1-mavzu: korxona faoliyatida biznes rejalashtirish




Download 18,32 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2023
Hajmi18,32 Kb.
#112784
  1   2
Bog'liq
1-MARUZA


1-MAVZU: KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES - REJALASHTIRISH

1.1 Korxona va uning ishlab chiqarish faoliyati rejalashtirishning ob’ekti sifatida


Rejalashtirish bozor bilan umuman mos kelmaydi, deb hisoblagan bozor munosabatlari tarafdorlari ham bugungi kunda o’zlarining avvalgi fikrlarida qattiq turmayaptilar. Vaqt va hayotning o’zi, xususan, ko’plab xorijiy kompaniya, firma va korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydilar. Masalan, Rossiyada islohotlar boshida qabul qilingan «tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes va tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotning ustivor yo’nalishiga aylangan bo’lsada, yumshoq qilib aytganda o’z tasdig’ini topdi.


Gap shundaki korxona bu nafaqat bozor sub’ektidir, u shu bilan bir paytda davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan to’liq mustaqil bo’la olmaydi. Markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’nalishida amalga oshirilgan islohotlar ishlab chiqarish jarayonini chetlab o’tib, shu bilan bir paytda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalarda mehnat motivatsiyasi va rejalashtirish tizimini sezilarli ravishda o’zgartirib yubordi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir korxona ishlab chiqarishning to’xtovsiz o’sishi, mahsulot sifatining oshirilishi va uning o’z vaqtida sotilishi, shuningdek, rejalashtirilgan foyda va daromadni o’z vaqtida olish asosida o’zining gullab-yashnashini ta’minlashga intiladi. SHu sababli korxona faoliyati ko’p maqsadli va dinamik xarakterga ega bo’ladi. Birinchidan, fan-texnika taraqqiyotiga yo’naltirilgan, ikkinchidan, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan samarali foydalanishga erishuvchi, uchinchidan esa, bozor kon’yunkturasiga o’z vaqtida va tezkorlik bilan javob berishi mumkin bo’lgan korxona rivojlanadi va gullab-yashnaydi.
Istiqboldagi vaziyatni qat’iy rejalashtirish bu holda o’zini oqlamaydi. Bozor kon’yunkturasi va raqobat, talabga mos ravishda chiqarilayotgan mahsulot tavsifnomasiga o’zgartirish kiritish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan uzoq muddatli dastur talab qilinadi. Bu vazifa odatda istiqbolga yo’naltirilgan korxona faoliyatini joriy rejalashtirish jarayonida aniqlangan ko’rsatkichlarni tartibga solish yo’li bilan bajariladi.
SHu sababli ko’plab korxonalar bozor kon’yunkturasining o’zgarib turishini hisobga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasiga tezkor o’zgartirishlar kiritish hamda bunda asbob-uskuna va qurilmalarning imkoniyatlarni kengaytirish, butlovchi qismlar va materiallarni bir xillashtirish, mahsulot sifatini oshirish va assortimentini kengaytirishga majbur bo’ladilar.
Korxona faoliyatini rejalashtirish vazifalari qaysidir ma’noda ma’lum bo’lgani sababli uni rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida tartibga solish zamonaviy fan tomonidan nisbatan kam tadqiq etilgan va umumlashtirilgan. Bu yerda amaliyot nazariyadan ancha ilgarilab ketgan. SHunday bo’lsada, korxona faoliyatining oldindan belgilab qo’yilgan ko’rsatkichlarini tartibga solishga to’g’ri keladi. Bu iste’molchilik talabining o’zgarishidan tashqari, korxona hayotida va iqtisodiy muhitda ro’y berayotgan yangi vaziyatlar, xom-ashyo va materiallar ta’minotchilari bilan aloqalar, siyosiy vaziyat va hokazolarga bog’liq bo’ladi.
Gap shundaki, bugun ishlab chiqarilayotgan narsa ertaga yoki indinga kerak bo’lmay qolishi mumkin. SHu sababli rejalashtirish nafaqat bugungi, balki ertangi kunga ham yo’naltirilgan bo’lishi loim. Hech qaysi korxona o’z faoliyatida istiqbolni ko’zdan qochira olmaydi. Bu bozor sharoitlarida korxona barqarorligining asosiy qoidasidir. Barcha xodimlar, ayniqsa, korxona rahbariyati shuni aniq bilishi kerakki, bugungi kunda oson bajarilayotgan har qanday ish 3-5 yildan so’ng qiyinlashishi yoki umuman imkoni bo’lmay qolishi mumkin. Demak, oldindan belgilab qo’yilgan reja (bashorat) ko’rsatkichlarini tartibga solish – korxona faoliyati va ishlab chiqarishni bashorat qilish va rejalashtirishning uzviy bir qismi hisoblanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hukumati davlatning tartibga solish funktsiyasini jahon xo’jalik amaliyotida ma’lum bo’lgan va tekshirib ko’rilgan iqtisodiy tartibga solish vositalari yordamida amalga oshiradi. Masalan, soliq siyosati davlat va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning fiskal funktsiyalarini bajarishdan tashqari ishlab chiqarish tuzilmasi, dinamikasi va joylashuviga iqtisodiy ta’sir ko’rsatish mexanizmi vazifasini ham bajaradi. Imtiyozli soliqqa tortish biznes va tadbirkorlikni rag’batlantirishning eng kuchli vositalarida hisoblanadi.
Davlat tomonidan tartibga solish bozor mexanizmini to’ldirib, unga o’zgartishlar kiritadi, biznes va tadbirkorlikning oyoqqa turib olishiga ko’maklashadi. Bunda u maksimal darajada maksimal pog’onada, minimal darajada minimal pog’onada tarqaladi. Tartibga solish, qaysi miqyosda amalga oshirilishidan qat’iy nazar doimiy harakat, talab va taklif, daromad va xarajatlar o’rtasida muvozanatga intilish hisoblanadi.
Bu tenglik doim ham ta’minlanmasada, u ko’ngildagidek darajada bo’lavermaydi. Biroq barcha hollarda ham davlat tomonidan tartibga solish va korxonaning o’zini-o’zi tartibga solishi iqtisodiyot va biznesni boshqarishning muhim elementi bo’lib qolaveradi. «Ekonomiks» darsligi muallifi Samuelsonning fikricha, busiz «bir qo’l bilan qarsak chalganday» qolaveramiz.


Download 18,32 Kb.
  1   2




Download 18,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: korxona faoliyatida biznes rejalashtirish

Download 18,32 Kb.