1-mavzu. AKTdan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish
imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari
REJA:
1. Ta’limda axborot kommunikatsiya
texnologiyalari
2. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
3. Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalarini qо‘llash.
Tayanch iboralar: Texnologiya, a
xborot texnologiyalari, multimedia
tushunchasi, Infografika, virtual borliq, kompyuter tarmoqlari, internet, mobil
ta’lim, onlayn ochiq kurslar
1. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalari
О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor
munosabatlariga bosqichma-bosqich о‘tishi hamda ilmiy texnika taraqqiyoti
jamiyatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining
barcha
jabhalariga
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni tadbiq qilish darajasini
tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti
tarmoq va sohalarini
axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni va zarur bо‘lgan
axborotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy
davomidir.
Axborot texnologiyalari – obyekt, jarayon yoki hodisa (
axborot
mahsuloti)ning holati tо‘gʻrisida yangi sifatdagi axborot olish uchun ma’lumotlarni
tо‘plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullarining majmuidan
foydalanuvchi jarayon.
Axborot texnologiyalari mavjud usullar va vositalardan foydalanib ma’lum
axborotlarga
ishlov berib, qayta ishlab yangi kо‘rinishdagi inson faoliyati uchun
zarur bо‘lgan axborotlarni yaratish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining maqsadi – inson tomonidan tahlil qilish va uning
asosida qandaydir xatti-harakatni bajarish bо‘yicha qaror qabul qilish uchun
axborot ishlab chiqarish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ushbu ta’lim
vositasining
didaktik imkoniyatlariga obyektning tabiiy jihatlari, texnik va
texnologik fazilatlari, о‘quv va tarbiyaviy jarayonida
didaktik maqsadlarda
qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan aspektlari sifatida qaralishi mumkin.