1.5-rasm. Zamonaviy gidro, issiqlik va atom elektr stansiyalari.
Bugungi kunda butun Yer yuzi bo‘ylab minglab elektr stansiyalari ishlab turibdi.
Elektr energiyasi yil sayin eng asosiy energiya turiga aylanib bormoqda va kelajakda
energiyaning yagona turi bo‘lib qoladi.
Hozirgi davrda elektrotexnika o‘zining
4-rivojlanish bosqichiga qadam
qo‘ymoqda. Bu elektr energiyasi ishlab chiqarishda muqobil
energiya manbalariga
o‘tishdir. Bugungi kunda muqobil manbalarning jahon elektr energetikasidagi umumiy
hisssasi kam bo‘lsada (1 % atrofida) ayrim rivojlangan davlatlar energetikasida uning
hissasi 10-15 % ni tashkil qilmoqda va bu ko‘rsatkich yil sayin juda tez o‘sib
bormoqda.
Texnik fanlarda hisob-kitoblar yuritishda o‘ta
katta miqdorlar yoki aksincha,
o‘ta kichik miqdrolar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Masalan Yerning massa 6 x10
24
kg, yoki Quyoshdagi harorat 150 000 000°K, elektronning zaryadi 1,6 10
-19
Kulon, va
hokazo. Bunday katta miqdorlarni ifodalashda o‘nning darajalari, kichik miqdorlarni
ifodalashda esa o‘nning ulushlaridan foydalanish qulay. Quyida ana shunday darajalar
va ulushlar sifatida xalqaro qabul qilingan belgilashlar keltirilgan va ularni eslab qolish
tavsiya etiladi.