|
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining turlariBog'liq Data Base Security - lecture 1 MUSTAQIL ISH -5, Kuch-kabellariboshqarish-va-aloqa-kabellari. (1)Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining turlari
Muloqot tillari bo‘yicha ochiq, yopiq va aralash MBBTlari farqlanadi. Ochiq
tizimlarda ma’lumotlar bazasiga murojaat uchun dasturlaming universal tillari
ishlatiladi. Yopiq tizimlar ma’lumotlar
bazasi foydalanuvchilari bilan muloqotda
xususiy tillardan foydalanadi.
Arxitekturadagi sathlar soni bo'yicha bir sathli, ikki sathli, uch sathli tizimlar
farqlanadi. Umuman, sathlaming katta sonini ajratish mumkin. MBBTning
arxitekturaviy sathi deganda mexanizmlari ma’lumotlar abstraktsiyasining
qandaydir sathini madadlashga xizmat qiluvchi funksional komponent tushuniladi.
Bajariladigan funksiyalari bo‘yicha axborot va operatsion MBBTlari farqlanadi.
Axborot MBBTlari axborotni saqlashga va undan foydalanishni tashkil etishga
imkon beradi. Murakkabroq ishlashni bajarish uchun maxsus dasturlar tuzish lozim.
Operatsion MBBTlari yetarlicha murakkab ishlashni bajaradi, masalan, bevosita
ma’lumotlar bazasida saqlanmagan agregirlangan ko‘rsatkichlami avtomatik tarzda
olishga imkon beradi, ishlash algoritmini o‘zgartirishi mumkin.
Universal va Ixtisoslashtirilgan MBBTlari
Qo‘llanishi mumkin boigan soha bo‘yicha universal va ixtisoslashtirilgan
(muammoga yo‘naltirilgan) MBBTlari farqlanadi. Turli MBBTdagi joiz
ma’lumotlaming turlar nabori har xil. Undan tashqari, qator MBBTlar ishlab
chiqaruvchiga ma’lumotlaming yangi turlarini va bu ma’lumotlar ustida bajariluvchi
yangi amallami qo‘shishga imkon beradi. Bunday tizimlar ma’ lumotlar bazasining
kengayuvchi tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar bazasining kengayuvchi tizimlari konsepsiyasining keyingi rivoji -
murakkab obyektlami bevosita modellashda yetarlicha quvvatli ifodalash
imkoniyatlariga ega boigan mal`umotlar bazasining obyektga yo‘naltirilgan tizimi
hisoblanadi.
Quvvati bo‘yicha bitta odam foydalanuvchi va ko‘pchilik foydalanuvchi
(korporativ) MBBTlari farqlanadi. Bitta odam foydalanuvchi MBBTlar texnik
vositalarga qo‘yiladigan talablaming yuqori emasligi, oxirgi foydalanuvchiga
mo`ljallanganligi, narxining pastligi bilan xarakterlanadi.
|
| |