To'g'ri burchakli proyeksiyalash




Download 29,64 Kb.
bet4/7
Sana21.02.2024
Hajmi29,64 Kb.
#159892
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Kirish. Proyeksiyalash usullari. Reja-www.fayllar.org

To'g'ri burchakli proyeksiyalash.
Ta'rif. Proyeksiyalovchi nur proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lsa, bunday parallel
proyeksiyalashni to'g'ri burchakli proyeksiyalash deyiladi. To'g'ri burchakli proyeksiyalashni ortogonal
proyeksiyalash deb ham yuritiladi. Ortogonal proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nur yo'nalishi
ko'rsatilmaydi. Masalan, A nuqtani P tekislikka ortogonal proyeksiyalash uchun A nuqtadan (1.7-rasm)
perpendikulyar tushiriladi. Bu perpendikulyarning R tekislikdagi asosi Ap nuqta fazodagi A nuqtaning
ortogonal proyeksiyasi bo'ladi. Geometrik shakllar proyeksiyalar tekisligiga qisqarib proyeksiyalanadi.
Masalan, ortogonal proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi o'zidan kichik yoki teng
bo'ladi:
a) Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, uning proyeksiyasining
uzunligi kesmaning fazodagi uzunligiga teng bo'ladi (1.8-rasm).
b)Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, uning proyeksiyasining
uzunligi o'zidan kichik bo'ladi, ya'ni APBP
1.6-rasm 1.7-rasm
1.8- rasm 1.9-rasm
Yuqorida keltirilgan parallel proyeksiyalarning barcha xossalari ortogonal proyeksiyalar uchun ham
o'rinlidir.
Ortogonal proyeksiyalashda biror shaklni barcha nuqtalaridan o'tuvchi nurlar o'zaro parallel bo'lib,
ular berilgan geometrik shaklni proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalaydi. Buyumning bitta ortogonal
proyeksiyasi bilan uning fazodagi vaziyatini aniqlab bo'lmaydi. Buning uchun biror qo'shimcha shart
kiritish zarur. Bunday qo'shimcha shart sifatida birinchi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lgan
ikkinchi tekislikka buyumning tasvirini olish mumkin. Bu ikki proyeksiyalar tekisligidagi tasvirlar
buyumning fazodagi vaziyatini aniqlaydi.
Ortogonal proyeksiyalash usuli texnik chizmalarni chizishda, inshootlarni loyihalashda eng ko'p
qo'llaniladi.

Download 29,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 29,64 Kb.