#27180
  1   2   3
Bog'liq
1 лаборатория
matematika 1qism 5 uzb, Dustmuhammmad jajonTarix kurs ishi, Jabborov M. 2, Mustaqil ish, 1678121470, Narziyev.REAL, Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi, 5 sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv, FAYZULLAYEV DILMURODNING SUNNIY INTELEKTR, 2-мустакил иш, 48be4525-afa7-41fc-9aba-886b3a1862fd , yGasxtQ9l7TlEVfDMrX3KmMgKOaj6sQoShlI7Y86, 952-21 guruh Ismoilov J DTIYu fanidan 3, arxitektura

1-MASHG’ULOT
XAVFSIZLIK TEXNIKASI. XATOLIKLAR NAZARIYASI BILAN TANISHISH.
1. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash. Biror-bir kattalikni o’lchash deganda bu kattalikning birlik sifatida qabul qilingan bir jinsli etalon kattalik bilan solishtirilib, undan necha marta katta yoki kichikligini bilish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklarni absolyut aniq o’lchab bo’lmaydi. Fizikaviy kattaliklarni o’lchash jarayonida o’lchov asboblarining tuzilishiga hamda kuzatuvchining sezgi organlarining sezgirligiga bog’liq ravishda o’lchash natijalari ma’lum xatoliklar bilan aniqlanadi. Topilgan natijalar o’lchanayotgan kattaliklarning taqribiy qiymatini beradi. O’lchashda ro’y beradigan xatoliklar ikki guruhga bo’linadi: sistemali va tasodifiy xatoliklar.
a) sistemali xatoliklar. Bunday xatoliklar odatda tajriba o’tkazilguncha aniqlanishi mumkin bo’lgan xatoliklardir. Ular asosan ishlatiladigan asboblarning ayrim kamchiliklari tufayli yuz beradi va ayni bir kattalikni takroriy o’lchashlar jarayonida ularning qiymatlari doimo bir xil bo’ladi. Masalan, masshtabli chizg’ich shkala bo’limlarining bir xil emasligi, kapillyar naycha diametrining uning turli qismlarida turlicha bo’lishi, elektr o’lchov asboblari strelkalarining nol qiymatidan siljib qolganligi va h.k.lar sistemali xatoliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Sistemali xatoliklardan ko’p hollarda ularni o’lchov asbobi ko’rsatishiga tuzatma sifatida hisobga olish yo’li bilan yoki o’lchov asboblarini etalon o’lchov asboblari bilan solishtirish natijasida qutilish mumkin.
b) tasodifiy xatoliklar o’lchash jarayonining turli bosqichlariga ta’sir etuvchi alohida sabablar oqibatida paydo bo’ladigan xatoliklardir. Masalan, o’lchov asboblarining ko’rsatishidagi noaniqliklar, sezgi organlarimizning nomukammalligi va tashqi (temperatura, bosim, namlik va h.k.) muhitning o’lchash jarayoniga uzluksiz ta’siri tufayli paydo bo’ladigan xatoliklar shular jumlasidandir. Bu xatoliklarni tajriba oldidan e’tiborga olishning imkoniyati yo’q. Bunday xatoliklarni butunlay yo’qotib bo’lmaydi, lekin ularning sonini minimal qiymatgacha kamaytirish mumkin. Tasodifiy xatoliklarning ehtimollik qonuniyatlariga bo’ysunishi ularning o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatini o’z ichiga oladigan chegaraviy qiymatlarini aniqlash imkonini beradi.

Download 69 Kb.
  1   2   3




Download 69 Kb.