|
1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 47/131 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #248105 |
Bog'liq 11-sinf-informatika-dars-ishlanmaNazariy qism:
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglaming tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Каналы (Kanallar) bandini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo‘sh- tugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko‘k kanalga Ctrl+5 qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ulami navbatma-navbat bosib, rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. Ulami ko‘rsatish uchun tasviming ranglar tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Birning uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo‘limining birinchi bandi - Режим (Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz.
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab qo‘yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
Bo'limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi filtrlami yuklab olish mumkin. Filtrlaming qo‘llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделение края (Chetini ajratish) va Тиснение (0‘yib chiqish) filtrlaridir:
Quyidagi rasmlarda Искажения (Buzilish) guruhidagi Дисторсия (Egri- lash) va Зигзаг (Egri-bugri) filtrlarining qo‘llanishi ko‘rsatilgan.
Amaliy ish:
RGB va CMYK ranglar tizimida nechta kanal bor?
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi?
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limidagi bandlar necha guruhga bo‘linadi?
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlami qo‘llab о‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlami yangi nom bilan saqlab qo‘ying
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat ko’ri- nishiga o‘tkazing.
|
| |