• Ma’ruzaning maqsadi
  • 1-Mavzu: Farmatsevtik texnologiya fanining maqsadi va rivojlanish tarixi. Tayanch atama va iboralar




    Download 35.42 Kb.
    bet1/4
    Sana10.01.2023
    Hajmi35.42 Kb.
    #37856
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ma\'ruza matni
    ЖУРНАЛ МУТАХАССИСЛИК (2) (2), 0 - Kirish, Ona tili O\'M Mustaqil talim, 007.2, 12- amaliy ish, Документ Microsoft Word, makro MUSTAQIL SIRTQI (1), Elektronika va sxemalari 2 Mustaqil ishi 1, Biznes, 19, 18, РУССКИЙ UML версии 1, Ax test1, nuraddinova shahnoza texnologiya talimi mashgulotlarini oqitishda fanlararo bogliqlikning orni bmi

    1-Mavzu: Farmatsevtik texnologiya fanining maqsadi va rivojlanish tarixi.

    * Tayanch atama va iboralar:


    Ustaxona-officinal, qarabadin-arab farmakopeyasi, Avesto-e‘tiqod, ishonch ma‘nosida, avetsenit-respublikamizda topilgan ma‘dan, mijoz-birinchi xil unsurlarda bo‘ladigan dastlabki aralashma,dori shakli-preparatning dozasi, qo‘llash usuli, agregat holati, dispers sistemaning turi hisobga olingan holda keltirilgan geometrik shakl

    Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarni dori vositalarini texnologiyasining nazariy asoslari faniga kirish, uning tarixi, rivojlanish istiqbollari, unga asos solgan olimlarning kashfiyotlari, texnologik atama va tushunchalar mazmun-mohiyatini tusuntirish, Sanoat korxonalarining tuzilishi, boshqaruv tizimi, dori shakllari va nomenklatyrasi bilan tanishtirish.

    DORI VOSITALARI TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI- sanoat miqyosida, korxona sharoitida dori moddalaridan turli xil dori shakllarini tayyorlashda amaliy va nazariy muammolar bilan shug‘illanuvchi asosiy farmatsevtik fanlardan biridir.
    DVTNA fani farmasevtik kimyo, farmakognoziya, informatika, mikrobiologiya, farmakologiya, toksikologik kimyo, lotin tili kabi fanlar bilan bog‘liq.
    Qadimgi Misrda davolash faoliyati Тot xudosi himoyasi ostida bo‘lib, u «Farmatsi» nomi bilan yuritilgan bo‘lib, «himoyachi», «davolovchi» degan ma‘nolarni bildirgan. Shundan buyon farmatsiya, farmatsevt, farmakopeya atamalari paydo bo‘lgan.
    Ibn Sino dori shaklining asosi- dori moddasi va yordamchi moddalar deb ta‘kidlagan. Ushbu ta‘limot hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi: to‘ldiruvchilar, bog‘lovchilar, konservantlar, korrigentlar va b.
    Ibn Sino dori moddasining tanaga so‘rilishiga uning maydalik darajasi va ularning yuzasi ortib borishi bilan bog‘liqligini ta‘kidlagan.
    1550 y. ya.e. gacha Misrda «Тana a‘zolari uchun dori tayyorlash bo‘yicha kitob» nomli keyinchalik «Ebers papiruslari» nomi bilan mashhur asar paydo bo‘ldi. Kitobda 900 xil tarkiblar: damlamalar, qaynatmalar, liniment, davolovchi sharob, bo‘tqa, xab dori, shamcha va boshqa dori shakllari mavjud. Тibbiyot va farmatsiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan biri- rimlik vrach va faylasuf Klavdiy Galen (131-201 gg. ya.e.). Galen dorivor o‘simliklardan biologik faol moddalarni ajratib olish zarurlgini ta‘kidlagan. Тindirma (nastoyka), ekstraktlarni, qaynatma, kukun, surtma, hab dori, o‘simlik sharbatlari, efir moylari, namlama, yig‘malar, malhamlar va kosmetik vositalarni ta‘riflab bergan. Galen tomonidan farmatsevtik amaliyotga o‘simliklardan ajratma olishda maydalash zarurligi, hamda qaynatma, tindirma va ekstraktlar og‘irlik-hajm bo‘yicha tayyorlanishi kerakligi aytgan.
    Alkimyoning rivojlanishi farmatsiya va dorilar texnologiyasiga ta‘siri. «Alkimyo» arabchadan alchimia, yunonchadagi «xyumos», «ximevkis» - quyaman, eritaman, ya‘ni alkimyoning metallarni eritish va quyish san‘ati bilan bog‘liqligini anglatadi. Alkimyogarlar laboratoriyasida: filtrlash, kristallizatsiya, cho‘ktirish, suv va spirtni bug‘latish, efir moylarini haydash, sublimatsiya jarayonlari kashf etilgan. Arablar dorivor moddalarning sonini ko‘paytirdilar: tibbiyotda qand o‘rniga asal ishlatish lozimligi tatbiq etildi, dorivor qiyomlar, simob birikmalari, oltingugurt, potash, gips, bura, bentonitlar, davolovchi modda sifatida sano bargi, rovoch ildizi va kamforani amaliyotga tatbiq etdilar.
    Farmatsiyaning rivojlanishida antibiotiklarning o‘rni.1872 y. rus tadqiqotchilari V. A. Manassein va A. G. Polotebnovlar yashil mog‘orda odam tanasidagi yaralarni bitiruvchi moddalar borligi aniqlandi. Lui Paster 1877 y. saprofit bakteriyalarini Sibir kuydirgisida qo‘llanilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bacillus brevis tayoqchalaridan R. Dyubo (1939) tirotsidin va gramitsidin atibiotiklar aralashmasidan tashkil topgan tirotritsin antibiotiki kashf etildi.
    1942 yilda SSSR da 3.V. Yermoleva va bir qator olimlar penitsillin olinishi bo‘yicha Vaksmanlar esa aktinomitsin antibiotiklarini ajratib olish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bordilar.
    1944 yilda sil kasalligida keng qo‘llaniladigan streptomitsin, keyinchalik viomitsin, sikloserin, kanamitsin va rifampitsin antibiotiklari kashf etildi.
    XIX asr (1843) da dori shakllarining texnologiyasiga katta hissa qo‘shgan kashfiyotlardan biri Uilyam Brokedon tomonidan tabletkaning taklif etilishi, 1846 yilda fransuz farmatsevti Lexab tomonidan qattiq jelatin kapsulalari amaliyotga tatbiq etilshi va 1873- 75 yillarda surtma dori shakli uchun vazelin va lanolin moddasi asos sifatida nemis farmakologi prof.O. Librayx tomonidan taklif etilganligi farmatsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. 1822-1895 y. fransuz olimi L. Paster va boshqalar, achitqi va mog‘or jarayonlari mikrooorganizmlar faoliyati, ularning mavjudligi bilan bog‘liq.
    L. Paster ishlari ta‘sirida ingliz xirurg D. Lister karbol kislotasi yordamida (1867) yaralarni yiringlashini oldini olish mumkinligini taklif etdi. D.Lister: «hech qanday modda yaraga mikroorganizmlardan xalos etilmagan holda tekkizilmasin».
    Rossiyada dorixona faoliyatining rivojlanishi Pyotr I davriga to‘g‘ri keladi. 1701 yilda dorixonalarni ko‘paytirish va dorivor o‘simliklar, dorilarni faqatgina dorixona shoxobchalarida sotish haqida farmon chiqarildi. Dorixona egasi yuqori malakali farmatsevt bo‘lishi, dorixona qurish uchun ma‘lum moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishi va uni zarur asbob uskuna hamda kerakli dorivor xom ashyo bilan ta‘minlagan bo‘lishi kerak edi. Sankt-Peterburgning ma‘lum bir orolchasida Dorixona uchun bog‘lar barpo etilib, u yerda mahalliy o‘simlik xom ashyolari yetishtirilardi. U yerda tashkil etilgan laboratoriya esa dorivor osimliklardan «moyli va spirtli nastoykalar» va boshqalar tayyorlardi. «Dorixona bog‘cha» larida Pyotr I buyrug‘i bilan davolovchi uskunalar tayyorlana boshlandi. Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida farmatsevtikaga oid mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish,dori va boshqa tibbiy preparatlarning davolash xususiyatlari va tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan ilmiy tekshirish institutlari: Biorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyo instituti, O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Polimer kimyosi va fizikasi instituti, Mikrobiologiya va yadro fizikasi institutlaridir.
    O‘simlik moddalari institutida oxirgi vaqtlarda yangi texnologiya 7 ta original eksport qilishga mo‘ljallangan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.
    Biorganik kimyo instituti tomonidan 12 nafar yangi import qilinayotgan dori vositalarining o‘rnini bosa oladigan va eksport qilishga mo‘ljallangan yuqori samaraga ega preparatlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan.
    Mikrobiologiya instituti mahalliy texnologiyalardan foydalangan holda, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini oldini olish va davolash uchun 5 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ygan.
    Dori vositalari texnologiyasining nazariy asoslari fani farmatsevtika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, u fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, dori vositasini tayyorlash davrida ro‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlarni asoslarini o‘rganuvchi fanlar majmuasidir.
    Farmatsevtik texnologiyani tibbiyotda ahamiyati katta bo‘lib, 90% holatda kasallarga yordam ko‘rsatishda dori vositalaridan foydalanadilar. Dori shifokorni universal quroli ekanligini I.P. Pavlov ham ta'kidlagan edi.
    Kelgusida tushuntiriladigan materiallarni aniq bilish uchun atamalardan to‘g‘ri foydalanish lozim. Mavzuni ma'nosini to‘g‘ri tushunish va har xil ma'noda foydalanishga yo'l qo‘ymaslik kerak. O‘quv adabiyotlarida, ma'‘lumotnomalarda va mahsus adabiyotlarda, hamda farmatsevtik korxona xodimlari amaliyotida ko‘p ishlatiladigan atamalarni ma'nosi keltirilgan:
    Тayyor dori vositasi – Bu substansiya va yordamchi moddalarga, texnologik ishlov berib olingan, tayyor vositalardir, shu jumladan, o‘simlik xom-ashyolari ham, texnologik jarayonining hamma bosqichlaridan o‘tgan, sifat ko‘rsatkichlari baholangan, bemor qabul qilinadigan qulay holatda bo‘ladi.
    ТDV tegishli idishlarga qadoqlangan va odamlar qabul qilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Тexnologiya atamasi grekcha "texno" - san‘at mahorat, va "logos" tushuncha ma‘nosini anglatib, ishlab chiqarish jarayonlarini olib borish to‘g‘risidagi fanlar yig‘indisidir. Тexnologiya xom-ashyolarga ishlov berish usullari va yo‘llari haqidagi fandir.
    Faol moddalar (substansiya, ta‘sir qiluvchi moddalar, biologik moddalar)- tabiiy (hayvonlardan, mikroorganizmlardan, o‘simliklardan, minerallardan) sintetik moddalar yoki biotexnologik usulda olingan vositalar kirib, farmokologik yoki immunobiologik ta‘sirga ega bo‘lib, ТDV ishlab chiqarishda ishlatiladi.
    Dori shakli- bir yoki bir nechta dori moddalariga maxsus ishlov berilib va uning bemor qabul qiladigan qulay shaklga keltirilishi, ya‘ni dori shakli bu dori vositasini tayyor holatga keltirib ishlatilishi.
    Yordamchi moddalar yoki materiallar- tayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan, biroq alohida dori sifatida foydalanishga mo‘ljallanmagan moddalar yoki materialllarga aytiladi.
    Dori vositalari (dori preparatlari, medikamentlar)- dori moddalar, tabiiy sintetik yoki biotexnologik usulda olingan aralashmalar bo‘lib, profilaktika, diagnostika, davolash yoki organizm holatini yoki fiziologik funksiyasini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
    Biologik faol qo‘shimchalar -ma‘lum bir moddalar yoki ularning aralashmasi bo‘lib, ular organizmni normal hayot kechirishlarini ta‘minlaydi, hamda biror kasallikni davolashda yoki yordamchi terapiyada ishlatiladi.
    O‘rov materiallari-o‘rash yoki dozalashda, shuningdek, tayyor dori vositalarini saqlashda foydalaniladigan materiallar.
    Birlamchi o‘rov materiallari- bevosita dori shakllariga tegib turadigan materiallar.
    Ikkilamchi o‘rov materiallari – tayyor dori vositalarini o‘rashda ishlatiladigan (qutilar, karton, folga va boshqalar) materiallar Generik dori vositalari (generiklar)- patent berilgan original dori preparatlaridan tarkibi va terapevtik effekti bo‘yicha qolishmaydigan, ammo boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori vositalari.
    Validatsiya – ishlab chiqarish sharoiti, texnologik jarayoni, jihozlar, yarimtayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatini belgilangan talablarga mosligini hujjatlar asosida tasdiqlash.
    Farmakopeya - grekcha pharmacon- dori yoki zahar, poeio –tayyorlash bo‘lib, dori vositalari sifatini, ulurni tayyorlash, sifat miqdor jihatidan nazorat qilish, saqlash shart sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan qonuniy xarakterga ega bo‘lgan davlat standartlari to‘plami.
    Mustaqillikka erishgunimizga qadar mamlakatimizda sanoqli farmatsevtika korxonasi dori vositalari ishlab chiqarar, ishlab chiqariladigan mahsulot esa bir necha nomni tashkil qilar edi, xolos.
    Bugungi kunda respublikada tabletkalar, kapsulalar, in‘eksion va infuzion eritmalar, surtmalar, galen preparatlar va boshqa dori shakllari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ―Novofarma Plyus‖ MChJ,―Jurabek laboratories‖ MChJ, ―Remedy Group‖ MChJ,―Remedy‖MChJ, ―Uzgermed Pharm‖ MChJ qo‘shma korxonalari, ―Pharmed sanoat‖ va ―Dentafill Plyus‖xususiy korxonalari, shuningdek ―Nika Pharm‖ sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati bugungi kunda GMP – ―Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti‖ xalqaro standart qoidalari asosida dori vositalarini ishlab chiqash yo‘lga qo‘yilgan.
    Yuqoridagi nomlari keltirilgan korxonlar bilan bir qatorda respublikamiz boshqa farmatsevtik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika va tibbiy mahsulotlar dunyoning boshqa davlatlariga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
    Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, bugun farmatsevtika sanoati borgan sari xalq xo‘jaligining muhim bir yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Farmatsevtika sanoatini mahalliy xom ashyo bilan ta‘minlash maqsadida ixtisoslashgan xo‘jaliklarda 50 dan ortiq dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ularga 12 ta korxonada ishlov berilib, bezarar va sifatli xomashyo ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birgalikda farmatsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan shisha idishlar va ampulalar ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

    Download 35.42 Kb.
      1   2   3   4




    Download 35.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Farmatsevtik texnologiya fanining maqsadi va rivojlanish tarixi. Tayanch atama va iboralar

    Download 35.42 Kb.