|
1-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshirig’iga javoblar Marketingning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
|
bet | 1/4 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 23,85 Kb. | | #127042 |
Bog'liq javoblar1
1-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshirig’iga javoblar
1.Marketingning mazmun mohiyati nimalardan iborat? (inglizcha: market — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. „marketing“ atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan "marketing`` boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.Marketing zamonaviy kasblardan biri deyiladi marketing
Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot haridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; marketing faoliyatini moliyalash; xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, marketing Qosimova, D. Muhitdinov, marketing Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. 1986-yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyinchalik, „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi.
2.Marketingning asosiy kategoriyalari nimalardan iborat? Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyaevskiy Shunday degan: “Marketing – bu bozorni o’rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga Shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va kishilarni xoxish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’li orqali qondirishga yo’naltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi va faol jarayondir”.
Ushbu ta’riflardan Shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida Shaxslar yoki guruhning xoxish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida Shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muxtojlik, ehtiyoj (xoxish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muxtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ Shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muxtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xoxish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muxtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing ‘rintsi’larini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni ka’italistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashqiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga dahldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:
talabni o’rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o’rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
3.Marketingning asosiy vazifalari nimlardan iborat? Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va
prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
|
| |