Ma’lumotlar bazasi strukturasini tavsiflash
va madadlash protsessor MBBTning
yadrosi hisoblanadi. U ma’lumotlami tashkil
etish modelini amalga oshiradi. Ushbu
model vositalari yordamida
loyihachi kompyuter
tizimi predmet sohasining
infologik sxemasiga
mos ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasini (sxemasini)
quradi va
ma’lumotlar bazasining ichki sxemasini qurishni va modellashni
ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi strukturasini tavsiflash
va madadlash protsessor
ishlatiluvchi ma’lumotlar modeli (ierarxik, tarmoqli, relyatsion) atamalarida
ma’lumotlar bazasining berilgan mantiqiy strukturasini o‘matishni
hamda
ma’lumotlar bazasi strukturasini ma’lumotlar bazasining ichki sxemasiga
(ma’lumotlaming fizik strukturasiga) translyatsiyalashni (o‘tkazishni) ta’minlaydi.
Kompyuter tizimida relyatsion MBBT asosida ma’lumotlar
bazasi strukturasini
tavsiflash va madadlash prosessor strukturalangan so‘rov tili SQLning tarkibiy qismi
bo‘lgan
ma’lumotlar bazasi tilida amalga oshiriladi.'