• Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi
  • 1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja




    Download 31.32 Kb.
    bet1/3
    Sana04.04.2023
    Hajmi31.32 Kb.
    #48768
      1   2   3
    Bog'liq
    o\'zbekistonning yangi tarixi 1-topshiriq
    Амалиёт кундалиги 2-курс, алгебра мус иш, Matematik induksiya metodi 72, mitchell rachel ielts reading strategies band 8, 9-sinf-informatika-imtihon-javoblari-2023, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu ning ped401-2 guruh talaba, Azotning o’zlashtirilishi., 709D9LHy1WLrsoXlE3axkheRNnGD2N n (1), Topshiriq 1, УЗОҚ МУДДАТЛИ АКТИВЛАР ҲИСОБИНИ ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАР АСОСИДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ, 5-sinf adabiyot savolnoma kitobcha (2), 5-sinf adabiyot savolnoma eLMIRA, Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

    1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
    Reja:

    1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.

    2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.

    3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari.

    4. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.

    5. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

    XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.


    80-yillarning o’rtalariga kelib qatag’onlik va qonundan chekinishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga ega bo’lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun O’zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg’otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortdilar.Ularga poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlaridagi aybnomalar qo’yildi. Mahbuslarni «o’z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi SH.R. Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi, o’zbek xalqining milliy g’ururi toptaldi. Bunda O’zbekiston SSRning o’sha davrdagi qo’g’irchoq rahbarlarining mash’um hissasi bo’ldi.Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, qiynoqlarga ko’plab halol, sof vijdonli kishilar ham tortildi. Qo’shib yozishlar, ko’zbo’yamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib, o’sha paytdagi barcha respublikalarda mavjud hodisa edi. O’zbekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan, maxsus tayyorlangan uzoqni mo’ljallab tashkil qilingan siyosiy fitnadan boshqa hech narsa emasdi.
    XX asr 80-yillari o'rtalarida Respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar 80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi Qayta qurish yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlashtirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi.
    O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari
    1 • Iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zo’r berilib, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga yaroqsiz yondoshuvlarning tobora kuchayib borishi;
    2 • Respublika sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mo’may xom asgyo manbai sifatida qarab kelinishi;
    O’lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
    4 • Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida O’zbekistonning mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil yo’llari e’tiborga olinmagani.
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng «paxta ishi» qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O’z navbatida O’zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi SH.R. Rashidovning pok nomi tiklandi. SHuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yorug’ ekanligi asoslandi.O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida YUnusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga bag’ishlab o’rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir.
    Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
    XX asrning so'nggi o'n yilliklariga kelib mamlakat ichki hayotini qamrab olgan jiddiy iqtisodiy nuqsonlar qishloq xo'jaligini o'z domiga torta boshladi. O'zbekiston SSR ham mamlakatning asosan xomashyo yetishtirib beradigan mintaqasi
    hisoblangani sababli, respublika qishloq xo'jaligi rivoji boshqa ittifoqdosh respublikalarga nisbatan ancha og'ir, ziddiyatli jarayonlar ta'sirida qoldi. O'ta markazlashtirilgan boshqaruv, "umumxalq manfaatlarini" ro'kach qilib olib borilgan siyosat O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligini, shu sohada band bo'lgan aholining ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ham nihoyatda og'irlashtirib yubordi. O'rta Osiyo, ayniqsa O'zbekiston qishloq xo'jaligining "Paxta" xomashyo kompleksi atrofida rivojlantirishi bu yillarda o'z salbiy ta'sirini ko'rsata boshlagan edi. Yillar davomida partiyaning paxta hosildorligini oshirish uchun ketma - ket berib kelgan besh yillik rejalari yerlarning chala o'zlashtirib, belgilangan vaqtda "topshirishga", yerning meliorativ holatini buzilishiga, ketma - ket bir xil ekinlar ekib, katta miqdordagi sarf -harajat qilinishiga sabab bo'la boshladi. Biroq, bu sarf - harajatlar o'zini oqlamas, markaz esa besh yillik paxta planini bajarishni qat'iy turib talab qilar edi. Natijada olinadigan real daromad to'liq bo'lmas, buyruqbozlik, qattiq nazorat, tazyiq o'tkazish kuchayib borar, kamomad, o'g'rilik, ichki nazorat va hisob - kitobning to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi ortib borar edi. Bu holatlar butun mamlakatda qo'shib yozish degan illatlarni kuchaytirib yubordi. X.Yunusovaning ilmiy tadqiqot ishida ta'kidlanishicha, SSSR FA olimlari o'tkazgan hisob - kitoblarga ko'ra, qo'shib yozishlar butun mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 3 foiziga teng bo'lgan. Xomashyo yetkazish sohalarida esa, qo'shib yozishlar 5 foizdan 25 foizgacha bo'lgan.
    "Paxta ishi", "qo'shib yozishlar" masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. O'zbekiston Kompartiya MQsining XVI Plenumi va unda Inomjon Usmonxo'jayevning Markazdan O'zbekistonga kadrlar bilan "yordam berish"ni so'rab qilgan murojatidan so'ng bu ish avj oldi. O'zbekistonga yuzlab, minglab kadrlar yuborildi. Bular - Anishchev, Ogarok, Klepikov, Satin, Nesterenko, Buturlin, O.Gaydanov, E.Didarenko, Lyubimov, Kalinichenko, Korolyov, Maydanyuk, Mavrin, Litvinenko, Ivanov, Galkin, Kartashyan va boshqalardir. "Paxta ishi" bo'yicha juda ko'p guruhlar tashkil qilindi. Mahalliy xalqning "harakter va psixologiyasi"ni yaxshi bilgan amaldorlar bu guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga "yaxshi konsultatsiya"lar berdilar va shu tariqa sopini o'zidan chiqardilar. Yuqori saviyada "maslahat" olgan guruh a'zolari amaliy ishga tushib ketdilar. Ular 70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo'shib yozishlar bo'yicha jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi.
    Haqiqatan ham shu yillarda paxta, chorva va boshqa sohalar bo'yicha qo'shib yozishlar davlat rejalarini sun'iy ravishda bajarish usuli bo'libgina qolmay, millionlab so'm davlat mablag'larini suiste'mol qilish va talon-taroj etishning
    sinalgan usuli edi. Poraxo'rlik avjiga mingandi. Bunday qo'shib yozishlar, poraxo'rliklarning asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi Moskvaning o'zi bo'lib, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, davlat xo'jaligi direktorlari, jamoa xo'jaligi raislari, paxta tayyorlash korxonalari va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog'liq edilar. Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qo'shib yozishlarga bevosita aloqador bo'lmagan, bu ishga ongsiz sur'atda yoki tasodifan o'ralashib qolgan, rahbarlarning ta'siri va tazyiqi ko'zbo'yamachiliklarga noiloj qo'shilib qolgan, undan shaxsan hech qanday moddiy manfaatdor bo'lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko'rib, aziyat chekdilar. "O'zbeklar ishi", "Paxta ishi" bo'yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to'g'risida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming odam hibsga olinganligi ko'rsatiladi.
    O'zbekiston janubida shu jumladan, Qarshi cho'li, Surxon - Sherobod cho'llarini o'zlashtirib, Respublikaning janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan XX asrning 80 - yillariga kelib, o'rtacha 1 million tonna paxta yetishtirish vazifasini kun tartibiga qo'ydi. Gektaridan olinishi lozim bo'lgan hosildorlik yildan - yilga ortib borib, uni bajarishning iloji bo'lmagandan keyin, qo'shib yozish degan bir illat paydo bo'ldi. Shu yo'sinda O'zbekistonda "paxta ishi", "o'zbeklar ishi" degan uydurma vujudga keldi. Bu ishning yaqqol ko'zga tashlangani 1981- yilga to'g'ri keladi [4]. O'zbek xalqining fidokorona mehnatiga qaramasdan, Markaz o'ylab topgan «paxta ishi», «o'zbeklar ishi» siyosatining asorati XX asrning 80-yillaridan boshlab Qashqadaryoda yaqqol ko'zga tashlandi. Birgina 1981-83 yillarda Qashqadaryoda halol mehnat qilib obro' topgan mashhur kolxoz raislari, sovxoz direktorlaridan, viloyat rahbarlari 36 kishi ishdan bo'shatilib, ma'muriy yo'l bilan jazolandi 
    Xullas, "paxta ishi", "o'zbeklar ishi" siyosati markazning SSSR inqirozi kuchayib ketib, tanazzul topishi muqarrar bo'lgan davrdagi uydurmasi edi. Ushbu o'zbek xalqiga qaratilgan nohaq siyosat va ayblovdan O'zbekiston xalqi, jumladan, uning janubiy viloyatlari ahli juda og'ir, tuzatib bo'lmaydigan moddiy va ma'naviy zararga duchor bo'ldilar.
    Nohaq ayblangan kishilarni oqlash, adolatni qaror toptirish uchun o'zbek xalqiga mustaqillik zarur edi va mustaqillik tufayli nohaq ayblangan kishilarning yuzlari yorug'bo'lib, mustabid tuzum qamoqxonalariga bardosh berib, sog'-omon qolganlari o'z oilalariga qaytib kelishga muvaffaq bo'ldilar. Azob-uqubatlarga chiday olmay olamdan o'tganlari esa, qatag'on qurbonlari singari oqlanib, ularning farzandlari oldidagi munosib nomlari tiklandi, insoniy qadriyatlari o'rniga qo'yildi.
    Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
    Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata olmadi. Xolbuki bu davrda AQSHda bir yilda bitta maktab o‘quvchisiga 3386 dollar, Angliyada 2285 dollar sarflangani holda SSSRda 257 rubl sarflangan, bog‘cha tarbiyalanuvchisiga AQSHda 3000 dollar, YAponiyada 11 000 dollar saflangani holda SSSRda 533 rubl mablag‘ ajratilgan. Bu ko‘rsatkich ittifoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘lib, O‘zbekistondagi ahvol o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past edi.
    O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. O‘zbekistonda 1975 yilda kishi boshiga go‘sht va go‘sht maxsulotlari iste’moli 31 kg, sut va sut mahsulotlari 165 kg, tuxum iste’moli 93 dona, baliq iste’moli 4,0 kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib bu ko‘rsatkich mos ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlari bo‘yicha 32 kg, sut va sut mahsulotlari bo‘yicha 210 kg, tuxum 120 dona, baliq 4,9 kg ni tashkil etdi.
    Sovet imperiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham tabiat muvozanatining buzilishiga, suv manbalari – daryolar o‘zanlarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Tabiat muvozanati buzilib, er, suv, havoning zaharlanishi inson naslu nasabiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, jismoniy va hatto ma’naviy barkamol kishilar paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ldi. Bu sohadagi salbiy illatlar, turg‘unlik hodisalari va buzilishlar 70-80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda yanada kuchaydi.
    Ittifoqning bir guruh taniqli olimlari L.I. Brejnevga yo‘llagan xatida O‘rta Osiyoda yangi o‘zlashtirilayotgan erlarni sug‘orishda suv taqchilligining oldini olish uchun Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish taklifini bildirganlar. Xatda keltirilishicha, agar mintaqadagi suv resurslaridan foydalanish shu darajada davom ettirilsa, 1980 yilda Sirdaryoning, 1985 yilga borib esa Amudaryoning suvlari to‘la sug‘orish uchun olinishi haqida ogohlantirilgan. Lekin, bu o‘rinli taklif ham Ittifoq rahbarlari tomonidan e’tiborga olinmagan.
    XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi:
    Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln. gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, hudud iqlimining kontinentalligi yanada keskinlashdi. YOz faslida issiqlik 2 darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qishdagi harorat 2 darajaga pasaydi. CHunki shimoldan va boshqa tomonlardan keladigan har xil oqimlarni to‘sib turish uchun dengiz suvi endi ma’lum ma’noda yo‘qolgan edi. Natijada,
    sovuq kunlar erta tushib, kuzdagi hosillar, xususan paxta va boshqa ekinlar ayrim hollarda pishmay qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston va xorazmlik dehqonlar kuzni bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi. Hatto, ayrim sho‘ro olimlari bu hududning ob-havosi kelajakda CHelyabinskdagidek bo‘ladi, deb ta’kidlay boshlashdi. Lekin, bu holat markazdagi rahbariyatni qiziqtirmadi. Paxta etishtirish muttasil oshib bordi.
    Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi.
    Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. Tuz changlarini 15 km balandlikka ko‘taruvchi va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga kela boshladi. Har yili atmosferaga 150 mln. tonna tuz changgi ko‘tarilib, 800 km uzoqlikka etib boradigan bo‘ldi. Havodagi tuz miqdori 5-12 % ga etdi. Bu holat qumlik maydonining kengayishiga, to‘qayzorlar, turli o‘simliklar, qushlar va hayvonlar turlarining yo‘qolishiga olib keldi. SHuning ta’sirida yaylovlarning tabiiy potensiali keskin pasayib, taxminan 5 mln. tonnaga yaqin qimmatli ozuqabop o‘simliklar yo‘qotildi.
    80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy inson O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
    I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zSSR Oli belgilab berdi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
    1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989 yil 24 may kuni Quvasoy shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi.
    Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi.
    1990 yilning 2-yarmida O‘zbekiston SSR Oliy sudi tomonidan Farg‘ona oblastidagi ommaviy tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlar o‘rganilib, 277 kishi bo‘yicha ochilgan 107 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan 107 ta ishdan 168 kishi bo‘yicha ochilgan 72 ta jinoiy ish yuzasidan hukm chiqarilgan, 94 kishi bo‘yicha ochilgan 35 ta jinoiy ish qayta tergov o‘tkazilishi uchun qaytarilgan.
    Ko‘p o‘tmay Farg‘onadagi kabi voqealar Andijon bilan chegaradosh O‘sh shahri o‘zbek aholisining boshiga tushdi. 1990 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining O‘zgan va boshqa shaharlarida o‘zbek-qirg‘iz millatlararo urushi kelib chiqdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda 30-35 ming aholi ishtirok etdi. Jinoiy ishga 300 ta odam tortildi.
    1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi” mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
    I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
    XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy insonniing O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
    I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi.
    1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar er olishdi.
    Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A.Karimovning siyosati bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990 yil 24 martida bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili yotadi. SHuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.

    Download 31.32 Kb.
      1   2   3




    Download 31.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja

    Download 31.32 Kb.