• Birinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Электроника ва схемотехника.
  • 1 Mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’lanishi




    Download 18.07 Kb.
    Sana03.02.2023
    Hajmi18.07 Kb.
    #40870
    Bog'liq
    1 Mavzu Kirish Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar b (2)
    10 - маъруза (4), Rayhona-1, fizika amaliy 02, Otaniyozov.O.O-1

    1 - Mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’lanishi.


    Reja
    1. Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’lanishi.


    2. Elektronikaning tarixi va rivojlanish an’analari.
    3. Elektron zanjirlarning klassifikatsiyasi.
    4. Elektronika va sxemotexnikaga oid mantiqiy elementlarva mikrosxemotexnika qurilmalarining asoslari.
    Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirishni keng qo’llanishini talab qiladi. Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish dasturi axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga uchun zarur bo’lgan raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirishni: mantiqiy elementlar, kombinatsion turdagi funktsional qurilmalar, ketma-ket turdagi funktsional qurilmalar, xotira qurilmalar, raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashni istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha boshlang’ich tushunchalar va ularning amaliy tatbiqlaridan tashkil topgan. Insonlar o’rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga o’tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin o’sishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi. Elektronika rivojlanish jaaryonida to’rt bosqichni bosib o’tdi.
    Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo’lgan talablarini qondirishga mo’ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bog’liq. Insonlar o’rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga o’tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin o’sishiga olib kelgan.
    Hozirgi zamon fani va texnikasining taraqqiyotini asosini elektronika taraqqiyoti tashkil qiladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarishning biror bir soxasini elektronikasiz tassavur qilish juda qiyin. Bu hol hozirgi zamon elektronika ishlab chiqarishning rvojlanishiga olib keldi va ishlab chiqariladigan maxsulotlar juda arzon, mustaxkam va texnologik jixatdan juda qulay bo’lganligi sabablidir. Hozirgi davrda ishlab chiqariladigan maxsulotlar funktsional qismlari shu qadar umumiylashtirilganki agar biror o’lchov asbobi yoki kerakli qurilma tayyorlamoqchi bo’lsangiz kerakli integral mikrosxemalarni tanlab o’zaro mutanosibligini tanlashni o’zi kifoya qiladi xolos. Element bazasining tashkil topishiga qarab hozirgi zamon elektronikasini taraqqiyotini to’rt asosiy davrga bo’lish mumkin: Birinchi davr (1904-1950 yillar) – element bazasining Elektron lampalar, elektron - vakumli trubkalar va gazorazryad indikatorlaridan tashkil topkanligi bilan xarakterlidir. Ikkinchi davr (1950 - 60 yillar) element bazasining yarim o’tkazgichli priborlardan (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar) tashkil topkanligi bilan xarakterlidir. Uchinchi davr (1960 - 80 yillar) har xil murakkablikdagi integral mikorsxemalarning paydo bo’lishi va ularning element bazasining yarim o’tkazgichli priborlardan (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar) tashkil topkanligi bilan xarakterlidir. To’rtinchi davr (1980 yildan) mikroelektronikaning juda katta templarda rivojlanishi, katta hajmdagi integral mikrosxemalarning paydo bo’lishi, va ularning kichik hajmli, o’ta tejamkorligi bilan xarakterlanadi.



    • Birinchi bosqich 1895 yilda A.S. Popov tomonidan simsiz telegraf – radio ixtiro qilinishi bilan boshlandi.

    • Ikkinchi bosqich1906 yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv elektron asbob - triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi.

    • Uchinchi bosqich 1948 yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. SHoklilar tomonidan qattiq jismli (yarim o’tkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich) elementi bo’lgan - bipolyar tranzistorning kashf etilishi bilan boshlandi.

    • To’rtinchi bosqichintegral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilmava tizimlar yaratish bilan boshlandi vamikroelektronika davri deb ataladi.

    • integral mikrosxemalar 60 yillar so’ngida paydo bo’ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardaliva yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim o’tkazichli integral mikrosxemalar.

    Birinchi IMSlar 1958 yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham, og’irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo’lib, hozirgi kunda uch konstruktiv – texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarim o’tkazgichli va gibrid. 1965 yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 106÷109 ta bo’lgan o’ta yuqori (O’YuIS) va giga yuqori (GYuIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.

    Х.К. Арипов, А.М. Абдуллаев, Н.Б. Алимова. Электроника ва схемотехника. Ўқув қўлланма – Тошкент: ТАТУ, 2008, 137 б, 2007-2008 ўқув йили режаси

    Download 18.07 Kb.




    Download 18.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’lanishi

    Download 18.07 Kb.