• Pedagogik innovatika
  • Pedagogik innovatikaning maqsadi
  • Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari Pedagogik neologiya
  • Qiyosiy pedagogik aksiologiya
  • Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 374.38 Kb.
    bet2/26
    Sana25.03.2024
    Hajmi374.38 Kb.
    #176346
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    1-Mavzu Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi si
    Titul namuna
    Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari.

    Pedagogik innovatika deganda, pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirilishi va baholanishi, ulardan amaliyotda foydalanish jarayonlarini o’rganish tushuniladi.
    Pedagogik innovatika bu – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan kelajakdagi ta’lim loyihalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fandir.


    2. Pedagogik innovatikaning ob’ekti – bu innovatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi hamda o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda sifat o’zgarishlariga olib keluvchi innovatsiyalarning o’zlashtirilishi jarayoni.
    Pedagogik innovatikaning predmeti – bu ta’lim amaliyotida pedagogik yangiliklarni ishlab chiqish, kiritish va o’zlashtirish bilan bog’liq pedagogik shart-sharoitlar, vosita va qonuniyatlar yig’indisi.
    Pedagogik innovatikaning maqsadi pedagogik yangiliklarni yaratilishi, ularning baholanishi hamda pedagoglar jamoasi tomonidan o’zlashtirilishi, shu bilan birga uni amaliyotda qo’llash va foydalanish yo’llarini tadqiq etishdan iborat.
    Pedagogik innovatikaning metodologiyasini pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va qo’llash haqidagi ta’limotning tuzilishi va o’zlashtirilishiga xos bilim va faoliyat tizimi tashkil etadi.
    Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari

    1. Pedagogik neologiya (ilmiy-pedagogik jarayon, uning o’ziga xosliklari va asosiy natijalari haqidagi ilmiy va tajribaviy ma’lumotlar tizimlashtiriladigan pedagogikadagi yangilik haqidagi ta’limot).

    2. Qiyosiy pedagogik aksiologiya ( pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuzaga keladigan pedagogik yangiliklarni baholash va o’zlashtirishning o’ziga xosliklarini ochib beruvchi fan).

    3. Innovatsion praksiologiya (pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llashni o’zlashtirish).





    1. Download 374.38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 374.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 374.38 Kb.