1-mavzu. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llanilishi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Download 26,58 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi26,58 Kb.
#102597
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llanilis-fayllar.org

Axborot turlari. Matn ko`rinishidagi, sonli va turli belgilardan iborat axborotlarni EHMlarda saqlash uchun har bir harf, raqam xamda belgilar biror kod bilan belgilangandir. Masalan, 7 raqamining kodi 55 dir. (6 raqamining kodi - 54, 8 raqamining kodi-56). Mavjud bo`lgan barcha sonlarni 10 ta (0,1,2,3,...9) raqamlar yordamida doimo ifodalash mumkinligi tufayli, sonlar uchun 10 ta kod kerak bo`ladi xolos.
Matn kurinishidagi axborotlarning tashkil etuvchilari - xarflar, tinish belgilari, rieziet belgilari va turli maxsus (#,$,& va boshqalar) belgilardir. Bosh va kichik lotin xarflari soni 26+26=52 ta. Qayd etilgan tinish, rieziet va maxsus belgilar soni esa 34 ta. Bular uchun 52+34=86 ta kod kerak ekan.
EHM ishini boshqarish uchun maxsus boshqarish belgilari ishlatiladi, ularning soni 32 ta. Jami kodlar soni 10+86+32=128 taga etdi, ya`ni yuqoridagilarning xar birini ifodalash uchun (27=128) 7 bit kifoya ekan. Ammo foydalanuvchining ona tili alifbosi xarflarini ham hisobga olish kerak. Kodlar sonini oshirish uchun bitlar sonini yana bittaga oshiradigan bo`lsak, jami kodlar soni 28=256 taga etadi. endi ona tilimiz alibosidagi xarflarimizdangina emas, masalan, turli jadvallar chizish uchun zarur bo`lgan belgilardan (“psevdografika”) xam foydalanish imkoniyatiga ega bulamiz. Ana shuning uchun xar bir belgi o`lchami 8 bit- 1 baytdan iborat bo`ladi.
“Bayt” birligi uchun quyidagi xosilot birliklari mavjud:
1024 bayt=1 Kb (Kilo bayt)
1024 Kb=1 Mb (Mego bayt)
1024 Mb=1Gb (Gega bayt)
1024 Gb=1Tb (Terra bayt)
A4 formatli kogozning bir betiga 1,5 intervalda ezilgan matn taxminan 2 Kb axborotdan iborat bo`ladi.
Kodlash uchun turli standartlar mavjud bo`lib, SHEHMlar uchun juda keng tarqalgan ASCII (American Standart Code for Information Interchange). Bu standartda yuqorida qayd etilgan 32 maxsus boshqarish belgilari (bu belgilarni bosmaga chiqarib bulmaydi) kodi 0 dan 31 gacha, raqamlar kodi 48 dan 57 gacha, lotin alifbosining bosh xarflari 65 dan 90 gacha, kichik xarflari esa 97 dan 122 gacha va 0 dan 127 gacha qolgan o`rinlardan (32¸47, 58¸64, 91¸96, 123¸127) tinish, rieziet xamda maxsus belgilar joy olgan. Kodlar jadvalining 128 dan 255 gacha qismi jadvalning ikkinchi - “yuqori” yarim qismi deb yuritiladi. Ana shu “yuqori” yarim qismga “psevdografika” belgilari va milliy alfavit xarflari har bir millatning o`z standartiga ko`ra joylashtiriladi. EHM ga bunday xarflar maxsus dasturlar drayverlar yordamida kiritiladi. (Drayverlar to`g`risida keyingi mavzulardan birida batafsil ma`lumotga ega bo`lasiz).

Download 26,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 26,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llanilishi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Download 26,58 Kb.