• Aeroport tarkibiga Aerodrom, texnik xizmat ko‘rsatish hududi, alohida inshootlar va Aerodromga yondosh Aerodrom oldi hududi kiradi . Aerodrom
  • Uchish tasmasi (letnaya polosa )
  • Uchish tasmasi
  • Chekka xavfsizlik tasmalari
  • 1-Mavzu: Aerodromlarning asosiy elementlari va ularning vazifalari Aeroport




    Download 181.82 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana29.01.2023
    Hajmi181.82 Kb.
    #40058
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-mavzu
    xarita


    1-Mavzu: Aerodromlarning asosiy elementlari va ularning vazifalari 
    Aeroport – fuqaro aviatsiyasi transport korxonasi bo‘lib, passajir, yuklar va 
    pochtalarni tashishlarini muntazam amalga oshiradi va shuningdek havo 
    kemalarining xavfsiz uchish-qo‘nishlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Yuqorida 
    ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun aeroport maxsus jihozlangan bino va 
    inshootlar majmuasiga ega bo‘ladi. Aeroport tarkibiga Aerodrom, texnik xizmat 
    ko‘rsatish hududi, alohida inshootlar va Aerodromga yondosh Aerodrom oldi 
    hududi kiradi
    Aerodrom – aeroportni tashkil etuvchi asosiy qismi bo‘lib, u havo 
    kemalarining uchishi, qo‘nishi, yurgizib borish, saqlash va xizmat ko‘rsatishni 
    ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmuasiga ega bo‘lgan 
    maxsus tayyorlangan yer uchastkasidir
    Aerodromda havo kema (HK)larini xavfsiz uchib-qo‘nishi, rullashi, saqlashi 
    va xizmat ko‘rsatishi uchun uning tarkibida uchish tasmasi, rullash yo‘laklari, HK 
    lari turish joylari, perron va maxsus maydonchagalari bo‘lishi shart.
    Uchish tasmasi (letnaya polosa ) – Aerodromning asosiy elementi bo‘lib 
    maxsus ajratilgan uchastkada ( shamolning tezligi, yo‘nalishi, shovqinning tarqalishi 
    izofonik xaritasi, Aerodrom atrofi xududidagi rel’ef va to‘siqlarni hisobga olib) 
    loyihalanadi va quriladi. Uchish tasmasi - uchish-qo‘nish tasmasi, xavfsizlikning 
    yon va chekka tasmalaridan iborat. 
    Uchish qo‘nish tasmasi – havo kemalarining har ikkala karama – qarshi 
    yo‘nalishda uchish va qo‘nishi uchun maxsus tayyorlangan va jihozlangan uchish
    tasmasining bir qismi. Uchish qo‘nish tasmasi sun’iy qoplamali yoki gruntli 
    bo‘lishi mumkin. 
    Xavfsizlikning yon tasmasi – uchish tasmasining bir qismi bo‘lib, uchish-
    qo‘nish tasmasining yonlariga birikkan bo‘ladi. U havo kemalarining kelib tushishi 
    va uchishi oldidan tezlikni oshirishi paytida yon tomonga chiqib ketgan takdirda 
    xavfsizlikni ta’minlash vazifasini o‘taydi. Chekka xavfsizlik tasmalari havo 
    kemalarining qo‘nish paytida uchish qo‘nish tasmasiga yetmasdan turib qo‘nganida 
    yoki uchish qo‘nish tasmasi boshlanishi belgisidan ancha o‘tib qo‘nishga majbur 
    bulganda havo kemalarining xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat kiladi. Chetki 

    Download 181.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 181.82 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Aerodromlarning asosiy elementlari va ularning vazifalari Aeroport

    Download 181.82 Kb.
    Pdf ko'rish