• Adabiyotlar
  • Qiyoslang : Istedod hamisha xar xil boʻladi, istedodsizlar esa
  • 1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja




    Download 80.65 Kb.
    bet1/11
    Sana22.10.2022
    Hajmi80.65 Kb.
    #27854
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02

    1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar.
    Reja:
    1.Qoʻshma gap haqida tushuncha.
    2.Qoʻshma gapning turlari.
    3.Bogʻlangan qoʻshma gap, turlari:
    a) biriktiruv munosabatli;
    b) zidlov munosabatli;
    s) ayiruv munosabatli;
    d) inkor munosabatli bogʻlangan qoʻshma gaplar
    4. Boʻlsa, esa soʻzlari yordamida bogʻlangan qoʻshma gaplar.
    5. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap.


    Adabiyotlar:
    1. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 41-55
    2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 12-24

    Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonaqiyaga koʻra birikishidan hosil boʻlgan gap qoʻshma gap deyiladi. Qoʻshma gap grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar boʻlib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, intonaqiyaga koʻra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi. Masalan: quyosh jilmayib boqar va sargʻaygan koʻkatlar kokilida shudring jilovlanardi. (Oʻ. Hoshimov). Bu qoʻshma gap tarkibida ikkita grammatik asos boʻlib, ular orasida bir paytda roʻy berayotgan voqea-hodisalar ifoda etilgan. Qoʻshma gap qismlari esa zidlov bogʻlovchisi yordamida oʻzaro birikkan.


    Qoʻshma gaplar, qismlarining oʻzaro birikish usuli va semantik munosabatiga koʻra uch xil boʻladi.
    1. Bogʻlangan qoʻshma gap.
    2. Ergashgan qoʻshma gap.
    3.Bogʻlovchisiz qoʻshma gap.
    Qiyoslang:

    1. Istedod hamisha xar xil boʻladi, istedodsizlar esa hamma joyda bir xil. (E.Vohidov)

    2. Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna boʻlishi shart.

    3. Fan xalqqa suv-havodek zarur, uni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.

    Keltirilgan misollardan birinchisi bogʻlangan qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida oʻzaro teng boglangan; ikkinchisi ergashgan qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari -ki aniqlov bogʻlovchisi orqali ikkinchi qism birinchi qismga tobelik yoʻli bilan bogʻlangan; uchinchi gap bogʻlovchisiz qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari oʻzaro hech qanday bogʻlovchi vositalarsiz, faqat intonaqiya (ohang) orqali birikkan.
    Teng bogʻlovchilar orqali birikkan, biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe boʻlmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qoʻshma gapga bogʻlangan qoʻshma gap deyiladi.
    Bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi qismlar oʻzaro biriktiruv, chogʻishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bogʻlovchilar yoki bogʻlovchi vazifasidagi -da, -u(-yu) yuklamalari, boʻlsa, esa soʻzlari vositasida bogʻlanadi.
    Bogʻlovchilar predikativ qismlarni bogʻlabgina qolmay, ular orasidagi turli munosabatlarni ham koʻrsatadi:
    va, ham, hamda biriktiruv bogʻlovchilari koʻpincha ketma-ket yoki bir vaqtda boʻladigan voqeani;
    lekin, ammo, biroq bogʻlovchilari zidlik mazmunini;
    goh, dam, ba’zan bogʻlovchilari navbatma-navbat yuzaga keladigan harakatlarni;
    yo,(yoki) bogʻlovchisi birdan ortiq voqealardan birininggina yuzaga kelishini;
    boʻlsa, esa soʻzlari chogʻishtirish mazmunini ifodalaydi. Bu tipdagi qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda predikativ qismlar uchun umumiy boʻlgan ayrim soʻzlarning ishlatilishi, gap qurilishidagi ba’zi holatlar, fe’l kesimlarning zamoni ham ma’lum rol oʻynaydi.
    Bogʻlangan qoʻshma gap qismlari bir-biridan intonaqiya bilan ajralib turadi, lekin bu intonaqiya bogʻlovchisiz qoʻshma gaplardagi intonaqiyadan farq qiladi.
    Qoʻshma gap (xususan bogʻlangan qoʻshma gap) tarkibidagi qismlar alohida-alohida ajratib qaralsa, ularning har biri mustaqil gapga tengday koʻrinadi, lekin ular qoʻshma gap tarkibida fikriy tugallikka (toʻliq musta­qillikka) ega boʻlmaydi. Shu jihatdan bunday qismlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish toʻgʻriroqdir.
    Masalan: Qiyqiriq aralash nogʻora ovozi goh xuddi yaqin biror bogʻda boʻlayotganday barala eshitiladi, goh uni shamol allaqayerlarga olib ketib, bizdan uzoqlashtiradi. (Y.T.) Yoʻlchi boshini quyi solib jim oʻtirdi, ammo cholning yalinishi, savdogarning oyoq tirab turishi yigitning gʻazabini oshira boshladi. (O.)
    Bogʻlangan qoʻshma gaplarda birinchi qism erkin tuziladi, keyingisi esa bogʻlangan qoʻshma gap qismlari orasidagi munosabatga bogʻliq holda quriladi. Masalan, boʻlsa, esa soʻzlari yordami bilan birikib, chogʻishtiruv mazmuni ifodalangan bogʻlangan qoʻshma gapda keyingi qismninig qurilishi chogʻishtirilayotgan predmet yoki voqeaga bogʻliq boʻladi. Chogʻishtirilayotgan predmet yoki voqeani ifodalaydigan soʻz keyingi qismning boshida keladi. Shuning uchun ham ba’zan gap boʻlaklari (koʻpincha kesim) takrorlanib keladi: Akam vrach boʻlib ishlaydi, singlim esa oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
    Teng bogʻlovchilar qoʻshma gap tarkibida qoʻllanishiga koʻra ikki xil boʻladi:

    Download 80.65 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 80.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja

    Download 80.65 Kb.