• Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillari.
  • Ichki omillar
  • 1-mavzu. Axborot va axborot texnologiyalari. Reja




    Download 40.02 Kb.
    bet1/2
    Sana10.02.2023
    Hajmi40.02 Kb.
    #41738
      1   2
    Bog'liq
    1-mavzu. Axborot va axborot texnologiyalari
    04-01-60 , @IT MED UZ 063 Профилактик эмлаш картаси 2, Korrupsiya 221117 202550, 1- topshiriq (3), maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-ijtimoiylashuvi

    1-mavzu. Axborot va axborot texnologiyalari.
    REJA:

    1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillari.

    2. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari.

    3. Bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda axborot texnologiyalarining o’rni




    1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillari.

    XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy olgan. Hozirda qanday soha bo’lmasin, uni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xo’sh, axborot texnologiyalari o’zi nima?
    Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish uchun turli bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. Lekin hozirgi kunda barchamiz kompyuter, mobil aloqa vositalari, Internet va telekommunikasiya vositalaridan foydalanar ekanmiz ushbu texnologiyalarining markaziy qismi hisoblash mashinasi bo’lganligi sababli axborot texnologiyalarini torroq ma’noda, kompyuter axborot texnologiyalari ma’nosida ishlatganimiz ma’qulroq. Shundan kelib chiqqan holda, zamonaviy axborot texnologiyalari – bu kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning usul va uslublaridir.
    Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
    Ichki omillar - bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash imkoniyatidir.
    Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
    Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishiga bir tomondan ularning texnik va dasturiy yechimlarida yangidan yangi g’oyalar bo’lsa, boshqa tomondan foydalanuvchilarga ularning ma’qul kelishi sabab bo’lmoqda. Masalan, mobil aloqa. Hozirgi kunda mobil aloqa vositalari ekranga va virtual klaviaturaga ega bo’lib, kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda, ularning imkoniyatlari kundan-kunga kengaymoqda, mobil aloqa vositalariga xizmat qiluvchi tizimlar jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Mobil aloqa vositalalari rivojlanishi bilan birga mobil aloqa muhiti ham rivojlanib bormoqda.
    Mobil aloqa muhiti – tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik-dasturiy vositalar majmuasidir.
    Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining mobil tarmog’ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko’rsatmoqda, ular - UMS, Bilayn, Ucell, Perfektum Mobayl, O’zbektelekom Mobayl. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet va boshqa turli xizmatlar ko’rsatilmoqda.
    Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, ular funksional vazifalari jihatidan shaxsiy kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o’yinlar o’ynash, hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand bo’lish mumkin. Foydalanishda esa hajmi kichikligi va bejirimligi tufayli kompyuterdan ancha afzaldir. Ularning ba’zi turlarini ko’rib chiqaylik:
    Smartfon (smartphone) inglizchadan «aqlli telefon» ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho’ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo’lgan mobil telefon. Unda cho’ntak kompyuterining barcha imkoniyatlari mujassam topgan.
    iPhone - to’rt diapazonli multimediyali smartfonlar. iPhone o’zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va Internet planshetlarning asosiy vazifa(funksiya)larini ham qamrab olgan.
    Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko’rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo’lib, boshqa qo’shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko’rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to’liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
    Axborotlarni uzatish yaqin patylargacha Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, hozir asosan Messengerlardan, ayniqsa ommalashib ketgan Telegrammdan foydalnilmoqda. Mana shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari tez rivojlaniyotganligidan dalolat beradi.
    Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar auditoriyasiga ta’sir etishini Web-texnologiyalari misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Web.1 muhitida foydalanuvchilar Internetdagi ma’lumotlarni faqat o’qishi (yoki ko’chirib olishi) mumkin edi. Web.2 muhitida esa foydalanuvchi o’zi forum yoki konferensiyalar tashkil etishi, o’zining blogini e’lon qilishi, elektron resurslarni yaratib (m-n, rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar yaratishi mumkin. Hozirgi kunda har qanday davlatning qudrati qandaydir ma’noda Internet makonida milliy Internet-resurlarining ko’lami bilan, boshqa milliy resurslarga nisbatan ko’proq bo’lishi, kezi kelsa, butun jahon tarmog’ida taniqliroq bo’lishi bilan bog’liq bo’lib qoldi. Web.2 texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik ko’payib ketdiki, sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammoga aylandi. Kerak bo’lsa, Internet – ong uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa yoshlarning endi shakllanib borayotgan ongiga Internet orqali ta’sir ko’rsatish g’arazli kuchlarga juda qo’l kelmoqda. Bizning mentalitetimizga zid bo’lgan ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da’vatlar shular qatoridadir. Shuning uchun, bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish muhum bo’lsa, boshqa tomondan milliy Internet resurslarni yetarli darajada ko’paytirish zarurdir. Sifatli elektron resurslarni saralab beruvchi tizimlar (miksherlar) hozirgi kunda Web.3 muhitining qiyofasini belgilab bermoqda. Bundan kelib chiqmodaki, zamonaviy Internet foydalanuvchisi - bu sifatli elektron resurslarni yaratuvchi va Internetga joylashtiruvchi shaxs deb qaralishi kerak.
    Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.
    Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo’lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy obyektdir.
    Hujjatlarni shakliga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    - Matnli hujjatlar - qog’ozga qo’l yoki kompyuter vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so’zlar ketma-ketligi.
    - Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.
    - Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli.
    - Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot.
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo’l keladigan bo’lsa, boshqa tomondan Internetda axborot tizimlarining o’zida bunday imkoniyatlar mavjud. Bunga Googledagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va unga o’xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo’laoladi.
    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
    Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
    Elektron hukumatning bir qancha ta’riflanishlari mavjud. Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.

    Download 40.02 Kb.
      1   2




    Download 40.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Axborot va axborot texnologiyalari. Reja

    Download 40.02 Kb.