• Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin)
  • Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma
  • Noinstitutsional paradigma
  • Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati.
  • Gumanistik (fenomenologik) paradigma




    Download 81.29 Kb.
    bet6/9
    Sana15.05.2023
    Hajmi81.29 Kb.
    #59717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu taqdimotga
    1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
    Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’quvchi hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
    Ezoterik paradigma (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.


    Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
    Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitishni samarali deya hisoblaydi.


    Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati.
    Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
    Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.

    Download 81.29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 81.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gumanistik (fenomenologik) paradigma

    Download 81.29 Kb.