• 1-reja: Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya tushunchasi.
  • 1-mavzu: «Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari




    Download 160.87 Kb.
    bet1/29
    Sana26.04.2023
    Hajmi160.87 Kb.
    #54064
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    Pedagogik maxorat
    K2SO4

    1-mavzu: «Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari
    1.Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya tushunchasi.
    2.Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya fanining maqsadi, vazifasi.
    3.Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.
    4.Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari.
    1-reja: Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya tushunchasi. Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish san'atidan iborat. Pedagog – o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o‘qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo‘lgan mutaxassis.
    Pedagogik nazariyada o‘qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo‘lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o‘rin tutadi.
    Mahoratni egallash uchun ko‘p narsani bilish va amalga oshirish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O‘quvtarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to‘g‘ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. ―Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko‘rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
    Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o‘qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
    O‘qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o‘qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
    O‘qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O‘qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
    Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
    Pedagogik mahoratga etishish o‘qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
    Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
    «Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
    Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
    Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg‘u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
    I.A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog‘liqligini isbotlab berdilar.
    Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
    Bo'lg‘usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
    -sotsial o'z-co'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
    - sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
    -sotsial masuliyat - o‘qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
    Pedagogik mahorat komponentlari N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, I.A.Zyazyun,
    V.I.Zagvyazinskiy, G.I.Xozyainov, T.F.Kuzina, A.I.Myashenko, N.P.Lebednik, T.Noyner, Yu.K.Babanskiy, N.V.Kuxarevlarning tadqiqotlarida o'rganilgan. Ular pedagogik mahoratning asosiy yo'nalishlarini muayyan mantiqiy izchillikda belgilab berdilar.
    Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka yo'nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, pedagog shaxsi taalluqlidir.
    Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
    Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg‘uloti keng ma'noda kishilar bilan ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
    Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
    Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
    Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.

    Download 160.87 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 160.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: «Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari

    Download 160.87 Kb.