1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha




Download 50.77 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi50.77 Kb.
#43482
Bog'liq
1-Mavzu Kredit modul tizimi haqida tushuncha
klyuch 1, informatika-test-5, 8498, Case Study Analysis, KPI-Пастдаргом(ТАТУ СФ), 5-sinf Tasviriy san\'at kitobi , 18 tema, Mustaqil ta'lim 10 (1), MIKROQARZ MAHSULOTI

1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga” ga ko’ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit –modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan.Ta’lim jarayonini tashkil qilishning kretid-modulli tizimi- bu modulli o’qitish texnologiyalari va kredit yoki kredit ta’limi bo’linmalarining kombinatsiyasiga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etish modeli. Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko’p qirrali va murakkab harakatlar va o’zaro ta’sir tizimidir.Kredit-modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan:
- talabalarning mustaqil ishiga;
- o’quv jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimini va talabalarning ta’lim yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlash.
Ilk bor kredit-soat tizimi, AQShda paydo bo’lgan va rivojlangan. 1869yilda Amerika ta’limining taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti Charlz Eliot tomonidan «kredit soati» tushunchasini kiritildi va 1870-80yillarda kredit soatlarida o’lchangan akademik ish miqdori joriy etildi.1892 yildan «kredit-soat» tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga start berildi. AQSh Milliy ta’lim qo’mitasi tomonidan «kollej-maktab» aloqasini yaxshilash, o’quv dasturlarini standartlashtirish maqsadida umum ta’lim maktablarida nafaqat kollejlarda, balki o’rta maktablarda ham «kredit»tushunchasi joriy etildi. Maktablar, bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari mazmuni hajmini baholash uchun kredit tizimiga o‘tildi.
Kredit-modul tizimi- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimning oʻlchov birligi hisoblanadi. Unga koʻra, universitetda oʻtiladigan har bir fan undagi oʻqish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan oʻrtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, oʻquv yilida muayyan miqdorda kreditlar toʻplab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.

Kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba oʻqishi davomida har semestrda 30 kredit toʻplab borishi kerak boʻladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qoʻlga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit toʻplashi talab etiladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak boʻlgan maʼlum miqdordagi oʻqish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25-30 soatlik oʻqish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan boʻlsa, talaba ushbu fan boʻyicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qoʻlga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik oʻqish yuklamasini bajarishi kerak boʻladi 
2-Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o’qish. Apellyatsiya shartlari.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;-talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;-talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, mavzuning mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq yoki yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha o‘tkazilishi mumkin.Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.Oraliq nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba keyingi kursga o‘tkaziladi.Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.3 tagacha fandan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalarga 1 oy muddat beriladi.Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.Apellatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.Talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
3-Mavzu: Institutning elektron platformasi. Shaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish. Ma’lumotlarni joylashtirish
Oliy ta'lim yangi axborot texnologiyalarini ishlatish asosida ta'limning turli ko'rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shularni hisobga olgan holda elektron ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish aniq tayyorgarlikni talab etadi, ya'ni zaruriy ta'lim darajasiga va moddiy-texnik ta'minotga ega bo'lishni talab etadi.
Elektron ta'limni shakllantirishda Moodle platformasi katta ahamiyatga ega. Moodle platformasining asosiga L.S.Vigotskiy, Djon Dyui, Jan Piaje, Ernst fon Glazerfeld kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar qo'yilgan. Bu tamoyillar asosida Martin Dujiamas (Martin Dougiamas) (Moodle ta'limni boshqarish tizimini yaratish bo'yicha loyiha muallifi va boshlig'i) umumiy "ijtimoiy konstruktivizm" (inson faoliyatida ijtimoiy voqelikning ijtimoiy-psixologik qurilishi jarayonlarini o'rganadigan sotsiologik va psixologik nazariya) nomi ostida tizim asosiga yotqizilgan besh tamoyilni shakllantirdi. Bu tamoyillarni hisobga olib, elektron ta'limning ta'lim sub'ektlari, ular orasidagi aloqa tizimlari va ta'lim jarayoni amalga oshadigan soha kabi asosiy komponentalarini ko'rib chiqish mumkin. Elektron ta'lim modeli asosiy komponent sifatida axborotni maxsus axborot va ta'lim muhitida (virtual) uzatishni nazarda tutadi. Sohaning o'ziga xosligi o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga tubdan ta'sir qiladi: o'quv motivatsiyasi, o'quv holati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.O'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlari birinchi navbatda Moodle platformasi orqali o'qituvchi-talaba munosabatlarining ko'rinishi hisoblanadi. Elektron ta'limda masofali kursning muvaffaqiyati ko'p hollarda o'quv materialini to'g'ri tashkillashtirishga bog'liq bo'ladi. Agar masofali kurs o'qitishga yo'naltirilgan bo'lsa, u holda kurs uchun zarur bo'lgan materiallarni to'plash, saralash va joylashtirish ko'p hollarda o'qituvchi va talaba hamkorligi asosida tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan belgilanadi.Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirilishi kerak. Bunday holda, o'qituvchi o'quv jarayonini , ko'nikma va malakalarni nazorat qilishi kerak. Masofali kurs uchun o'quv materialini tayyorlash vositalari o'quv rejaga muvofiq ravishda tanlanadi.Moodle platformasi uchun kurs strukturasi quyidagi elementlardan iborat bo'lishi kerak:
1. Motivatsiya bloki samarali kognitiv faoliyatga, asosiy tarkibni faol o'zlashtirishga qiziqishni rag'batlantiradi. Motivatsiya - masofali kursning zarur qismi bo'lib, butun ta'lim jarayoni davomida saqlanib turishi kerak. Bu yerda katta e'tibor talabalarga qo'yilgan aniq maqsadga qaratiladi. Agar qo'yilgan masala darajasi talaba tayyorgarligi darajasiga mos kelmasa, motivatsiya yo'qoladi.
2. Yo'riqnoma bloki o'quv jarayoni qatnashchilari uchun muhim bo'lgan yo'riqnomalar va uslubiy ko'rsatmalar, normativ hujjatlar, anketa natijalari, masofali kurs jadvalidan (kurs bo'limlari, testlar, mustaqil ishlar) iborat bo'lib, aniq, tushunarli tarzda berilishi kerak.
3. Axborot bloki o'z ichiga bosma darsliklar va o'quv qo'llanmalar, elektron darsliklar va uslubiy ko'rsatmalar, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun topshiriqlar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati, kurs bo'yicha qo'shimcha materiallarni oladi. Moodle platformasida bu blokda ma'lumotlarni joylashtirish uchun ma'ruza, glossariy, Flash Video, Scorm paketi kabi elementlar va veb-sahifa, giperhavola kabi resurslar mavjud.
4. Nazorat bloki o'quv jarayonini nazorat qiluvchi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: joriy, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil , mavzular yuzasidan nazorat topshiriqlari. Bunda nazorat ishlari talabaning masofali kursdagi ta'lim resurslarini o'zlashtirishini nazorat qilish, mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
5. Kommunikativ va konsultatsiya bloki o'zida masofali kurs talabalarining o'qituvchi bilan interaktiv muloqotini tasvirlaydi. Moodle platformasida o'qituvchi va talaba o'rtasida interaktiv aloqani amalga oshirish uchun ma'ruza, forum, chat kabi vositalar mavjud.
4-Mavzu: Nazorat sinovlari (test,topshiriqlar,loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar. Belgilangan muddatli saqlash.
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuridik texnikumda oraliq va yakuniy nazorat yoki faqat yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Modulning nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda tegishli nazorat turi uchun maksimal va saralash ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv dasturida belgilanadi.
O‘quv dasturi ta’lim jarayonini boshqarishning axborot tizimiga (bundan buyon matnda elektron ta’lim platformasi deb yuritiladi) o‘quv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi.
Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari har semestrning ikkinchi haftasidan kechiktirmay O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni ichida fakultet dekani tomonidan elektron ta’lim platformasiga joylashtirilishi hamda o‘quvchilar e’tiboriga yetkazilishi ta’minlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugaganidan keyin o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmasi darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha o‘quvchining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasini, ularda modullar bo‘yicha egallashi zarur bo‘lgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Nazorat turlari o‘quvchining o‘quv adabiyotlari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case-study), mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan. Nazorat turlari bo‘yicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog xodim tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi.
Kafedra mudiri nazorat turlari bo‘yicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi. Fakultet dekani nazorat turlari bo‘yicha savollarni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning o‘quv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda O‘quv-metodik bo‘limga taqdim qiladi. Nazorat turlari bo‘yicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) o‘z ichiga oladi.
Savollar:
o‘quvchilarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi;-o‘quvchilarning o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarini ifoda etishi;-muammoli vaziyatlar bo‘yicha munozaraga kirishishga qaratilgan bo‘lishi;-aniq, normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi;-mazmuni o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lishi;-o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq qamrab oluvchi ma’lumotlarni mujassam qilgan bo‘lishi;-huquqiy manbalar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi;-o‘quvchilarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

5-Mavzu: Plagiat haqida tushuncha, antiplagiat haqida huquqiy va me’yoriy hujjatlar


Plagiat - bu boshqalarning so'zlari yoki g'oyalari uchun kredit olish harakati. Bu intellektual noto'g'ri harakatdir va bu jiddiy oqibatlarga olib keladi . Bu universitetning shon-sharaf kodekslarini buzadi va insonning obro'siga tiklanmasli zarar etkazishi mumkin. Plagiariyalangan topshiruv noto'g'ri darajaga, to'xtatib turishga yoki ekspulsatsiyaga olib kelishi mumkin.
Plagiat turlari:
To'g'ridan-to'g'ri plagiatlik - boshqa shaxsning ish so'zini nusxa ko'chirish aktidir. Kitob yoki maqoladan xatni inshoga kiritib, atribut yoki tirnoq belgilari kiritilmagan holda, to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik. Sizni insho yozish uchun birovga pul to'lash va inshoni o'zingizning ishingiz deb topshirish ham bevosita plagiatizmdir. Agar siz to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik qilsangiz, Turnitin kabi dasturiy ta'minot va vositalar yordamida sizni qo'lga olishingiz mumkin.
Paraphrase plagiat , birovning ishiga bir necha o'zgarish (ko'pincha kozmetik) qilishni o'z ichiga oladi, keyin uni o'zingiznikidan o'tadi. Agar fikringiz keng tarqalgan bo'lsa , siz uni maqolangizga kiritmasdan, hatto bevosita tirnoqlarni kiritmasangiz ham, uni qog'ozga qo'shib bo'lmaydi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, Internet tarmog‘ining hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi, elektron resurslarning kundan-kunga ko‘payib borishi bir tomondan, turli shakldagi va ko‘rinishdaga axborotlarga kirish, ega bo‘lishni osonlashtirgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan, bir qator muammolarni ham yuzaga keltirdi. Ulardan biri bu «mualliflik huquqi» bilan bog‘liq muammolardir.
Talabalarning ko‘pchiligi Internet tarmog‘idan samarali foydalanib, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga harakat qiladilar. Ammo ayrim hollarda, «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi» yozayotganda va hatto «magistrlik» ilmiy darajasini olish uchun harakat qilayotgan hamda dissertatsiya tayyorlayotgan talabgorlar orasidan ham «mualliflik huquqini» e’tibordan chetda qoldirayotganlar uchrab turadi. Bu holat, ayniqsa, «bitiruv malakaviy ishlar» yozayotgan talabalar orasida ko‘proq uchraydi. Demak, Internet tarmog‘iga joylashtirilgan elektron-resurslardan foydalanishda «mualliflik huquqi»ga rioya qilinishini ta’minlash bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan.
Talabalar tomonidan yozilgan «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi», «magistrlik dissertatsiyasi», tadqiqotchilar tomonidan tayyorlargan dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va monografiyalar matnlarining necha foizi nodir va necha foizi boshqa manbalardan olinganligini aniqlash kadrlar tayyorlash sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘chirmachilikning oldini olish talabalarning mustaqil ishlarini sifatli bajarishlarini ta’minlaydi. Quyida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan o‘xshash matnlarni qidirib topishga mo‘ljallangan ikki dastur imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.«Etxt Antiplagiat» dasturi Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron resurslar orasidan originallikka tekshiriliyotgan matnga o‘xshash bo‘lgan matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Dasturning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun U. Karimov va O‘. Karimov tomonidan infoCOM.UZ jurnalidagi «Oliy ta’lim tizimida korporativ elektron kutubxonadan foydalanish» nomli maqolani Internet tarmog‘idagi elektron-resurslar orasidan qidirib ko‘raylik. Buning uchun maqola matnini «Etxt Antiplagiat» dasturining «tekst» maydoniga joylashtiramiz.
Universitetga o‘qishga kirganingizdan so‘ng talaba sifatida u yerda aynan qaysi fanlarni o‘rganishni qisman bo‘lsa-da, o‘zingiz tanlashingiz mumkinligini hech tasavvur qilganmisiz?
Har bir o‘qituvchi semestr boshida talabalariga o‘z fani bo‘yicha dasturini taqdim etib, unda ushbu fan nima haqidaligi, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida amaliyotda nimalar qila olishi haqida batafsil tushuntirib, shundan keyingina darslarni boshlashini-chi?
Qo‘shimchasiga deng, oliy ta'lim muassasalari (OTM) o‘zining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari bo‘yicha kataloglar (kitobchalar) ishlab chiqib, undan siz o‘qish davomida qaysi fanlarni o‘rganishingiz mumkinligi, ushbu fanlarni kimlar o‘qitishi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishingiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo‘lib, shundan so‘ng o‘quv yili boshlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Xo‘sh, ta'limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Ushbu tizim talabalarga nima beradi va nimalarni bajarishni talab qiladi? Uning amaldagi ta'lim tizimidan afzalliklari nimada? Quyida ushbu savollarga qisqacha javob berishga harakat qilamiz.
Ta'limning kredit-modul tizimi o‘zi nima?
Bizga ma'lumki, hayotda ko‘p narsalarni o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi — soniya, soat, uzunlik o‘lchovi — metr, og‘irlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuchlanishi o‘lchovi — volt.
Savol tug‘iladi: ta'limning, xususan oliy ta'limning ham o‘lchov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta'limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta'limning o‘lchov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.
Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi.
Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.
ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi talab etiladi.

Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo‘lgan ma'lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180).

Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib oladilar. Bu ham ta'limda shaffoflikning bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat oralig‘ida) aynan necha soat bo‘lishini odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni o‘rganish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo‘yingki talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi.
Shunda talabada ushbu umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi darsga, auditoriya soatlariga to‘g‘ri keladi degan savol tug‘ilishi mumkin. Kredit-modul tizimi amaliyotida auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40/60 foizni tashkil etadi. Bu nisbat, boshqacha qilib aytganda, 1/1.5ga to‘g‘ri keladi, ya'ni talaba muayyan fan bo‘yicha belgilangan har bir soat dars uchun darsdan tashqari bir yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi.
Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilagan bo‘lsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan o‘qish yuklamasini aniqlaydigan bo‘lsak, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi.

Yuqoridagi qoidalardan shuni tushunish mumkinki, ECTS kredit-modul tizimida talabaning bilim olish vaqti tushunchasi dars vaqti tushunchasi bilan cheklanib qolmasdan, talaba o‘qish uchun sarflagan umumiy vaqt bilan o‘lchanadi. Unda bilimning manbayi faqat o‘qituvchi yoki auditoriya emasligiga ishora qilinadi. Qisqacha aytganda, kredit-modul tizimida o‘qish vaqti tushunchasiga o‘qituvchi nuqtayi nazaridan emas, balki talaba nuqtayi nazaridan yondashiladi.
Talabaning o‘qish yuklamasining bu tarzda taqsimlanishi talaba ta'lim olish jarayonida mas'uliyatni ma'lum darajada o‘z elkasiga olishi, fan bo‘yicha darsda va darsdan tashqarida muntazam ravishda o‘qib borishi kerakligini ham bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, 1 soat auditoriya vaqti uchun talaba 1,5 soat uyda va kutubxonada o‘qishi zarur. Lekin bu jarayon ko‘p jihatdan o‘qituvchining mas'uliyatiga ham bog‘liq. Chunki talabalar o‘z vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun ularga darsdan tashqarida o‘qish uchun qiziqarli materiallar va topshiriqlar berib borish o‘qituvchining vazifasidir.
Shuning uchun kredit-modul tizimiga o‘tish o‘qituvchilarning ish yuklamalarini ham qayta ko‘rib chiqishni, ularning ish yuklamalari ular o‘qitadigan fan kreditlaridan kelib chiqqan holda belgilanishini taqozo etadi. Amaldagi tizimda esa o‘qituvchilar ish yuklamasi faqat auditoriya soatlariga bog‘lab qo‘yilgan. Talabaning o‘qish yuklamasi bu tarzda — auditoriya va mustaqil o‘qish soatlariga ajratilishi OTMlar kutubxonalarida sharoitlarni yaxshilash, sifatli o‘quv qo‘llanmalari ko‘lamini yanada kengaytirishni ham taqozo etadi.
Bularning barchasi ECTS kredit-modul tizimining miqdoriy tushunchalari va ishlash mexanizmi haqidagi asosiy qoidalar edi. Endi quyida kredit-modul tizimi bizga nimalarni beradi, degan savolga aniq misollar bilan javob berishga urinib ko‘ramiz.
Xo‘sh, ta'limning kredit-modul tizimi bizga nimalarni beradi?
1. O‘qish yuklamasining muvozanatli taqsimoti
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ECTS kredit-modul tizimida talaba har bir o‘quv yili uchun to‘plab borishi kerak bo‘lgan kreditlar miqdori oldindan belgilab qo‘yilgan. Bu 60 kreditni tashkil qiladi. Har bir semestr uchun belgilangan kreditlar miqdori esa 30 kreditni tashkil qiladi. Bundan tashqari, talaba har bir kreditni qo‘lga kiritish uchun belgilangan o‘qish yuklamasi miqdori ham aniq va bu 25-30 soat oralig‘ida. Shunday ekan, talabalarning har o‘quv yilidagi o‘qish yuklamasi o‘rtacha 1500-1800 soat (60*25 = 1500; 60*30= 1800), har semestrdagi o‘qish yuklamasi esa o‘rtacha 750-900 soatni tashkil etadi (30*25 = 750; 30*30= 900). Talabaning bir yillik va bir semestrdagi o‘qish yuklamasi bu miqdordan ko‘p ham, kam ham bo‘lishi mumkin emas.
Shunday ekan, talabalarning bir o‘quv yili yoki bir semestr davomidagi o‘qish yuklamasi ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan barcha universitetlarda deyarli bir xil bo‘ladi. Bu birxillik o‘quv dasturlariga barqarorlik va muvozanat olib kiradi. Endilikda OTMlar talabalarga bir semestrda 7ta fan, ikkinchi semestrda esa 10ta fanni o‘qishga majburlashi qiyinlashadi. Amaldagi tizimda esa bunday barqarorlik va muvozanatga kafolat yo‘q edi. Shuning uchun talabalar bir semestr davomida ba'zida 7ta, ba'zida 8ta, va yana boshqa semestrda esa 10 fanni o‘qishlariga to‘g‘ri kelyapti.
Hozirda aksariyat mahalliy universitetlarda talabalar bir semestr davomida odatda 8-10tagacha fanni o‘qishiga to‘g‘ri kelmoqda. Aslida 8-10 fanni 4 oy ichida har tomonlama o‘rganish — muammoli masala. Mamlakatimizdagi amaldagi oliy ta'lim standartlari to‘g‘risidagi qoidalarda ham OTMlar talabalarga haftasiga 36 soatgacha auditoriya mashg‘ulotlari belgilashi mumkinligi qayd etilgan. Bu 5 kunlik o‘quv haftasida kuniga 7 akademik soatni anglatadi. Bunday holatda aksar talaba fanlarni tom ma'noda o‘rganish o‘rniga kunini shunchaki darsdan darsga, xonadan xonaga yugurib o‘tkazadi. Qolaversa, shuncha vaqtni auditoriyada o‘tkazgan talaba darsdan tashqaridagi vaqtini o‘qishga sarflashiga ishonish qiyin.
Kredit-modul tizimida esa kreditlarning fanlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti 5, 6 yoki 7.5 ni tashkil etadi. Bu degani talaba bir semestrda ko‘pi bilan 4, 5 yoki juda borsa 6 fan o‘rganadi (30/7.5=4; 30/6=5; 30/5=6). Bu talabalar semestr davomida o‘rganishi zarur bo‘lgan fanlarning soni amaldagidan ko‘ra ancha qisqarishini anglatadi. Ya'ni kredit-modul tizimi OTM o‘quv dasturlariga me'yor va sifat olib kirishi, ta'limni tashkil etishda son ko‘rsatkichidan sifat ko‘rsatkichiga o‘tishiga xizmat qiladi. Chunki fanlar soni bu tarzda qisqarishi talabalar o‘z vaqt va imkoniyatlarini shu kam sonli fanlarni chuqurroq va har tomonlama o‘rganishlariga imkoniyat yaratadi.
2. Fanlarni tanlash imkoniyati
O‘qishning dastlabki yillarida soha bo‘yicha umumiy bilimga ega bo‘lgandan so‘ng talabalarda ayrim yo‘nalish va fanlar bo‘yicha chuqurroq bilimga ega bo‘lish va kelajakda shu yo‘nalishda ishlashga ishtiyoq paydo bo‘lishi tabiiy. Talabalar yildan yilga mutaxassis sifatida shakllanib borar ekan, ular uchun o‘qish dasturidagi ayrim fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi.
Hozirda universitetlar qat'iy belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturlari asosida ish yuritadi. Ya'ni, talabalar o‘qishga kirgandan boshlab to bitirgunga qadar dasturda belgilangan barcha fanlarni o‘rganishga majbur. Bu qay darajada to‘g‘ri? OTMda ta'lim olayotgan talabalar qat'iy belgilangan standart o‘quv dasturi asosida ta'lim olishi shartmi? Dasturdagi barcha fanlar har bir talabaning qiziqishlari, kelajak rejalariga to‘g‘ri kelmasa-chi?
Aslida, har bir talaba o‘z qiziqishlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallashi va bu uchun kerakli fanlarni universitet ma'muriyatidan ko‘ra yaxshiroq biladi. Talabani majburlab xonada olib o‘tirish mumkin, lekin uning fikr va e'tiborini xonada ushlab o‘tirib bo‘lmaydi.
Kredit-modul tizimiga o‘tishning muhim jihatlaridan yana biri bu — o‘quv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir. Unga ko‘ra, talabalar o‘qishning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirib, soha bo‘yicha umumiy bilimni egallab olganlaridan so‘ng, sohaga oid maxsus fanlarni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib o‘zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunda OTM talabalarga o‘quv yili davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning ro‘yxatini va ular haqida batafsil ma'lumot taqdim etadi. Talabalar esa ushbu ro‘yxat va ma'lumotlar asosida o‘zlari qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba o‘zining bakalavriat yoki magistratura o‘qish dasturini ma'lum ma'noda o‘zi shakllantirishiga imkon yaratadi. Ya'ni, guruhda 50 nafar talaba bo‘lsa, ularning har biri o‘z qiziqishlariga ko‘ra o‘z o‘qish dasturlariga ega bo‘lishadi.
Tanlov fanlari soni kursdan kursga ko‘payib borishi zarur bo‘ladi. Chunki talaba kursdan kursga o‘tgani sari mutaxassis sifatida shakllanib boradi va unda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati ham shakllanib boradi. OTMlar esa asta-sekinlik bilan talabalarga o‘z fakultetlaridan tashqarida, ya'ni boshqa fakultetlardan ham tanlov fanlari olishga imkoniyat yaratishlari zarur.
Fanlarni tanlash amaliyoti nafaqat talabalar uchun o‘zlari xohlagan yo‘nalish bo‘yicha chuqurroq bilim olishlariga imkoniyat yaratadi, balki OTM o‘quv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravishda saralanib borishiga ham xizmat qiladi. Chunki talabalar qiziqish va ehtiyojlariga javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borishadi, o‘rganayotgan fanlari ro‘yxatini davr talablari va qiziqishlariga moslashtirishadi.
Bunda o‘qituvchi uning fani o‘ziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olishi uchun doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, fanning talabalar uchun ahamiyatini saqlab qolish uchun darslar sifatini doimiy ravishda yaxshilab borishi zarur bo‘ladi. Aks holda ushbu fan o‘quv dasturidan chiqib ketishi va o‘qituvchi o‘z ishini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayon darslar sifati yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
Fanlari tanlash amaliyoti rivojlangan davlatlarda o‘zining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan ta'limdagi aynan shu jihat bilan ham bog‘liq.
Shunisi aniqki, kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo bo‘lishi fanlarni tanlash amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq. Ya'ni, kredit-modul tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab bo‘lgan. Shunday ekan, agar OTM o‘zida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, o‘quv dasturlariga fanlarni tanlash imkoniyatini olib kirmasa, ushbu OTM tom ma'noda kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb bo‘lmaydi.
3. O‘quv dasturlarida fanlarning saralanishi
Tasavvur qiling, siz palov pishirmoqchisiz. Bunda sizga asosan go‘sht, yog‘, sabzi, piyoz va guruch kerak bo‘ladi. Siz bu taomni tayyorlash uchun odatda sholg‘om yoki kartoshka ishlatmaysiz. Chunki bular siz tayyorlamoqchi bo‘lgan taomga to‘g‘ri kelmaydi. Agar siz palov tayyorlashda sabzi o‘rniga sholg‘om qo‘shib yuborsangiz, taomingiz boshqacha chiqib qoladi, bundan esa o‘sha taomni iste'mol qiluvchilar ranjiydi. Shu kabi, mutaxasis tayyorlash ham mutaxassislikka oid eng zaruriy bilim, ko‘nikma va mahoratlarni bo‘lajak mutaxassisda shakllantirishdan iborat. Agar talabaga zarur mutaxassislik bilim va ko‘nikmalar qolib, boshqa narsalar o‘rgatilsa, natijada unda mutaxassislikka oid jihatlar to‘liq shakllanmay qolsa, ishga oluvchi tashkilot bitiruvchidan ham, uni tayyorlagan ta'lim muassasasidan ham hafsalasi pir bo‘ladi.
Hozirda oliy ta'lim o‘quv dasturlarida talabaning mutaxassisligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan fanlar yetarlicha. Masalan, aksariyat universitetlarda 1-kursda, ayrim hollarda yuqori kurslarda ham jismoniy tarbiya, dinshunoslik, etika, estetika va shunga o‘xshash boshqa fanlar o‘tiladi. Bu fanlarni odatda talabalarning mutaxassisligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q bo‘lsada, OTM o‘quv dasturlarida anchagina joy va vaqtni egallaydi. Qolaversa, talaba jismoniy tarbiya fanini OTMda faqat 1-semestr yoki bir yil o‘rganishi – g‘alati hol. Bir mutaxassis ta'kidlaganidek, «go‘yoki jismoniy salomatlik va sport talabaga faqat bir semestr yoki bir yil kerak bo‘ladi».
Nazarimizda, bu kabi fanlarning aksariyati maktabning yuqori sinf dasturlariga xos bo‘lishi kerak. Agar talaba ushbu fanlar bo‘yicha maktabda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan bo‘lsa, ularni universitet darajasida yana takrorlashga qanday ehtiyoj bor? Undan ko‘ra, talaba shu vaqtni o‘z sohasini chuqurroq o‘rganishga sarf qilgani yaxshimasmi? To‘g‘ri, dinshunoslik, etika va estetika kabi umumiy fanlar yoshlarni shaxs sifatida shakllanishida katta rol o‘ynashi mumkin, lekin hozirda maktab bitiruvchilarining bor yo‘g‘i 10-20 foizigina OTMga kirmoqda. Bu degani, agar bu fanlar maktab yuqori sinflarida o‘rgatilmasa, maktab bitiruvchilarining aksariyati bunday bilimga ega bo‘lmaydi. Bu kabi fanlar yoshlarni shaxs sifatida shakllanishi uchun muhim deb hisoblansa, unda ular maktabning yuqori sinflarida o‘rgatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
OTM o‘qish dasturlarini umumiy, mutaxassislikka to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan, o‘zini takrorlovchi fanlar bilan to‘ldirilishi talaba universitetdagi qisqa va eng qimmatli vaqtidan samarali foydalana olmasligiga olib kelmoqda. Natijada bitiruvchilar orasida amaliyotga borgandan so‘ng bizga bunday narsalarni universitetda o‘rgatishmagan degan holatlar juda ko‘p uchramoqda.
ECTS kredit-modul tizimida esa OTMlar o‘zining har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturi maqsadlarini oldindan aniq belgilab olishi talab etiladi. Ya'ni, ular muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qish dasturini yaratishdan avval o‘z oldilariga quyidagi savollarni qo‘yishlari talab etiladi:
Biz qanday mutaxassis tayyorlamoqchimiz?
Bizning bitiruvchilar aynan qanday bilimga ega bo‘lishi, nimalarni tushunishi va uni tamomlagandan so‘ng nimalarni qila olishi kerak?
Har bir OTM bakalavriat va magistratura dasturi turlicha bo‘lgani sababli, maqsadlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy.
Ya'ni, OTMlar o‘zlarining har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturining maqsadlarini bitiruvchi dastur davomida qo‘lga kiritishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va mahoratlar shaklida oldindan aniq belgilab olishlari zarur. Bu kredit-modul tizimi tili bilan «Program Learning Outcomes» deb ataladi. O‘quv dasturi maqsadlari belgilab olingandan so‘ng, endilikda dasturda faqat shu maqsadlarga xizmat qiluvchi fanlargina saqlab qolinadi yoki dasturga kiritiladi, qolgan fanlar esa dasturni tark etishi zarur.
Inchunun, OTMlar o‘z o‘quv dasturlarini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda erkin shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun 2001 yil 16 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish kiritilishi va OTMlarga o‘quv dasturlarini o‘zlari erkin shakllantirishga imkoniyat berilishi kerak. 19 yil avval ishlab chiqarilgan standart bugungi zamon talablariga javob bermasligi ehtimoli yuqori. Zero, iqtisodiyot va mehnat bozori talablari o‘zgargan sari OTMlar ham o‘z o‘quv dasturlarini muntazam ravishda baholab borishga, zarur bo‘lsa o‘zgartirishga imkoniyati bo‘lishi kerak.
4. Bakalavr va magistratura dasturlariga shaffoflik kirishi
Kredit-modul tizimi joriy bo‘lsa OTM lar nafaqat har bir o‘qish dasturlari maqsadlarini oldindan belgilab olishlari zarur bo‘ladi, balki bu maqsadlarni o‘zlarining bo‘lg‘usi va hozirdagi talabalariga oldindan, shaffof tarzda yetkazishi kerak bo‘ladi. Hozirda mahalliy OTMlarga hujjat topshirayotgan talabalar o‘zlari hujjat topshirayotgan bakalavr yoki magistratura dasturlarida aynan nimalarni o‘rganishlari mumkinligi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas. Aksariyat hollarda abituriyentlarga faqat universitet, fakultet va dastur nomigina ma'lum. Hatto universitetda o‘qiyotgan talabalar keyingi semestrda qaysi fanlarni o‘qishlarini faqat o‘sha semestr boshidagina biladilar. Ya'ni, abituriyentlar va talabalarga bakalavr yoki magistratura dasturlarining maqsadlari, unda o‘rganiladigan fanlar, dastur davomida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lishlari haqida yetarlicha ma'lumot berilmaydi.
Abituriyent yoki talabaga bu ma'lumotlar nima uchun oldindan taqdim etilishi zarur?
Bunga juda ko‘p sabablarni keltirish mumkin. Masalan, hozirda talabalarga bir paytning o‘zida bir necha universitetga hujjat topshirish imkoniyati berilmoqda. Shunday ekan, ular bir paytni o‘zida bir nechta OTMga qabul qilinishi mumkin. Bo‘lg‘usi talabalar qaysi OTMning qaysi dasturiga hujjat topshirish va ularga qabul qilingandan so‘ng tanlovni amalga oshirishi uchun OTM va ularning dasturlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lishga haqlidirlar. Tanlov uchun OTM yoki undagi dasturlarning nomini bilishning o‘zigina yetarli emas. OTMlar soni ko‘paygan sari endilikda talabalar undagi dasturlarning nomiga qarab emas, balki sifatiga qarab tanlay boshlaydi. Ya'ni, abituriyentlar hayotlarini 4 yoki 2 yilini va qiynalib topilgan pullarini nimaga sarmoya qilayotganliklarini oldindan bilishlari kerak. Qolaversa, har bir talaba OTMga ancha miqdorda kontrakt puli to‘layotgan mijoz sifatida muayyan o‘qish dasturi haqida batafsil bilishni istaydi.
Kredit-modul tizimiga o‘tgandan so‘ng universitetlar o‘zlarining har bir bakalavr va magistratura dasturlari bo‘yicha dastur katalogini, ya'ni kitobchasini ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi. Unda har bir bakalavr va magistratura o‘quv dasturning maqsadlari, qabul qoidalari, OTMdagi o‘qish sharoitlari, akademik taqvim, talabalar 4 yillik yoki 2 yillik dastur davomida aynan qaysi fanlarni o‘qishlari mumkinligi, ushbu fanlarning qisqacha tavsifi, qaysi fan aynan qaysi kursda o‘rganilishi, ularni aynan kimlar o‘qitishi, OTMda talabalar uchun yotoqxona imkoniyatlari, talabalarning bir oylik o‘rtacha yashash xarajatlari, OTMda qo‘llanadigan baholash usul va mezonlari haqida abituriyent va talabalarga oldindan, shaffof tarzda ma'lumot berilishi zarur bo‘ladi. Bu ma'lumotlar har yangi o‘quv yili boshida kitobcha tarzida talabalarga tarqatiladi yoki universitet veb-sahifasida yuklab olish mumkin bo‘lgan formatda joylashtiriladi.
5. O‘quv mashg‘ulotlarini shaffof tarzda tashkil etish
Hozirda mamlakatimizdagi aksariyat OTMlarda talabalar semestr boshida darslar boshlanishi arafasida faqat o‘sha semestrda o‘tiladigan fanlarning nomi, ularni o‘qitadigan o‘qituvchilar ismlari, darslar qaysi payt qaysi xonalarda o‘tishi haqida ma'lumotga ega bo‘ladilar, xolos. Talabalarga ushbu fanlarning maqsadlari, ularni talaba mutaxassis bo‘lib yetishishida tutgan o‘rni, talaba ushbu fanlar orqali qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishi kutilayotgani haqida ma'lumot deyarli berilmaydi. Chunki amaliyotda universitet fanlari haqidagi bunday ma'lumotlar talabalarga tizimli, yaxlit va shaffof tarzda taqdim etilmaydi.
Kredit-modul tizimida esa OTMning har bir o‘qituvchisi o‘zining har bir fani bo‘yicha 4-5 varaqli fan dasturiga ya'ni «sillabus»ga ega bo‘lishi va uni semestr boshida talabalarga taqdim etishi kerak bo‘ladi. Fan dasturi o‘z ichida ushbu fanning maqsadlari, uning o‘quv dasturida tutgan o‘rni, talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyati, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida nimalar qila olishi, ushbu fan bo‘yicha semestr davomida o‘rganiladigan mavzular ro‘yxati, talabalar foydalanishi zarur va mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, baholash mezonlari haqidagi ma'lumotlarni qamrab oladi. Agar fan tanlanadigan fan bo‘lsa, talaba uchun bunday ma'lumotlarning ahamiyati yanada ortadi. Talaba, yuqorida aytilganidek, fanni tanlash yoki tanlamaslik bo‘yicha qarorga kelishi uchun fanning nomini yoki uni o‘qitadigan o‘qituvchining ismini bilishining o‘zigina kifoya qilmaydi. Talaba bunday qarorga kelishi uchun fan bo‘yicha yetarli ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Fan dasturidan ko‘zlangan maqsad juda oddiy – OTMlarda dars jarayonlarini shaffof, maqsadli va reja asosida tashkil etishga erishish. Bu amaliyot avvalambor o‘qituvchini o‘zi o‘qitmoqchi bo‘lgan fan maqsadlari va ahamiyatini o‘zi tushunib olishiga undaydi. Zero, afsuski, amaliyotda o‘zi o‘rgatayotgan fanining maqsadlarini bilmaydigan o‘qituvchilar ham yetarlicha.
Agar o‘qituvchi o‘z fani maqsadlarini oldindan aniq belgilab olsa, u semestr davomida barcha ta'lim harakatlarini mana shu maqsadlarga erishishga qaratadi. Imtihonlar ham talabalarning shu ko‘zlangan maqsadlarga erishgan-erishmaganini tekshirishga qaratiladi. Agar fanning maqsadlari belgilanmasa yoki u talabaning mutaxassis sifatida shakllanishiga hizmat qilmasa, ushbu fan o‘quv dasturida qolishi to‘g‘ri emas. Lekin ushbu amaliyot OTM tomonidan o‘qituvchilar ustidan nazoratni haddan tashqari kuchaytirib yuborishiga, o‘qituvchilarni shu bahona jazolashga va qog‘ozbozlikka ham olib kelmasligi kerak.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz OTMlari kredit-modul tizimiga o‘tishi bu muayyan miqdordagi kreditlarni yil, semestr va fanlar bo‘yicha taqsimlab qo‘yishning o‘zidan iborat emas. Afsuski, hozirda ayrim OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishni shunday tushunishmoqda.
Agar kredit-modul tizimi to‘g‘ri va to‘liq joriy etilsa, u mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga juda katta ijobiy xususiyatlarni olib kirishini kutish mumkin. Jumladan, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning jahon tan olgan mukammal o‘lchov birligining olib kirilishiga, OTMlar o‘quv dasturlarida muvozanat va me'yor paydo bo‘lishiga, OTMlarda o‘qish jarayonining shaffoflashishiga, o‘quv dasturlari iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida shakllanishiga, darslarning sifati yaxshilanishiga va nihoyat har bir talaba ma'lum ma'noda o‘zining mustaqil o‘quv dasturiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Taklif etilayogan bu maqola, rivojlangan davlatlar eksperimentlari asosida O’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit – modul tizimini joriy etish va aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish masalalarini yoritishga qaratilgan. Birinchi navbatda, biz muhokama qilinadigan tushunchalarni ochib berishimiz lozim. Zero, o’rta asrlarda yashab o’tgan ingiliz faylasufi Frensis Bekon shunday degan edi: kuchli nizolarni bartaraf etishning asosiy kaliti, muammodagi har bir terminologiyani mantiqan to’g’ri tahlil etishdir. Ularni qolganlarga to’laligicha tushuntirib bera olish esa, muammoni oldindan hal etadi [1]. Kredit - modul tizimi – mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o’zlashtirish, o’quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo’lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida umumiy yo’lga qo’yilgan, vaqt sinovlarida o’zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir – birini o’zaro to’ldiruvchi ikkita – modul va kredit o’qitish texnologiyalarini birlashishidan hosil bo’lgan. Modul – alohida o’quv fani (yoki uning qismi) bo’lib, o’zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. O’qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o’rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari o’tkazilinadi. Modulli o’qitish – tartibli o’qitish demakdir. Bunda o’quv materiali bitta o’quv mashg’uloti hajmida, o’quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo’limi darajasida, ba’zan esa o’quv fanining yirik tarkibiy qismida, ya’ni, bloklar tarzida ham o’qitish mumkin, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv uslubiy boshqarma boshlig’i Ixtiyor Jo’rayev. – Modullar, birinchi navbatda, ta’lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog’lanishni ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 265 http://oac.dsmi-qf.uz beradi, tekshiradi. Talaba esa, yo’naltirilgan obyekti tomon mustaqil ta’lim olishga qaratilinadi [2]. Akademik kredit tizimi esa, talabaning oliy o’quv yurtida samarali bilim olishini aniqlab beradigan standartlashtirilgan baholash tizimidir. Kredit – talaba tomonidan tegishli o’quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar) dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo’yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o’qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to’planishi lozim bo’lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Akademik kredit tizimining o’ziga xos tomonlaridan yana biri, xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendentsiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturlarini mutanosibligidir. Talabalarda xorijiy davlatlar universitet ta’lim darajasiga erkin kirish imkoniyatlari vujudga keladi, bakalavr va magistratura bitiruvchilarini barcha davlatda ishga joylashish huquqlari paydo bo’ladi. O’zbekiston OTM o’qitish amaliyotida kredit – modul tizimini joriy etish nima uchun kerak? Bu savolimizga O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizimimizning ko’zga ko’rinadigan kamchiliklarini ko’rsatish orqali javob topamiz. - O’zbekiston OTM faoliyatida hozirgacha amalda qo’llanilib kelinayotgan an’anaviy tizim hozirgi tezkor axborot asri talablarini bajara olmasligi; - O’zbekiston OTM larida talabalar asosan, tinglovchi bo’lib qolayotganligi, natijada amaliyotning sustligidan yetishib chiqqan kadrlarning sohalarda yaxshi natijalar bera olmayotganligi; - Baholash tizimidagi bo’shliqlarning ko’pligi, va buning natijasida baholash jarayonlarida korruptsiyaning ildiz otishi; - Talabaning novatorligi sustligi. Ya’ni, bu tizimda talabaga vazifa beriladi, talaba esa uni bajaradi va shu orqali baho oladi. Talabaning ijodiy, mustaqil ishlarga kam urg’u beriladi; - Eng muhimi, bu tizimning jahonning rivojlangan ta’lim tizimlariga mos emasligi. Bu esa, ular bilan raqobatga tayyor emasligimizga asosiy sabab bo’lmoqda. Bunday sharoitda biz, O’zbekiston OTM faoliyatini kuchli isloh etish, ularni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kiritish, erkin va ijodiy ta’lim berish mukammal sturukturalarini ishlab chiqish, jahon standartlariga to’laligicha mos keluvchi sifatli ta’limni amalga oshirish uchun dunyo tajribasiga asoslangan – kredit – modul tizimini tanladi. Xo’sh, bu borada O’zbekiston ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirildi? Masalan, 2013 – yildan buyon mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016-2017 – o’quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 266 http://oac.dsmi-qf.uz talabalar o’qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo’lsa, 2019-yil 8- oktabrdagi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmonida oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalarini kredit – modul tizimiga o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma – bosqich mazkur tizimiga o’tkazish masalalari vazifa qilib qo’yildi. Bunga ko’ra, 2018 – 2019 -yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kredit – modul tizimiga o’tildi. Shuningdek, ayni paytda kredit-modul tizimi joriy etilgan OTMlar soni 2 tadan 85 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Nodavlat, davlat – xususiy sheriklik asosidagi OTM lar soni esa, 35 taga yetkazilinadi. Bundan tashqari, nazariyani amaliy ko’nikmalarga almashtirish bo’yicha ham farmonda alohida ta’kidlangan. Hozir bizda ta’limning 40 foizigacha mustaqil ta’lim uchun ajratilgan bo’lsa, konsepsiyaga ko’ra, bu ko’rsatkich 2030- yilgacha 60 foizgacha yetkazilinadi [3]. Endi, maqolamizning asosiy mazmun – mohiyatini ochib beruvchi savolni qo’ymoqchiman. Aynan, matematika sohalarini o’qitishga bu tizimni tadbiq etish nima uchun kerak? Hammamizga ma’lumki, matematika sohalarini o’rgatuvchi fanlar kuchli fikr va tafakkurni talab etadi. Bu fanlarni o’qitish esa, boshqa soha fanlarini o’qitishga nisbatan murakkabroq jarayon. Bu fanlarni o’qitish va o’rganish uchun OTM larida kredit – modul tizimini tadbiq etish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, matematikani amaliyotga qo’llash uchun zamin yaratadi. O’zbekistondagi matematika sohasini o’rgatuvchi Oliy ta’lim muassasalarini jahon miqiyosdagi nufuzli matematka universitetlari bilan hamkorliklarni yo’lga qo’yishga imkon yaratadi. Kredit – modul tizimiga o’tish matematika sohasidagi talabalarga qanday imtiyozlar beradi: Birinchidan, akademik mobillik – talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh, jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat, talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani. Ikkinchidan, talabalarga o’qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi. Uchinchidan, talabalar o’z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. Matematika sohasidagi talabalar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 267 http://oac.dsmi-qf.uz To’rtinchidan, talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi. Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi, xolos. Qayta o’qish – bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o’tilgan ma’ruza, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Oliy ma’lumot olinganligi to’g’risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig’ilgandan so’nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (labaratoriya) ishlarini professor – o’qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi – professor ishtirok etmaydi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabalardan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi [4]. O’zbekistondagi OTM larini kredit – modul tizimiga o’tkazish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).  Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish.  Va bu asosda, ta’lim jadalligini ta’minlash maqsadida chet el OTM lari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.  Kredit–modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri – fanlarni asosli ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish. Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa, kredit – modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi.  Talabarga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va labaratoriya topshiriqlari uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash. Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online, ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni saytga yuklamagan talabalar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 268 http://oac.dsmi-qf.uz  Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish. Bu, talabalarimiz bilim saviyasini dunyo standartlariga javob bera olishini ta’minlaydi.  Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar (MATlab, MATHcad, geogebra…) dan foydalanish ko’nikmalarini o’rgatish va ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart – sharoitlarini yaratish. Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob – kitoblarni tezlikda bajarish va matematik tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi.  Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha OTM larni ta’minlash. Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, OTM larini professional va yetuk malakali ustozlar bilan ta’minash lozim. Shu bilan birga ta’lim kredit – modul tizimi o’quv jarayonini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchi – professorlar tarkibini moddiy rag’batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari, talabalarni o’quv qo’llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik, amaldagi me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish mamlakatimizning hamma sohalarining rivoji yo’lidagi katta burilishni yasaydi. Zotan, oliy ta’limdan yetishib chiqqan bilimli, kreativ kadrlar yurtimiz kelajagi poydevoridir. Maqola oxirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod Alisherovni so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit – modul tizimi nimaligini haligacha tushunib yetganlari yo’q. xattoki, tizimni xushlamayotganlar ham yo’q emas. sababi negaligini mendan ko’ra yaxshiroq tushunib turibsiz… Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh, aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda. Talabalardan so’ralayotgan yagona narsa bu – chuqur bilim egallash! Endi boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!”
Download 50.77 Kb.




Download 50.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Kredit modul tizimi haqida tushuncha

Download 50.77 Kb.