Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML




Download 1.53 Mb.
bet19/30
Sana15.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#59837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
1-Mavzu Ma’lumotlarni arxivlash
gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o`rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo`lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma`lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko`rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma`lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar) ta`minlashdan iborat. HTML Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma`lumotlarni va HTML hujjatlarni ko`rishga mo`ljallangan, matnni tahrirlovchi tilga o`xshash tizim bo`lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma`lumotlar o`z ichiga matn fayllar, grafik ma`lumotlar va boshqalarni oladi.Hujjatlar orasidagi aloqani ta`minlash va ma`lumotlarni formatlash vositalari teg deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo`llaganingizga qarab brauzer oynasida ma`lumotlar turlicha ko`rinadi.
HTML hujjatga ma`lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari abzatsni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli ssilkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog`lanish imkonini beradi.
XML (eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga o`xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o`zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma`lumotlar joylashtiradi. XML teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
XHTML. XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko`rinishi platformaga bog`liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o`zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo`lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi. CDF (Channel Definition Format) – Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda qo`llaniladi.

Download 1.53 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Download 1.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML

Download 1.53 Mb.