|
1-Mavzu Ehtimollar nazariyasi predmeti. O`quv mashg`ulotida talim texnologiyasi modeli
|
bet | 4/6 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 95,84 Kb. | | #108290 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaFanning hajmi va mazmuni.
№
|
Mashg`ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
1
|
Nazariy
|
18
|
6
|
2
|
Amaliy (laboratoriya)
|
22
|
6
|
3
|
Mustaqil ish
|
48
|
6
|
4
|
Kurs ishi (loyixalash)
|
-
|
|
5
|
Nazoratlar
|
1
|
6
|
5- ilova
6- ilova
[1] Rasulov A.S., Raimova G.M., Sarimsakova X.K. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. T. 2006.-272 b.
[2] Fayzullayeva S.F. Ehtimollar nazariyasidan masalalar to`plami. T.2006.-112b. [3] Зубков A.M., Севастьянов Б.A., Чистяков. Сборник задач по теории вероятностей M.: Нaуka 1999 г.
[4]Гмурман В.Е. Tеория вероятностей и статистика. M.: Высшая школа, 1999 г.
|
7 -ilova
1.Ehtimollar nazariyasi “Tasodifiy tajribalar”, yani natijasini oldindan aytib bo`lmaydigan tajribalardagi qonuniyatlarni o`rganuvchi matematik fandir. Bunda shunday tajribalar qaraladiki,ularni o`zgarmas (yani bir xil) shartlar kompleksida hech bo`lmaganda nazariy ravishda ixtiyoriy sonda takrorlash mumkin, deb hisoblanadi.
Bunday tajribalar har birining natijasi tasodifiy hodisa ro`y berishidan iboratdir. Biz kuzatadigan hodisalarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: muqarrar, ro`y bermaydigan va tasodifiy hodisalar.
Muqarrar hodisa deb tayin shartlar to`plami S bajarilganda albatta ro`y beradigan hodisaga aytiladi.
Mumkin bo`lmagan hodisa deb shartlar to`plami S bajarilganda mutloqo ro`y bermaydigan hodisaga aytiladi.
Tasodifiy xodisa deb shartlar to`plami S bajarilganda ro`y berishi ham, ro`y bermasligi ham mumkin bo`lgan xodisaga aytiladi.
Masalan, tanga tashlaganda, u gerbli tomoni, yoki raqamli tomoni bilan tushishi mumkin. Shu sababli “tanga tashalganda gerbli tomoni bilan tushdi” xodisasi tasodifiydir.
Har qanday tasodifiy xodisa jumladan, tanganing gerbli tomoni
tushishi juda ko`p tasodifiy sabablar tasiri natijasidir. Bu sabablarning hammasi natijaga qay darajada tasir qilishini hisobga olishning imkoni yo`q, chunki ular juda ko`p bo`lib, ularning tasir qilish qonunlari esa nomalum. Shu sababli ehtimollar nazariyasi bir alohida xodisaning ro`y berishi yoki bermasligini avvaldan aytib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydi - u bunday masalani hal qilishga qodir emas.
Agar bir xil shartlar to`plami S bajarilaganda ko`p karra kuzatilishi mumkin bo`lgan xodisalar qaraladigan bo`lsa, yani ommaviy bir jinsli xodisalar haqida bo`ladi. Yetarlicha ko`p sondagi bir jinsli tasodifiy xodisalar o`zining konkret tabiatlaridan qatiy nazar tayin qonuniyatlarga,chunonchi ehtimoliy qonuniyatlarga bo`ysunar ekan.
Ehtimollar nazariyasi ana shu qonuniyatlarni aniqlash bilan shug`ulanadi.
Shunday qilib, ehtimollar nazariyasining predmeti ommaviy bir jinsli tasodifiy xodisalarning ehtimoliy qonuniyatlarini o`rganadi.
Ehtimollar nazariyasi metodlari tabiatshunoslik va texnikaning turli sohalari nazariy fizika, statistik fizika, astronomiya va boshqa fanlarda qo`llaniladi.
|
|
| |