Kino san`atining rivojlanish tarixi
XIX asrning oxirida - xarakatlanayotgan predmetlarni, kishilarni, xayvonlarni – umuman xarakatni plenkaga tushura oladigan apparat ixtiro qilindi. Bu apparat nomi yunoncha “kinema” – xarakat va “grafo” so‘zlaridan olinib, kinematograf deb ataladi. Shu vaqtdan boshlab, kino sanati, ya'ni kinofilmlar yaratish sanati paydo bo‘ldi.
Kino sanati – xayotdagi voqyealarni o‘z xolicha yoki mahsus inssenirovka qilib, yo bo‘lmasa, mulsiplikatsiya vositasida qayta tasvirlab suratga tushirish yuli bilan asar yaratiladi. Kino sa'atida adabiyot, teatr va tasviriy san'at, musiqaning etnik jixatlari o‘ziga xos, xususiy ifoda vositalari zaminida uyg‘unlashib ketadi. Kino san'ati tomoshabinlarning voqyelik haqidagi tasavurini, etik qarashini, estetik didini shakllanishida muxim vositadir.
1917 yilga qadar O‘rta Osiyoda namoish qilingan lentalar, asosan, Amerika, Fransiyaning Sharq ekzotikasiga moil filmlaridan iborat bo‘lgan. O‘zbeklardan chiqqan birinchi kinooperatorlar X. Devonov o‘zining xujjatli xronikal kino lentalarida real xayotni tasvirlashga 1924 yida “Buxkino”, 1925 yilda Toshekntda “Sharq yulduzi” kinofabrikasi tashkil topdi o‘zbek kino sanatining rivojini boshlab berdi. Sovet xokimiyatining dastlabki yillarida, umuman Sovet kino san'ati, jumladan o‘zbek sovet kino san'ati xronikaga asoslangan edi. Rus kino ustalari K. Gertel, M. Doronich, Ch. Sabinskiy, O. Ferelix, A. Dorn va boshqa o‘zbek badiiy kinematografiyasini maydonga keltirishda katta yordam kursatdilar. “Sharq yulduzi” kinofabrikasining dastlabki lentalarini yaratgan rus kino ustalariga yordamchi bo‘lib ishlagan N. G‘aniev o‘zbek milliy kino san'atiga asos soldi. O‘zbek kino san'atining ilk namoyandalari N. G‘aniev, Sulaymonxo‘jaev, R. Pirmuxamedov, K. Yormatov, E. Hamraev va boshqalar, rus sovet kino ustalari yordamida o‘zbek kino san'atini ittifoq miqyosiga ko‘tarishga faol qatnashdi.
30-yillada ovozli kinoning vujudga kelishini kino san'atining badiiy qiymatini oshirdi. “Qasam”(rejesyor A. Usoltev 1937) filmning yaratilishi o‘zbek kino san'atida ovozli filmlar davrini boshlab berdi. Ovozli kinoning o‘zlashtirilishi o‘zbek kino san'atining adabiyot va teatr bilan aloqasini yanada mustaxkamladi.
Kino musiqasi – kinematografiyaning shakllanishi va rivoji bilan bog‘langan musiqa janri. Dastlab kino apparati shovqinini bosish uchun mo‘ljallangan. Bora – bora kinodrammaturgiyaning muxim vositalariga aylandi. Odatda xar bir film uchun maxsus musiqa yoziladi, ba'zan mavjud musiqadan xam foydalaniladi. Kino musiqasi syujet bilan uzviy bog‘lanib, obrazlarning ruxiy kechinmalari dramatik xolatlar, ziddiyatlar va boshqalarni xayajonli qilib ifodalashga yordam beradi. Sovet kompozitorlaridan S. Prokofev, D. Shostakovich, I.Dunaevskiy, T. Xrennikov, A. Xachaturyan, N. Kryukovlar ijodida kino musiqasining namunalari vujudga keldi.
O‘zbekistonda ham 20 – yillardan, kino va musiqa xamkorligi boshlangan. Janr sfatida esa kino musiqasi 40 – yilarning 2-yarmidan shakllana boshladi.
Dastlabki o‘zbek filmlariga musiqa yozishda V.A. Uspenskiy, A. Kazlovskiy, o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlaridan hamda o‘zbek bastakorlari ijodidan foydalanishgan. Masalan: “Ravot qashqirlari” 1927; “Toxir va Zuxra” 1945 va boshqalar. Keyingi yillarda yaratilgan ko‘p o‘zbek filmlarida musiqadan dramatik rivojni ochish vositasi sifatida foydalanildi. Masalan: “Abu Ali ibn Sino” (kompozitor M. Burxonov, 1957 yil), “Furqat” (kompozitor S. Yudakov, 1959 yil), “Xamza” (kompozitor I. K. Akbarov, 1961 yil) va boshqa filmlar. Kino musiqasida qo‘shik muxim rol o‘ynaydi.
Masalan: 1959 yilda kompozitorlar I.K. Akbarov, M. Burxonov, M. Levnevlar yaratgan “Maftun bo‘ldim”, 1960 yilda kompozitor M. Levnev yaratgan “Maxallada duv-duv gap” va boshqalar. Musiqali kino komediya, kompozitor, derijyor, xonandalar xaqidagi tarixiy biografik, shuningdek kino konsert, kino opera, xoreografik kinofilmlarda musiqa asosiy o‘rin egallaydi. Mulsiplikatsion filmda musiqa aloxida axamiyatga ega: unda tasvir ma'lum ritm asosida almashinadi va rasmlar tayyor musiqa fonogrammasiga ko‘ra ishlanadi; obraz talqinida rassom musiqa xususiyatini xam xisobga olib, ijod qiladi.
Musiqali drama – musiqa hamda so‘z san'atiga asoslangan dramatik saxna asaridir. Uning ilk namunalari sharqda shakllangan. Mazkur janr Ozrbayjonda Oktyabr revolyusiyasi arafasida, O‘rta Osiyo va qozog‘istonda revolyusiyadan keyin vujudga kelib, keng ravnaq topdi va har bir respublikada o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, milliy xususiyatlar kashf etdi. Musiqali dramada sahna voqyealari, qaxramonlarning, ichki kechinmalari va holatlairi, bir birlariga bo‘lgan munosabatlari so‘z, dramatik xarakat, musiqa va shuningdek raqs orqali ifodalanadi, musiqa va so‘z bir – birini to‘ldirib, asar mazmunini chuqurlashtiradi. O‘zbekistonda musiqali drama janri 20-yillardan milliy adabiy-badiiy, teatr va musiqa merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida o‘zbek xalq aktyorlari- masxaraboz, qiziqchi va qo‘g‘irchoqbozlarning tomoshalarida, musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, Ozarbayjon musiqali teatrning spektakllari ham muhim rol o‘ynaydi. Bu soxada Xamza ham xissasini qo‘shgan. U “Xoy ishchilar”, “Qarmoq”, “ Kapital”, “Qo‘zg‘inlar” instenerovkalarida, “Saylov oldida” nomli agitatsion dramasi va “Farg‘ona fojealari” tetralogiyasini sahnalashtirishda xalq musiqasi va o‘zi ijod qilgan qo‘shiqlardan o‘rinli foydalanib, janrning asosiy shartlaridan biri, so‘z musiqa birligini yuzaga keltirish uchun kurashgan.
O‘zbek musiqali dramasi o‘z taraqiyoti davomida bir necha davrni bosib o‘tdi. Dastavval, pesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olsa, 30-yillarning boshida S. Abdullaning “Po‘rtana”, M. Muxammedov va K. Yashinning “Ichkarida” kabi zamonaviy pesalarida, xalq musiqasini qayta ishlash prinsipi qo‘llangan. Musiqali drama adabiy va musiqaviy jixatdan yuksalishiga adiblardan K. Yashin, S. Abdulla va bastokor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ularning qalamiga mansub “Xurxon”, “Ravshan va Zulximor”, “Toxir va Zuxra “, “Alpoish”, “Muqimiy”kabi yetuk musiqali dramalar mavjud. 50-yilladan boshlab, bu janrda mustaqil ijod qiluvchi o‘zbek kompozitorlaridan: M. Levnev, A. Muxammedov, S. Boboev, I. Akbarov, D. Zokirov va boshqalar.
Mutal Burxonov 1916 yilda tug‘ilgan. Uning serqirra ijodida kino san'ati muhim rol o‘ynaydi. M. Burxonov “Boy ila xizmatchi”, “Abu Ali ibn Sino”, Malas Leviev, Ikrom Akbarov bilan birgalikda «Orol baliqlari” filmiga, “Maftuningman” kino filmiga kuy bastalagan. Respublika qo‘g‘irchoq teatri uchun X.Olimjon pesasi asosida “Oygul bilan baxtiyor” musiqasini yaratdi. Uning vokal asarlari boy milliy kolorit bilan sug‘orilgan. Bu kolorit an'anaviy xalq qo‘shiqlariga mexanik tarzda taqlid qilishdan emas, balki Ushbu janrg yangilik olib kirishda, birinchi bo‘ldi. Qo‘shiq oxanglarini favqulodda yangiligi bilan kuyini ifoda etish usullari bilan an'anaviy xalq qo‘shiqlaridan mutloq farq qiladi. Ijodkorning musiqasi umuman olganda, o‘zbek musiqasini turli janrlari bilan boy etibgina qolmay, balki unga usullar, oxanglar, yo‘llar ochib bergan. Kompozitor musiqasi birinchi tanishishdayoq, tinglovchini o‘ziga jalb qiladi, xayajonlantiradi. Ohangraboday o‘ziga sexirlab oladi. Inson xayotidagi jiddiy va murakkab muammolar xaqida o‘ylashga majbur etadi.
Urushdagi g’alabaga o’zbek kino san'ati ham o’z hissasini qo’shdi. Bu sohada K.Yormatov, N.G`aniev, Y.A'zamov hamda markaziy shaharlar Moskva, Leningrad, Kiev, Oddessadan Toshkentga evakuatsiya qilingan 200 ga yaqin kino ustalarining hamkorligi katta rol o’ynadi. Bu davrda yaratilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra» «Ikki jangchi», «Suxe Bator» va boshqa badiiy filmlar haqli suratda «O’zbekfilm» oltin fondidan joy oldi.
O’zbek kino san'atining 1946-1990 yillardagi faoliyati shuni ko’rsatdiki, u faqat nomigagina «O’zbekkilm» deb yuritildi. Amalda esa unda milliylikdan nishona ham yo’q edi. To’g’ri elu-yurtga tanilgan N.G`aniev («Nasriddin sarguzashtlari»), K.Yormatov («Alisher Navoiy», «Ibn Sino»), Y.A'zamov («Maftuningman», «Furqat») Sh.Boshbekov, I.Ergashev («Temir xotin») va boshqalar tomoshabin didiga mos filmlar yaratdilar. Ammo «O’zbekfilm» jamoasi o’zining Vatan va millat oldidagi burchini halol bajarmadi. Buning sabablari ko’p. Mana ulardan ba'zilari: birinchidan, «O’zbekfilm»da milliylikning bo’lmaganligi ta'kidlandi. Buning sababi shundaki, «O’zbekfilm» uchun mutaxassis kadrlar asosan sobiq Ittifoqning Markaziy shaharlarida tayyorlanar edi. Ikkinchidan, kino asarlari dastlab rus tilida tayyorlanar va Moskvaga senzuraga yuboriladi. Markaz tasdig’idan o’tgan filmlargina ekranlarga chiqarilar va so’ng o’zbek tiliga tarjima qilinar edi.
Uchinchidan, yuqoridagi sabablarga ko’ra, «O’zbekfilm»ga asosan rus tilida so’zlashuvchi xodimlargina ishga qabul qilindilar.
Bu ishlarning oqibati shunga olib keldiki, «O’zbekfilm»da faoliyat ko’rsatuvchi jamoa ahli bilan asosan o’zbek tilida ijod qiladigan 600 kishidan ortiq adiblar jamoasi o’rtasida do’stona ijodiy aloqa bo’lmadi. Bu oqibatda hunuk va achinarli natijalarga olib keladi. «O’zbekfilm» uchun mahalliy ijodkorlar asarlar yozib bermadilar, yoki ular o’zaro umumiy til topaolmadilar. «O’zbekfilm» jamoasi esa o’z navbatida «o’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas» deganlaridek o’zining eski hamtovoqlari bilan yanada mustahkamroq «ijodiy hamkorlik»ni rivojlantirdi. Buni 1985-1990 yillarda suratga olingan filmlar ro’yhatining o’ziyoq yorqin ko’rsatadi: «Bo’lmagan voqea»-stsenariy muallifi Valentina Tokareva, rejissyor Qamara Kamolova, «Amirning xufyona sayohati»-stsenariy muallifi Boris Saakov, rejissyor Farid Davletshin, «Buvimni qaytaring»-stsenariy muallifi Isay Kuznetsov, rejissyor Muxtor Og’amirzaev, «Bolalaik stantsiyasidan chiqqan poezd»-stsenariy mualiflari Leonid Arkadev, Aleksandr Kovtun, rejissyor Habibullo Fayziev, «Hayot mazmuni»-stsenariy muallifi Ramzi Fataliev, rejissyor Damir Salimov, «Ikkinchi aylana bo’ylab»,-stsenariy muallifi Aleksandr Goroxov, rejissyori Ravil Botirov, «Yovvoyi»-stsenariy muallifi Rustam Ibrahimbekov, rejissyor Qamara Kamolova, «Maysaraning ishi»-stsenariy muallifi Eduard Akonov, rejissyori Melis Abzalov, Bu ro’yxatni yana V.Jeleznikov, A.Leontev, V.Xmelnitskiy («Otga mehr»-rejissyori M.Og’amirzaev), E.Verigo, B.Turin («Inqilob vakil qilgan»-rejissyori Z.Royzman) kabi «O’zbek» dramaturglari bilan to’ldirish mumkin».
«O’zbekfilm»ning mavzulari doirasi ham juda tor va asosan «bosmachilik»dan boshi chiqmaganligi natijasida xalq orasida kinoya aralash «bosmachfilm» nomi berildi. 1985 yildan e'tiboran «qayta qurish» deb atalgan o’zgarishlar bahonasida «O’zbekfilm» o’zbek xalqining milliy qadriyat va an'analariga yot g’oyalarni, ahloqiy-ma'naviy buzuq yalang’och sahna asarlarini ekranlar vositasi orqali tashviqot-targ’ibot qilib yoshlar tarbiyasiga mislsiz zarar keltirdi. Damir Salimovning «Yovvoyi itlar», Sanjar Boboevning «Vijdon azobi», Jahongir Fayzievning «Siz kimsiz?», Muzrob Boymuhammedovning «Najotsiz qotil», Farid Davletshinning «Amirning xufyona sayohati», Nozim Abbosovning «Samardagi uchrashuv» kabi filmlar xuddi ana shunday jihati bilan ajralib turadi. Radio 1895 yilda kashf etilgan bo‘lib, 1924 yildan O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda radio eshittirishlarning moddiy-texnika bazasi yaratildi. O‘zbekistonda dastlabki radio eshittirish tajribalari 1926 yil Toshkentda amalga oshirilgan. 1927 yil 11 fevralda quvvati 2 kvt bo‘lgan ommaviy radio stansiyasi ishga tushirildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 14 ta radiostudiya mavjud. Radioning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri undagi jonli so‘z-asosiy ifoda vositasi hisoblanadi. Radio jurnalistikada fikr va axborotlarni bayon qilishda ifoda vositasi sifatida musiqiy ohanglar jo‘rligi dilga jo‘r bag‘ishlaydi. Radio-axborot tarqatishning tezkor uslubi. Radio-axborotning asosiy xususiyati ma'lumotlarning xujjatlarga asoslanganligidir. Namangan shahrida radioni ishga tushurilishi to‘g‘risidagi turli xil taxminlar bor. 1932 yilning bahorida Namanganda birinchi marta radio ovozi yangradi. Dastlab Namangan radiosi o‘z faoliyati Mulla Qirg‘iz madrasasi xonakolaridan birida boshlagan edi. Yana bir tahminga ko‘ra, 1928 yilda Uychi ko‘chasida Mulla Qirg‘iz madrasasi binosiga pochta, keyinroq radouzel joylashtirildi. Birinchi qavatda aparatxona, ikkinchi qavatda esa studiya jihozlangan. Ammo u vaqtda bironta xonadonda radiotochka yo‘q edi. Radio-gazeta, axborot, shu jumladan mahalliy sozanda va xofizlarning chiqishlari simyog‘ochlarga o‘rnatilgan bor yo‘g‘i 15 ta radiokarnay orqali eshittirilardi. Shu boisdan ham arxiv hujjatlari Namanganda o‘sha uzoq 1932 yilni ayni bahorida radio rasman jaranglaganidan dalolat beradi. «Namangan radiouzeli sobiq madrasa binosiga joylashdi. Namanganda chiqadigan «Udarnik» («Zarbdor») gazetasi xodimlari radiogazeta tayyorlashni o‘z zimmalariga olishdi. Bu ishga tajribalari bo‘lmasa ham dadil kirishishdi. Shunday qilib, Namangan shahrida radio ishga tushirildi. Bunda 1924 yilda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib tashkil topgan O‘zbekiston radiosi va respublika «Radio do‘stlari jamiyati» hamda O‘zbekiston kasaba soyuzining qo‘shgan hissasi katta bo‘ldi. Chunki, bu tashkilotlar zimmasiga respublika shahar, qishloq, kolxoz va sanoat korxonalarini, choyxona va klublarni radiolashtirish vazifasi yuklatilgandi.
2004 yil 1 aprelda Namangan televideniyasi qoshida Oltin zamin radiosi tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Shu davrdan boshlab radio FM 103,6 to‘lqinida yangray boshladi. 2006 yilda esa radio Internetning Onlein tizimiga ulandi. Shundan so‘ng Internet orqali Oltin zaminni butun dunyo eshitish imkoni tug‘ildi. Radioning bir kunlik eshittirishlari 14 soatni tashkil etadi. Shundan 12 soatu 24 daqiqasi teleradiokampaniya hisobidan, 1 soatu 36 daqiqasi esa davlat byudjeti mablag‘idan qoplanadi. Har kuni soat ertalabki 7 dan kech soat 21 gacha Oltin Zamin faoliyat yuritadi. Uni to‘g‘ridan to‘g‘ri Andijon, Namangan, Farg‘ona, Bishkek, Konibodom, O‘sh, Isfara va Dushanbeda eshitish mumkin. Radioni hozirgi kunda 10 mln. Kishi eshitish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda Iste'dod, Qadriyat, Tashrif, Futbol chorrahalarida, Shukrona, Muhabbat toshqinlari kabi eshittirishlari muxlislar qalbidan joy olmoqda. Soat 11 dan 12 gacha radio o‘yinlari olib boriladi.
|