|
1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha
|
bet | 1/4 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 21,98 Kb. | | #105017 |
Bog'liq 1-Mavzu Kredit modul tizimi haqida tushuncha-fayllar.org
1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha
1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga” ga ko’ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit –modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan.Ta’lim jarayonini tashkil qilishning kretid-modulli tizimi- bu modulli o’qitish texnologiyalari va kredit yoki kredit ta’limi bo’linmalarining kombinatsiyasiga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etish modeli. Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko’p qirrali va murakkab harakatlar va o’zaro ta’sir tizimidir.Kredit-modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan:
- talabalarning mustaqil ishiga;
- o’quv jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimini va talabalarning ta’lim yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlash.
Ilk bor kredit-soat tizimi, AQShda paydo bo’lgan va rivojlangan. 1869yilda Amerika ta’limining taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti Charlz Eliot tomonidan «kredit soati» tushunchasini kiritildi va 1870-80yillarda kredit soatlarida o’lchangan akademik ish miqdori joriy etildi.1892 yildan «kredit-soat» tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga start berildi. AQSh Milliy ta’lim qo’mitasi tomonidan «kollej-maktab» aloqasini yaxshilash, o’quv dasturlarini standartlashtirish maqsadida umum ta’lim maktablarida nafaqat kollejlarda, balki o’rta maktablarda ham «kredit»tushunchasi joriy etildi. Maktablar, bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari mazmuni hajmini baholash uchun kredit tizimiga o‘tildi.
Kredit-modul tizimi- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimning oʻlchov birligi hisoblanadi. Unga koʻra, universitetda oʻtiladigan har bir fan undagi oʻqish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan oʻrtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, oʻquv yilida muayyan miqdorda kreditlar toʻplab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.
|
| |