• Tayanch so’z va iboralar
  • 1-mavzu. “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” O’quv kursiga kirish Reja




    Download 27.33 Kb.
    bet1/4
    Sana16.04.2023
    Hajmi27.33 Kb.
    #51836
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-мавзу -Матн
    Axmurzayeva Fotima 50.22, 1-Mustaqil ish.docx kiber, Innovative Centre 27-12-2022 (1), 1-ON test savollari —талабага, 8-Algebra. 5-NI, 105-Буйруқ, Терррориз 167-II 15.12.2000 (1), 3-3-мавзу - лотин тақдимот, 2-мавзу - лотин тақдимот, 3-4 мавзу -текст лотин, Экстремизм ЎРҚ-489 30.07.2018 (1), 7.6.1-мавзу 111-112, 131-133, 3.РИСОЛА АБДУЛЛАЕВ 10.10.22, 4-ИХ-123



    1-MAVZU. “DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARShI KURAShNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI” O’QUV KURSIGA KIRISh
    Reja:

    1. Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” o’quv kursining nazariy-metodologik asoslari

    2. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik tushunchalarining mazmun-mohiyati.

    3. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari

    Tayanch so’z va iboralar: ekstremizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terror, terrorizm, xalqaro terrorizm, firqalar, xorijiylar, salafiylar.

    Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” o’quv kursining maqsad va vazifalari. Zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining tez sur’atlardagi taraqqiyoti g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomillashuviga turtki bo’lib, ma’naviy tahdidlar global muammoga aylandi. Bu dolzarblik Er yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g’oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy poligonga aylantirilayotgani bilan ham belgilanadi. Zamonaviy voqelik inson qalbi va ongi uchun bo’lgan kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko’payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda.


    Shundan kelib chiqib, “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fani doirasida o’zaro uzviy bog’liq bir qator masalalarni tizimli yoritishga alohida e’tibor berildi.
    Xususan, dinni e’tiqodning o’ziga xos ko’rinishi sifatidagi asl mohiyati haqida bilimga ega bo’lish turli soxta g’oya va da’vatlardan saqlanishga yordam berishi shubhasiz. Unda yoshlar ongida diniy ekstremizm, mutaassiblik hamda missionerlikning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va ko’nikmalar hosil qilinadi.
    Diniy mutaassiblikning jahon hamjamiyati, jumladan, musulmon dunyosi uchun tug’dirayotgan tahdidi global xavfsizlikka rahna solayotgan ayrim diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati misolida o’rganish maqsadga muvofiq hisobalanadi. Shu bilan birga, ushbu fan doirasida O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o’rni, mamlakatning tadrijiy taraqqiyotini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan ishlarning ustuvor yo’nalishlari, xususan, din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini ochib berishga ham alohida e’tibor berilgan.

    Download 27.33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” O’quv kursiga kirish Reja

    Download 27.33 Kb.