• Belgili axborotni kodlash
  • Raqamli axborotni kodlash.
  • -Mavzu Axborotlarning to‘g‘ri, teskari, to‘ldiruvchi va modifikatsiyalashgan kodlari




    Download 18.48 Kb.
    bet5/6
    Sana31.10.2023
    Hajmi18.48 Kb.
    #92145
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Axborotlarni kodlash turlari
    fsldsld, 3-Transport korxonasi ma’lumotlar bazasini yaratish usullari va vositalari, How to Change Language in Windows Movie Maker 2022 - Manual MovieZilla, 1-1 - Кредит модул тизими ва ўқув жараёнини ташкил этиш, 9-FIZ MASALA.OLIMPIADA, majmua tituli tasdiqlangan 2021-2022, Doniyor Mahammadjonov 2622, Zafar Diyor ijodi. Reja, Zafar Diyor ijodi, malumot 2023, 8-Amaliy ish, Photoshop CS3 AppleScript Ref, Mo\'minova N OT 6-10 611-20, Operatsion tizimni o\'rnatish uchun bootable USB diskini yaratish, Urologiya va onkologiya
    11-Mavzu
    Axborotlarning to‘g‘ri, teskari, to‘ldiruvchi va modifikatsiyalashgan kodlari.
    Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko‘rinishdagi axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo‘ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo‘lishidan ancha oldin boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi. Axborot hech qachon sof holatda bo‘lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko‘rinishda bo‘lgan. Ikkili kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik alfavit so‘zlari ko‘rinishida kodlanadi.
    Belgili axborotni kodlash. Asosiy operatsiya, matnning alohida belgisida bajariladi-belgilarni taqqoslash. Simvollarni taqqoslashda eng muhim jihat har bir belgi uchun takrorlanmaslik va bu kodning uzunligi, bevosita kodlash prinsipini tanlash amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Matnlarni kodlashda turli kod jadvallarida foydalaniladi. Muhimi, bir yoki bir nechta matnni kodlash va dekodlashda bir jadvaldan foydalanlsa bo‘lgani. Kodlash jadvali –tarkibida bir qancha tartiblangan kodlanuvchi belgilar obrazi va unga mos ikkilik koddagi belgi bo‘lgan jadvaldir. Birmuncha mashhur kodlash jadvallari quyidagilar: ДКОИ-8, ASCII, CP1251, Unicode.
    Tarixiy taraqqiyoti davomida belgilarni kodlash uchun sifatli kod uzunligi 8 bit yoki 1 bayt deb belgilangan. Shuning uchun kompyuterda saqlanuvchi har bir belgiga bir bayt xotira mos keladi. 0 va 1 ning turli kombinatsiyalari 8 bit kod uzunligida 28=256, shuning uchun bir kodlash jadvali yordamida 256 tadan ko‘p bo‘lmagan belgilani kodlash mumkin. 2bayt(16 bit) kod uzunligi bilan 65536 ta belgini kodlash mumkin.
    Raqamli axborotni kodlash.
    Raqamli va matnli axborotni kodlashdagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: bu turdagi mA‘lumotlarni taqqoslash mumkin bo‘lganligi uchun, har xil son har xil kodga ega bo‘lishi kerak. Sonli ma‘lumotlarning matnli ma‘lumotlardan asosiy afzaligi shundan iboratki, sonlar ustida taqqoslash amalidan tashqari turli-tuman matematik amallarni bajarish mumkin: bo‘lish, ko‘paytirish, ildi chiqarish , logarifmni hisoblash va h.k. matematikada sonlar ustida bu amallarning bajarilishi qoidalari batafsil ishlab chiqilgan . Kompyuterga kiritilgan sonlarning asosiy hisoblash tizimi pozitsion ikkilik tizimidir.

    Download 18.48 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 18.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Axborotlarning to‘g‘ri, teskari, to‘ldiruvchi va modifikatsiyalashgan kodlari

    Download 18.48 Kb.